• 4. Xorijiy ta’lim texnologiyasini tatbiq qilish samarasi qanday bo’ldi.
  • 2.Yurtimizga xorijiy ta’lim texnologiyasini tatbiq qilish.
  • 1. Ta’lim tizimlari haqida. Yurtimizga xorijiy ta’lim texnologiyasini tatbiq qilish




    Download 0.69 Mb.
    bet1/4
    Sana07.11.2023
    Hajmi0.69 Mb.
    #95142
      1   2   3   4
    Bog'liq
    savol -javob
    Ot turkumining ma\'no turlari reja 1 Turkumining ko\'p ma\'no turl, Disklarni defragmentatsiyalash, Fayzullayeva Nasiba 14 guruh, Документ Microsoft Word, АХБОРОТ XAVFSIZLIGI-G\'aniyev, asosiy elementar funksiyalar ularning xossalari funksiyalarning juft-toqligi davriyligi grafigi, bir o\'zgaruvchili tengsizliklarning konyunktsiyasi va dizyunktsiyasi.ularning grafik usulda yechish, sa, Academic-Data-375221100755 (6), 200-203 (1), 8 Информатика ва ахборот технологиялари 120 соат(1), Ilmiy maqola yozish qonun qoidalari, 12- маьруза 2, 120093 Pedagogni diagnostik faoliyatining asosiy funktsiyalari, turlari va

    Oliy ta’limni modernizatsiya qilish va xorijiy ta’lim texnologiyalarini jalb etish ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning asosiy omili
    Savollar

    1.Ta’lim tizimlari haqida.
    2.Yurtimizga xorijiy ta’lim texnologiyasini tatbiq qilish.
    3.Oliy ta’limni modernizatsiya qilish.
    4. Xorijiy ta’lim texnologiyasini tatbiq qilish samarasi qanday bo’ldi.
    5. Oliy ta’limni modernizatsiya qilish va xorijiy ta’lim texnologiyalarini jalb etish ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning asosiy omili
    Javoblar

    1.Ta’lim tizimlari haqida.
    Ta'lim ijtimoiy hayotning eng muhim sohalaridan biri bo'lib, uning faoliyati intellektual, madaniy va axloqiy holatga bog'liq. Yakuniy natija shaxsning ta'limiga to'g'ri keladi, ya'ni. uning o'zlashtirilgan bilim, ko'nikma va malakalar yig'indisida ifodalangan yangi sifati.
    Ta'lim tizimi o'z ichiga oladi:

    maktabgacha ta'lim muassasalari;


    ta'lim muassasalari;
    oliy kasbiy ta'lim muassasalari (oliy ta'lim muassasasi);
    o‘rta maxsus ta’lim muassasalari (o‘rta maxsus ta’lim muassasasi);
    nodavlat ta’lim muassasalari;
    qo'shimcha ta'lim.
    Ta'lim muassasalari massiv va keng qamrovli tizimdir. Ularning tarmog‘i ham mamlakatdagi, ham hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga ta’sir ko‘rsatadi. Ta'lim muassasalarida jamiyatning bilimlari, axloqiy tamoyillari va urf-odatlarini uzatish amalga oshiriladi.

    Eng muhim ijtimoiy institut ta'lim tizimida maktab hisoblanadi.


    2.Yurtimizga xorijiy ta’lim texnologiyasini tatbiq qilish.
    Mamlakatimizda Uchinchi Renessans davriga poydevor qo‘yish, Yangi O‘zbekiston nufuzini dunyoga tanitadigan salohiyatli kadrlar tayyorlash oliy ta’lim muassasalari oldida turgan dolzarb vazifa hisoblanadi.
    Namangan muhandislik-texnologiya instituti tomonidan shu nuqtai nazardan kelib chiqqan holda, ta’lim sifatini oshirish, o‘quv jarayonlarini tamomila yangi bosqichga ko‘tarishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mazkur jarayonda xalqaro aloqalar, ya’ni xorijning nufuzli universitetlari va institutlari, ilmiy-tadqiqot, ta’lim muassasalari bilan olib borilayotgan istiqbolli hamkorlik o‘z samarasini bermoqda.

