1 0 - m a v z u . M a x s u l o t n a r x i v a n a r x s h a k l l a n i s h i
Mavzuning maqsadi:
Talabalarda maxsulot narxining tuzilishi, narx siyosati,
- xom ashyo, ish haqi, transport, reklama kabilarga bo’lgan sarflar kabilarni asosiy
tayanch so’z va iboralar hamda masalalar, muammoli savollar orqali bilim va
ko’nikmasini shakllantirishga ko’maklashishdan iborat.
10.1 Narx nazariyasi va narx turlari
Narx — bozor mexanizmining muhim tarkibiy unsurlaridan biri. U oʻzining
vazifalari orqali barqaror iqtisodiyotning shakllanishi hamda samarali amal
qilishiga, bozor muvozanatining taʼminlanishiga, milliy daromadning iqtisodiyot
turli tarmoq va sohalari, xoʻjalik yurituvchi subʼektlari boʻyicha taqsimlanishiga,
aholining ijtimoiy jihatdan himoya qilinishiga sharoit yaratadi. Shuningdek, u ishlab
chiqaruvchilarni ragʻbatlantirib, sogʻlom raqobat muhitining yaratilishiga katta
taʼsir koʻrsatadi.
Narx, baho — tovar qiymatining puldagi shakli, bozor iqtisodiyotida amal
qiluvchi iqtisodiy dastak. Iqtisodiy tafakkur tarixidagi ayrim qarashlarda narxni
qiymatning mehnat nazariyasiga asoslanib talqin qilishgan, unga qiymatning
puldagi ifodasi deb qaralgan. 21-asr boshlaridagi nazariyalar narxni pulning
miqdoriy nazariyasi asosida izoxlab, narxga harajatlar, tovarning nafliligi va raqobat
taʼsir etishini eʼtirof etadi. narxni qiymat belgilaydi, ammo u aniq bir qiymatdan
yuqori yoki past boʻlishi mumkin, bu esa bozordagi muayyan tovarga boʻlgan talab
va taklift bogʻliq. narx faqat qiymatni emas, balki talab va taklif, shuningdek,
tovarning ijtimoiy foydaliligi, sifati va boshqa tovarlar oʻrnini bosa olishi,
muomaladagi pulning harid qobiliyatiga ham bogʻliq. Binobarin, narx qiymatdan
miqdoran farqlanadi. Mahsulot tannarxi har qanday narxning asosi boʻlib,
mahsulotning hayotiy sikli davomida uning narxidagi oʻzgarishlarga katta taʼsir
koʻrsatadi. narx miqdori harajatlarga va tovar sifatiga toʻgʻri mutanosiblikda,
rakrbatning shiddatiga esa teskari mutanosiblikda turadi.
Bozor iqtisodiyotida narx bir nechta vazifalarni bajaradi:
172
1) hisob-kitob va oʻlchov vazifasi —narx vositasida qilingan harajatlar,
olingan natijaning puldagi miqdori aniqlanadi. Harajatlar ishlatilgan resurslar
miqorini uning narxiga koʻpaytirish opqali hisoblanadi;
2) ragʻbatlantirish vazifasi — narx ning oʻzgarishi ishlab chiqarish hajmini
oʻzgartiradi. Talab narxga nisbatan teskari mutanosiblikka ega. Narx pasaysa talab
ragʻbatlantiriladi, aksincha, narx oshsa (boshqa shar-tsharoit oʻzgarmagan taqdirda)
taklif ragʻbat oladi. Narxdagi oʻzgarish ishlab chiqaruvchilar va isteʼmolchilarga
ishtiyoq bagʻishlaydi;
3) raqobat vositasi vazifasi — narx raqibni bozordan siqib chiqarish va
bozorda oʻz mavqeini mustahkamlash uchun ishlatiladi. Raqobatchilar narxni
oʻzgartirib turish, uni sharoitga qarab turlicha belgilash orqali oʻzaro bellashadilar.
Narx raqobatlashuvning iqtisodiy vositasi hisoblanadi;
4) iqtisodiyotni tartiblash vazifasi — narx bozor mexanizmidagi asosiy
iqtisodiy dastak yoki vosita, narx oʻzgarishiga qarab nimani va qancha ishlab
chiqarish kerakligi aniqlanadi. Muayyan tovarlar narxining oshishi ularni koʻplab
ishlab chiqarish kerakligini bildiradi, aksincha, narxning pasayishi tovar ishlab
chiqarishni kamayishi yoki umuman toʻxtatilishi lozimligini anglatadi. Narxga
qarab bozori kasod tovarlardan voz kechilib, bozori chaqqon tovarlarni ishlab
chiqarishga oʻtiladi. Bu esa resurslarning bir sohadan ikkinchisiga oqib oʻtishiga,
eski soha qisqarib, yangi sohaning tez rivojlanishiga olib keladi. Narx resurslarni
qayta taqsimlash orqali iqtisodiyotni tartiblaydi.
Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida tovarlar va xizmatlar oldi-sotdisida
qo’llanilishi narx tizimini yaratadi. Milliy iqtisodiyot holatini hisoblashda joriy va
qiyosiy narxlar qoʻllaniladi. Joriy narxlar amaldagi narxlar boʻlib, ular yordamida
yil davomidagi ishlab chiqarish natijalari hisoblanadi. Qiyosiy narxlarda maʼlum yil
asos qilib olinib, ishlab chiqarishning natijalari shu narxda hisoblanadi va boshqa
yillar bilan taqqoslanadi. Joriy narxlar inflyasiya tufayli oʻzgarishi va real iqtisodiy
natijani koʻrsatmasligi sababli yalpi milliy mahsulot, milliy daromad, real ish haqi
va shu kabi koʻrsatkichlar dinamikasi qiyosiy narxlarda hisoblanadi.
173
Narx qaysi bozorda amal qilishi, kimga moʻljallanganligi va qaysi maqsadni
koʻzlashiga qarab bir necha turlarga boʻlinadi.
|