• Haridorning psixologiyasi asosida narx belgilash.
  • - a) yangi tovarlarga; b) bozorda o’z o’rnini topgan tovarlarga narxni  hisoblashda narx belgilashning qaysi usuli tanlanadi




    Download 4,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet104/175
    Sana24.05.2024
    Hajmi4,58 Mb.
    #252719
    1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   175
    Bog'liq
    Korxonalar iqtisodiyoti va menejmenti-ASHUROVA N.B

     
    - a) yangi tovarlarga; b) bozorda o’z o’rnini topgan tovarlarga narxni 
    hisoblashda narx belgilashning qaysi usuli tanlanadi;
     
    - raqobatchilar narxlarining o’zaro munosabati; 
    - narxlar o’zgarishi tezligi; 

    narxning tovarning hayotiy davri (sikli)ga bog’liq ravishda o’zgarishi;
     
    - narxdan arzonlashtirishlarni ishlatilishi. 
    Тovarlarga narx belgilash usulini tanlash narx siyosatining eng muhim nuqtai 
    nazaridan biri hisoblanadi. Narx belgilash usuli tovarning yangi yoki bozorda 
    avvaldan mavjudligiga bog’liqdir.
     
    Yangi tovarlarga narx belgilash 
    Kirish narxining belgilanishi
    (yoki bozorga mustahkam tadbiq etish 
    strategiyasi) savdo hajmining oshishiga asoslangan maqsadlarga erishish uchun 
    ishlatiladi. Ushbu usul juda ko’p haridorlarni jalb qilish va bozorning katta qismiga 
    egalik qilish uchun, bozorga boshlang’ich past narxdagi tovarlarning chiqishiga 
    asoslangan. Bunday narx belgilashni agar yangi tovar talabning yuqori narx 
    ravonligiga ega bo’lsa, hamda raqobatchilarning chiqishini ushlab turish uchun 
    qo’llash mumkin. 


    180 
    Haridorning psixologiyasi asosida narx belgilash. 
    Psixoligik narxlar 
    bozorda ustunlik qilgan xuddi shunday mahsulot narxidan va ma’lum bir yaxlit 
    puldan sal pastroq (4,99 sum) belgilanadi. 
    Firmaning obro’si (nufuzi) asosida narx belgilash.
     
    Nufuzli narx nufuzli tovar, 
    ajoyib va nafis buyumlarga, taniqli firmalarning alohida sifatga ega bo’lgan 
    tovarlariga belgilanadi.
     
    “Qaymog’ini olish” usuli
    (Skimming pricing – S.p.) - ushbu usul 
    “qaymog’ini olish uchun” tovarga yuqori boshlang’ich narxni belgilanishi bilan 
    bog’liq bo’lib, u talab egriligining yuqori qismiga mos keladi. Ushbu usul foydaga 
    asoslangan maqsadlarga erishish uchun yo’nalgan. “Skimming pricing” kompaniya 
    mahsulotni yaratish bo’yicha izlanishlarga katta pul mablag’larini ajratgan, 
    tovarning siljishi (masalan, reklama)ga yuqori sarf – harajatlarga ega, yaqin vaqt 
    oralig’ida raqobatchida o’xshash tovar chiqishi kutilayotgan, tovar yangi va bozor 
    sekin qondirilsa, nihoyat talab mohiyati aniqlanmagan bo’lsa tavsiya etilishi 
    mumkin. 
    “Skimming pricing” naqadar yuqoriligi haqidagi xulosa ikki omilga bog’liq: 
    - bozorga raqobatchilarni chiqishi imkoniyatlaridan; 
    - talab egriligining yuqori qismidagi narxlar ravonligidan. Agar raqobatchilar 
    o’zlarining aynan o’xshash tovarlarini bozorga tez kunda olib chiqishi kutilayotgan 
    bo’lsa, bozor baland, agar raqobatchilar yillar mobaynida aynan o’xshash tovar 
    yaratganliklari ma’lum bo’lsa, “skimming pricing” narxlar juda yuqori bo’lmasligi 
    kerak. Тalab egriligining yuqori qismida narx ravonligi past, bundan tashqari aynan 
    o’xshashlari yoki yaqin o’rinbosarlari mavjud bo’lmaganda qarama-qarshi ravonlik 
    ham past bo’ladi. Shuning uchun tovarning yangiligi va talabning narx noravonligini 
    hisobga olib, yuqori “skimming pricing” narxlarni belgilab tez samara olish 
    mumkin. Agar talab egriligi shaklida gumon bo’lib, boshlang’ich narx juda ham 
    yuqori bo’lsa, u pasaytirilishi mumkin. U past narx belgilab keyin ko’targandan 
    ko’ra birmuncha yaxshidir. Agar narx ravonligi kutilayotganga qaraganda yuqori 
    bo’lsa, unda nisbatan past narx ko’proq foydali bo’ladi va ko’proq daromad olib 
    keladi. 


    181 
    Bozordagi liderning o’xshash tovariga nisbatan narx siyosatini hisobga olgan 
    holda narx belgilash. Bozor yoki tarmoqdagi lider narxlari bozorga yangi tovar 
    kiritilayotganda, bozordagi liderning o’xshash tovariga nisbatan siyosatini hisobga 
    olish zarur bo’lgandagina belgilanadi. Yangi tovarning narxi liderning narxidan 
    faqat u nisbatan yuqori sifatli tovar bilan bog’liq bo’lgan holdagina siljishi mumkin 
    (oshish tarafiga).

    Download 4,58 Mb.
    1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   175




    Download 4,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    - a) yangi tovarlarga; b) bozorda o’z o’rnini topgan tovarlarga narxni  hisoblashda narx belgilashning qaysi usuli tanlanadi

    Download 4,58 Mb.
    Pdf ko'rish