164
Korxona faoliyatiga ob’ektiv baho berishda, takror ishlab chiqarish
jarayonlarining ayrim bosqichlarida xarajatlar bilan natijalarni qiyoslashda ma’lum
bir iqtisodiy ko’rsatkichlardan foydalanish zarur bo’ladi. Ular qatoriga rentabellik
ko’rsatkichi ham kiradi.
Rentabellik
- korxonalar tijorat hisobi faoliyatining iqtisodiy samaradorligi
ko’rsatkichlaridan biridir. Foydalalik ishlab chiqarish faoliyatining ma’lum muddati
(yil, chorak) davomida serdaromadlik (zarar keltirmaslik) xususiyatini anglatadi. U
xo’jalik faoliyatining pirovard natijalarini to’g’ri baholashga va korxonadagi
mavjud resurslardan samarali foydalanishning iqtisodiy manfaatdorligini yo’lga
qo’yishga imkon bradi.
Amaliyotda tadbirkor va investorni qiziqtiradigan rentabellikning quyidagi
ko’rsatkichlari hisoblanadi:
- xo’jalik faoliyatini yuritishga solingan aktivlar rentablligi;
- mahsulotni sotish rentabelligi;
- o’z kapitali (mablag’i) rentabelligi;
- xarajatlar rentabelligi;
- bir dona aksiya rentabelligi.
Korxona faoliyatini yuritishga solingan aktivlar rentabelligi (A
rent
) - bu sof
foydaning qo’yilgan barcha mablag’lar, ya’ni aktivlarning 1 so’miga to’g’ri
keladigan ulushidir. U sof foydaning (SF) umumiy aktiv (A)ning o’rtacha yillik
summasiga nisbati ko’rinishid aniqlanadi: