Bog'liq Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh
8.3. Mahsulot (ish, xizmat) tannarxini pasaytirish omillari Bugungi kunda respublikamiz iqtisodiyotining deyarli barcha tarmoq va
sohalarida ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan
qayta jihozlash tadbirlarining keng ko’lamda amalga oshirilishi raqobatdosh
mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirmoqda. Biroq, bu boradagi
jiddiy muammo – ayrim mahsulotlarimiz tannarxining yuqori darajada
qolayotganligi ularning raqobatdoshligiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda.
Shunga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Iqtisodiyotning real
sektori korxonalarini qo’llab-quvvatlash, ularni barqaror ishlashini ta’minlash va
eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturi to’g’risida»gi (2008 yil 28
noyabr) 4058-sonli Farmonida muhim chora-tadbirlar qatorida mahalliy ishlab
chiqaruvchi korxonalarning barcha resurslardan samarali foydalanishi hisobiga
mahsulot tannarxini 20 foizdan kam bo’lmagan miqdorda pasaytirish orqali ularning
raqobatdoshligini ta’minlash vazifasi ham belgilab berilgan edi. Ushbu vazifani
amalga oshirish doirasida mamlakatimiz korxonalarida tannarxni pasaytirishning
asosiy yo’nalishlari sifatida quyidagilarga alohida e’tibor qaratildi (6.1-chizma).
Natijada 2009 yil mobaynida sanoat tarmoqlarida ishlab chiqarilayotgan
mahsulot
tannarxi
18
foizga,
Olmaliq
kon-metallurgiya
kombinati,
«O’zmetkombinat» aksiyadorlik ishlab chiqarish birlashmasi, «O’zeltexsanoat»
uyushmasi, «O’zqurilishmateriallari» kompaniyasi singari va boshqa korxona va
152
tarmoqlarda 20-25 foizga kamaydi. Jumladan, respublikamizda iqtisodiyot
komplekslari bo’yicha ishlab chiqarilgan mahsulotlar tannarxini pasaytirish
bo’yicha erishilgan natijalarni quyidagi jadval orqali ko’rishimiz mumkin ( 6.1-
jadval).