Foyda va rentabellik, ularni hisoblash usullari




Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/175
Sana22.05.2024
Hajmi4,58 Mb.
#250503
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   175
Bog'liq
Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh

9.2 Foyda va rentabellik, ularni hisoblash usullari 
Iqtisodiyotning erkinlashtirilishi sharoitida korxonalar xo’jalik faoliyatini 
baholovchi asosiy mezon - foyda. 
Foyda
- bu murakkab iqtisodiy kategoriyalardan biri hisoblanadi. U asosan 
qo’shimcha qiymatni yaratish va ishlatish jarayonida yuzaga keladigan iqtisodiy 
munosabatlarni ifodalaydi. 


161 
Korxona foydasining shakllanish manbalari ular xo’jalik faoliyati natijasida 
olinadigan daromadlardir: 
- sotishdan olingan sof tushum; 
- asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar (operatsiya daromadlari); 
- moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar; 
- favqulodda foyda. 
Sotishdan olingan sof tushum
mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan olingan 
pul tushumidan qo’shilgan qiymat va aksiz solig’i hamda eksport boj poshlinasini 
chiqarish yo’li bilan aniqlanadi. Unga tovarlarning qaytarilishi, xaridorlar uchun 
berilgan chegirmalar va boshqalar kiritilmaydi. 
Korxonalarning 
asosiy ishlab chiqarish faoliyatidan olinadigan boshqa 
daromadlarga
quyidagilar kiradi: 
- undirilgan yoki qarzdor tomonidan e’tirof etilgan jarimalar, penyalar, 
vaqtida to’lanmagan qarzlar va xo’jalik shartnomalari shartlarini buzganlik uchun 
boshqa xil jazo jarimalari, shuningdek yetkazilgan zaralarni undirish bo’yicha 
daromadlar; 
- hisobot yilida aniqlangan o’tgan yillardagi foyda; 
- ishlab chiqarish va mahsulot (ish, xizmat)larni sotish bilan bevosita bog’liq 
bo’lmagan operatsiyalardan renta daromadi, korxona huzuridagi oshxonalardan 
tushumlar, yordamchi xizmatlardan daromadlar sifatidagi boshqa daromadlar; 
- korxonaning asosiy fondlarini va boshqa mol-mulklarini sotishdan olingan 
daromadlar; 
- da’vo bildirish muddati o’tgan kreditorlik va deponet qarzlarni hisobdn 
chiqarishdan olingan daromadlar; 
- tovar - moddiy boyliklarni qayta baholash; 
- davlat subsidiyalaridan daromadlar; 
- xolisona moliyaviy yordam; 
- boshqa operatsion daromadlar. 
Korxonalar 
moliyaviy faoliyatidan olinadigan daromadlarga
quyidagilar 
kiradi: 


162 
- Respublika hududida va uning tashqarisida boshqa xo’jalik yurituvchi 
sub’ektlar faoliyatiga ulush qo’shgan holda qatnashishdan olingan daromad, 
aksiyalar bo’yicha dividendlar va obligatsiyalar hamda korxonaga tegishli qimmatli 
qog’ozlar bo’yicha daromadlar; 
- mol-mulkni uzoq muddatli ijaraga berishdan olingan daromadlar (lizing 
to’lovini olish); 
- valyuta schyotlari, shuningdek chet el valyutlaridagi operatsiyalar bo’yicha 
ijobiy kurs tafovutlari; 
- sarflangan (qimmatli qog’ozlarga, shu’ba korxonalarga va hokazolarga) 
mablag’larni qayta baholashdan olingan daromadlar; 
- moliyaviy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar. 
Korxonalarning 
favqulodda foyda
- bu ko’zda tutilmagan tasodifiy tusga ega 
bo’lgan hodisa yoki korxonaning odatdagi faoliyati doirasidan chetga chiqadigan 
tusdagi operatsiyalar natijasida paydo bo’ladigan va olinishi kutilmagan foydadir. 
Bunga daromadlarning kamdan-kam bo’ladigan moddalari yoki asosiy faoliyatdan 
olingan boshqa daromadlar bo’limida aks ettirilishi kerak bo’lgan o’tgan davrlardagi 
foyda kirmaydi. 
Korxonalarning, yuqorida keltirilgan, xo’jalik faoliyatidan olingan 
daromadlari va qilingan xarajatlari asosida foydaning quyidagi beshta 
ko’rsatkichlari aniqlanadi: 
- mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda - bu sotishdan olingan sof tushum 
bilan sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi o’rtasidagi tafovut ko’rinishida 
bo’ladi:

Download 4,58 Mb.
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   175




Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Foyda va rentabellik, ularni hisoblash usullari

Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish