176
Birinchi holatda korxona bozorda o’z ulushini ko’paytirishga qiziqsa,
ikkinchisida - foydani ko’paytirish kerakligi, daromad olish va investitsiya
xarajatlaridan foyda kelishini ko’zlaydi. Uchinchisida - korxona bozordagi o’z
holatini ushlab turishiga asoslangan strategiyasida, hukumat tomonidan bo’ladigan
noxush harakatlarning oldini olishga, raqiblar ta’sirini pasaytirish, tovar harakati
qatnashchilari bilan munosabatlarni saqlab qolish, yangi raqobat chiqishiga qarshi
turish va bahoni muvozanatlashtirishga harakat qiladi. Narxlashtirishning umumiy
siyosati doirasida, korxona tovarining bahosi uning aniq bozori va marketing
faoliyati bilan bog’lanadi.