-  narxlarni o’ta oshishidan raqobatchilarni to’xtatib turish va boshqalar




Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/175
Sana22.05.2024
Hajmi4,58 Mb.
#250503
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   175
Bog'liq
Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh


narxlarni o’ta oshishidan raqobatchilarni to’xtatib turish va boshqalar.
 
Savdo hajmini oshirishga qaratilgan narxlar bozor vaziyati, talab va taklif 
holati yoki sotuvni istalgan o’sishiga muvofiq belgilanish mumkin.
 
Savdo hajmi tovarga bo’lgan talabga to’g’ri bog’liqdir. Тalab va narx oddiy 
vaziyatda teskari proporsional bog’liqlikda bo’ladi (talab qonuni). Narxga talabning 
sezgirlik darajasi narx ravonligi koeffitsiyenti bilan aniqlanadi. Narx belgilashning 
ushbu maqsadi tanlanganda dori vositalariga ravon talab bor-yo’qligini hisobga olish 
lozim.
 
Тalab ravonligini baholash uchun uni turli narxlarda o’lchanadi yoki 
haridorlarning maxsus so’rovi o’tkaziladi.
 
Agar dori vositalari talab kam ravon bo’lsa 
([Ye
D
]<1), unda bu quyidagi 
sharoitlar bilan bog’liq bo’lishi mumkin:
 
- tovarga o’rinbosar yo’q (masalan, insulinga bog’liq bemorlar uchun insulin);
 
- haridorlar narxlar oshishini darhol payqamaydilar (masalan, surunkali 
bemorlar dorilarning ma’lum bir zaxiralarini yig’adilar);
 
- haridorlar o’zlarining harid qilish odatlarini asta-sekin o’zgartiradilar 
(masalan, iste’molchi aynan shu preparat unga yaxshi ta’sir etishiga ishonadi);
 


178 
- haridorlar narxning oshishi dori vositasining yuqori sifati bilan oqlanadi deb 
hisoblaydilar (masalan, iste’molchilar sinnarizin (Polsha) o’rniga nisbatan qimmat 
bo’lgan stugeronni (Vengriya) afzal ko’radilar, chunki venger preparatlari yaxshi 
sifatga ega deb hisoblaydilar);
 
- dorini bepul va imtiyozli retseptlar bo’yicha berish.
 
Kam ravon talabda narxning pasayishi savdo hajmini kam 
rag’batlantiradi.
Shuning uchun agar tashkilot o’zining sotuvini oshirishga harakat 
qilsa, unda ushbu sharoitda talabning 
narxsiz determinantlariga
yo’naltirilishi, 
iste’molchilarning talablarini o’rganish va ularni qondirishga harakat qilishi kerak. 
Agar dori vositalariga talab ravon bo’lsa
([Ye
D
]>1) (odatda dorixona 
assortimenti tovarlari orasida talab retseptsiz beriladigan dori vositalari va tibbiy 
ashyolarga ravondir), sotuvni oshirish uchun narxni pasaytirish haqida o’ylash 
lozim. Pasaytirilgan narx sotuvdan katta hajmda umumiy daromad olib keladi. Lekin 
bunday usul ishlab chiqarish bo’yicha harajatlar va tovar sotuvining proporsional 
o’sishi yuz berishiga qadar ma’no kasb etadi. 

Download 4,58 Mb.
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   175




Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-  narxlarni o’ta oshishidan raqobatchilarni to’xtatib turish va boshqalar

Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish