• XARAJAT TURLARI
  • 5-amaliy mashg’ulot. Mavzu: Oila xo’jaligini yuritish omili. Reja




    Download 17.62 Kb.
    bet1/3
    Sana23.04.2024
    Hajmi17.62 Kb.
    #205566
      1   2   3
    Bog'liq
    5-amaliy mashg’ulot. Mavzu Oila xo’jaligini yuritish omili. Rej-fayllar.org
    bibliofond.ru 865589, Paint grafik dasturida ishlash, Rs Pi, Ҳуқуқшунослик- Маматов Х-Т- 2016, 1-m, 105161, 123, Kirish umumiy ma\'lumotlar-fayllar.org, 1-mustaqil ish Bajardi Yusubjonov Bahodir Tekshirdi-fayllar.org, 1. Tabiat haqida beriladigan bilimlarning yoshga mosligi haqida -fayllar.org, треб

    5-amaliy mashg’ulot. Mavzu: Oila xo’jaligini yuritish omili. Reja

    5-amaliy mashg’ulot.

    Mavzu: Oila xo’jaligini yuritish omili.

    Reja:
    1. Oila budjeti.
    2. Xarajat turlari.
    3. Oilada iqtisodiyot. To‘g‘ri tashkil qilish omili
    Iqtisodiy
    4. Rejasi borning –ertasi bor.
    Oila budieli oilaning ma’lum muddatda kutadigan daromadlari va xarajatlarining hisob-kitobi.
    Oila budjetining daromadi barcha oila a’zolarining ish
    haqi, turli mukofotlari, nafaqa, stipendiya, pensiya, shaxsiy
    yordamchi xo‘jaliklardan olinadigan foyda va boshqalar
    yig‘indisi hisoblanadi.
    Oila budjetining sarflanishi quyidagi yo‘nalishlarda bo‘-
    lishini o'rgangan edik:
    1. Uy-joy xarajatlari.
    2. Oila uchun oziq-ovqatlar, kiyim-kechaklar, transport
    xarajatlari.
    3. Ro‘zg‘or uchun jihozlar.
    4. Oila miqyosidagi an’anaviy tadbirlar o‘tkazish uchun
    sarf-xarajatlar.
    5. Oilaga qo‘shimcha daromad keltiruvchi xo‘jalikka
    qaratilgan sarf-xarajatlar (yem-xashak, kunjara, siylos, don va
    boshqalar).
    6. Oila uchun texnikaviy jihozlar.
    Sanab o'tilgan sarf-xarajatlar katta va kichik doimiy va
    takrorlanuvchi bo‘lishi mumkin.

    XARAJAT TURLARI
    Uy-joy, avtomobil, zamonaviy texnika, an’anaviy tadbirlar kabilarga sarflanadigan mablag1 Katta xarajatlar hisoblanadi.
    Turli uy-ro‘zg‘or anjomlari (bolg‘a, tesha, supurgi,
    changyutgich, qozon, idish-tovoq va boshqalar), ro‘zg‘orga
    oid, zarur kichik jihozlar, mayda-chuydalarga sarflanadigan
    mablag* KichiK xarajatlar deb ataladi.
    Oziq-ovqat mahsulotlari uchun, oilaga qo‘shimcha
    daromad keitiruvchi xo‘jalikka yo‘naltirilgan sarflar hamda
    kundalik ehtiycj uchun ajratiladigan mablag'lar doimiy
    xarajatlar sanaladi.
    Uy-hovli soliqlari, radio, telefon, gaz, suv, elektr kabilarga toiovlar, mavsumiy kiyim-kechaklar, o‘quv qurollari va
    boshqalarga sarflanadigan mablag'lar taKrorlanuvchi xarajatlar deb yuritiladi.
    Oila budjetini to‘liq va to‘g‘ri tushunishdan_ iqtisodning
    tub ma’nosini anglash, shuningdek «Iqtisod» qasrining sehrli
    kalitini topish boshlanadi. Gap shundaki, oila va uning
    a’zolari ehtiyoji chegaralanmagan. Masalan: hamma oila
    hashamatli uy-joy, zamonaviy avtotransport, texnikaviy
    jihozlarga, eng yaxshi kiyim-kechak, sifatli oziq-ovqat,
    ko'rkam dala hovli kabilarga ega bo‘lishni istaydi. Ammo,
    oila budjeti doim chegaralangan. Demak, chegaralangan
    imkoniyatdan samarali foydalangan holda chegaralanmagan
    ehtiyojni qondirish muammolarini yechish iqtisodiyotni
    keltirib chiqaradi.
    Oila budjetni sarflash yo'nalishlari turining ahamiyatiga
    qarab o‘zgaradi. Masalan, oila a’zolarini avtomobil olishga
    bo‘lgan ehtiyoji birinchi o‘ringa qo‘yilsa, qolgan yo‘nalishlardagi sarf-xarajatlar avtomobil sotib olish maqsadiga
    erishgunga qadar kamaytiriladi.
    Shuningdek, yuqoridagi yo'nalishlarda ko‘rsatilgan katta
    xarajatlarga bo‘lgan ehtiyoj maqsadga aylansa, qolgan
    yo‘nalishlarga sarflanadigan mablag‘ o‘z-o‘zidan kamayadi.
    Pul va molni kerakli, zarur narsalarga sarflagandan keyin
    qolgan puldan bir qismini kelgusi kunlar uchun saqlash
    lozim. Shunday qilinsa, doimo iqtisod qilib borilsa, katta
    sarmoya hosil bo‘ladi.
    Iqtisod qilishga, tejashga odatlangan odamlar saodat va
    tinchlik bilan umr kechiradilar. To‘g‘ri, yaxshi yeyish, ichish,
    kiyish kerak, ammo «ko'rpangga qarab oyoq uzat» naqliga
    amal qilinsa, boshqalaming narsalariga ta’ma qilinmaydi,
    ko‘ngil ham xotiqam bo'ladi. Qo'lida bo‘lgan pulga, mulkka
    qanoat qilmagan odamning nafsi butun dunyo moliga ham
    qanoat qilmaydi.
    Isrof - o'rinsiz, foydasiz ishlarga pul va mol sarflashdir.
    Qo‘ldagi pul va molni kerakli joylarga sarflash, yaxshi idora
    qila olish, isrofgarchilikdan saqlanish lozim. Shuhrat qozonish uchun to‘y va ziyofatlar qilib, pul sarflash nodonlikdir.
    Isrof natijasida yo‘qchilik, keyin har kimning mol, davlatiga
    ta’ma va xasad qilish kelib chiqadi.
    Bayt:
    Sen agar isrof etishni tashlading,

