26
2 m a v z u . K o r x o n a – m u s t a q i l x o ’ j a l i k y u r i t u v c h i
b o z o r s u b ’ e k t i
Mavzuning maqsadi:
Talabalarda korxonaning mustaqil faoliyat yurituvchi
sub’ekt ekanligi, bozor sharoitida uning maqsadi va vazifalari, korxonani
boshqarishning o’ziga xos xususiyatlari, korxonani tashkil etish tamoyillari va
tartib-qoidalari tayanch so’z va iboralar hamda masalalar, muammoli savollar,
testlar, krossvord va boshqotirmalar yechish orqali bilim va ko’nikmasini
shakllantirishga ko’maklashishdan iborat.
2.1. Korxona bozor iqtisodiyotining xo’jalik sub’ekti sifatida,
uning maqsadi va vazifalari
Inson ehtiyojlarini qondirish uchun o’z taraqqiyotining qandaydir tarixiy
bosqichida ehtiyojni qondiruvchi resurslarni ishlab chiqaruvchi, yaratuvchi, o’z
faoliyati doirasida yer, kapital, mehnat, tadbirkorlik, talant va boshqa vositalardan
foydalanuvchi va ularni yaratuvchi korxonalarni tashkil qilgan.
Haqiqatda olganda korxona tovarlar va xizmatlar ishlab chiqaradi, ularni
tashish, saqlash, sotish kabi ish va xizmatlarni amalga oshiradi, hamda tadbirkorlik
faoliyati bilan shug’ullanadi.