    – bugungi kunda oliygohimiz dunyoning yetakchi oliy o‘quv yurtlari bilan faol hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi, – deydi Namangan muhandislik-texnologiya instituti rektori, fizika-metmatika fanlari doktori, professor Odiljon Mamatkarimov. – 15 dan ziyod davlatlardagi nufuzli ta’lim muassasalari bilan saksondan ortiq hamkorlik shartnomalari imzolaganmiz. Mazkur kelishuvlar asosida, professor-o‘qituvchi va talabalarning almashinuvi dasturlari, ilmiy innovatsion yo‘nalishlarda nufuzli anjumanlar tashkil etish, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, magistrant va tayanch doktorantlarning ilmiy ishlariga hamkor xorijiy oliy ta’lim muassasalaridagi yetakchi olim va professorlarni ilmiy rahbar sifatida tayinlash natija olib kelyapti.

    Shuningdek, dunyoning “Top-1000” ro‘yxatidan o‘rin olgan Belorus milliy texnika universiteti hamda Rossiya Federatsiyasining Saratov davlat texnika universiteti bilan hamkorlikda “2+2” shaklidagi qo‘shma ta’lim dasturi muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.
    Ta’kidlash joizki, AQSHning nufuzli universitetlaridan volontyorlarni taklif etish jarayoni yangi o‘quv yilida ham davom etadi. AQSHning yana bir universitetidan muhandislik grafikasi bo‘yicha ana shunday volontyorni ta’lim jarayoniga jalb etish rejalashtirilgan. Shu o‘rinda, NamMTI tomonidan AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi, okean orti davlatining yurtimizdagi konsulligi kabi qator diplomatik korpuslar bilan ham hamkorlik aloqalarini o‘rnatilgan.

    Hindistonning yetakchi oliy o‘quv yurtlaridagi ilg‘or texnologiyalarni o‘rganish maqsadida olti nafar professor-o‘qituvchidan iborat delegatsiya Dehli shahrida xizmat safarida bo‘ldi. Safar davomida qator yo‘nalishlarda bir qancha oliy o‘quv yurtlari bilan yangi hamkorlik shartnomalari imzolandi.

    330 nafardan ortiq professor-o‘qituvchi faoliyat olib borayotgan Namangan muhandislik-texnologiya institutida umumiy qiymati 347 ming 200 AQSH dollariga teng bo‘lgan 7 ta xalqaro loyiha bajarilmoqda. Har bir loyiha yuzasidan yangi 6 ta ilmiy laboratoriya tashkil etildi. Institut moddiy-texnik bazasini kuchaytirish borasida so‘nggi ikki yilda chet el grantlari hisobiga 66 ming dollarlik uchta laboratoriya jihozi, 1,5 milliard so‘mlik to‘quv-yigiruv dastgohlari va zarur uskunalar o‘rnatildi. Jahon banki grantlari asosida 11 milliard 200 million so‘mlik oltita laboratoriya jamlanmasi keltirilib, o‘quv va ilmiy jarayonga tatbiq etildi. Ilmiy loyihalar hisobiga yettita zamonaviy laboratoriya, talaba-yoshlarning ilmiy g‘oyalarini hayotga tadbiq etishga mo‘ljallangan “IT-PARK” tashkil etilib, bu maqsadlarga 550 million so‘mdan ziyod mablag‘ yo‘naltirildi.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 26 fevraldagi “Charm-poyabzal va mo‘ynachilik sohalarida tayyor mahsulot ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Turkiyaning Egey, Rossiya davlat texnologiya, dizayn va san’at universiteti, Sankt-Peterburg davlat sanoat texnologiyalari va dizayn universiteti, Belarusning Vitebsk davlat texnologiya universiteti bilan anglashuv memorandumlari tuzildi. Charm-poyabzal sohasi uchun mutaxassislarni tayyorlash, yosh professor-o‘qituvchilarni ushbu oliygohlarga xorijiy malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslariga yuborish, charm-poyabzal sohasi uchun mutaxassislarni tayyorlash, master-klass va seminarlar o‘tkazish, ma’ruza o‘qish uchun xorijiy professor-o‘qituvchilarni taklif qilish bo‘yicha hamkorlikda ish olib borish masalalari yuzasidan kelishuvlarga erishildi. Turkiyaning Karabuk, Ege, Nejmettin Erbakan, Gaziantepa, Sakariya, Istanbul texnika, Anadolu universiteti, Izmir texnologiya instituti, Nevshehir Haci Bektas Veli universitetlari bilan xalqaro hamkorlik shartnomalari tuzildi.



    Download 0.69 Mb.
      1   2   3   4




    Download 0.69 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1. Ta’lim tizimlari haqida. Yurtimizga xorijiy ta’lim texnologiyasini tatbiq qilish

    Download 0.69 Mb.