    U1 zamon davlat etagin ushlading.


    Har qanday oila ma’lum bir daromad hisobiga yashaydi.
    Davlatimiz oilalaming iqtisodiy quwatini oshirishga yaqindan yordam berish maqsadida yildan-yilga mehnatkashlaming oylik ish haqlarini oshiryapti, pensioner, student,
    yolg‘iz ona ham davlat e’tiboridan chetda qolayotgani yo‘q.
    Davlatimiz oilaga ma’naviy, iqtisodiy jihatdan yordam berar
    ekan, oilada kelajak yaratuvchisining xarakteri, mehnatga
    munosabati, axloqi, g'oyaviy-madaniy saviyasi o‘sishini
    ko‘zda tutadi, oilalaming kundalik ro‘zg‘or uchun zarur
    narsalar, uy-joy bilan ta’minlashni, ayolning mehnatini
    yengillatishni o‘z oldiga vazifa qilib qo‘yadi. Bu esa mustaqil
    davlat oilasining mustahkamlanishida, budjeti va xo‘jaligi
    rivojida muhim ahamiyat kasb etadi.
    Yosh oilalar faqat bir-birlarini tushunmasligi tufayligina
    emas, balki iqtisodiy sharoitni yo‘lga qo‘ya olmay ham
    ajraladigan hollar uchraydi.
    Shunday oilalar borki, qiyinchilik bilan topilgan pulni,
    osongina sovuradilar, ular oilaning iqtisodiy masalalari bilan
    yuzaki shug‘ullanadilar. Ammo bu borada o‘nlab ko‘radigan
    ko‘p muammolar bor. Oila a’zolari oyiga qancha ish haqi
    olishi aniq, lekin bu pulni qaysi maqsadlarga qanday sarflayotganlari haqida aniq hisob-kitob yo‘q.
    Oila budjeti - oila a’zolarining oylik ish haqi hisobidan
    to‘planib, daromad va xarajatlar yig‘indisidir. Xo‘sh, tabiiy va
    maishiy ehtiyojga sarflanganidan qolgan mablag'ni nimaga
    sarflash kerak? Turistik sayohat uchunmi? Kitob sotib
    olishgami? Qimmatbaho kiyimlar uchunmi? Mashina xarid
    qilishgami? Buni oila a’zolari hal qilishi kerak?
    Oilada bolalami yoshligidanoq oilaning iqtisodiy
    masalalarini hal qilishga jalb etish birinchidan bolaning otaona oldidagi qadrini oshiradi, bolaning o‘ziga ishonchini
    kuchaytiradi, ikkinchidan, pul sarflash madaniyatiga, hisobkitobga, tejamkorlikka o‘rgatadi. Oila xo‘jaligining iqtisodiy
    masalalari, hamma oila a’zolari ishtirokida o‘tadigan oilalarda pul-mablag‘ sababli janjallar ro£y bermaydi, balki, oila
    a’zolarini oila kollektiviga yanada jipslashtiradi.


    Download 17.62 Kb.
      1   2   3




    Download 17.62 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    5-amaliy mashg’ulot. Mavzu: Oila xo’jaligini yuritish omili. Reja

    Download 17.62 Kb.