Ilmiy-texnik salohiyat – mamlakatdagi fan-texnika va muhandislik ishlarining
rivojlanish darajasi, jamiyatning fan-texnika muammolarini hal qilish uchun mavjud
resurs va imkoniyatlarining umumiy holati.
Investitsion siyosat – kapital qo’yilmalarning eng ustivor yo’nalishlarini tanlash,
sarflangan har bir so’mga mahsulot (ish, xizmat) o’sishi va milliy daromadning eng
yuqori ko’rsatkichlariga erishish siyosati.
Investitsiya – daromad olish maqsadida sarmoyani ishlab chiqarishga uzoq
muddatga qo’yish.
Investitsiyalash - mamlakat ichkarisi va tashqarisida yangi korxona yaratish va
mavjud korxonalarni zamonaviylashtirish, eng yangi texnika va texnologiyalarni
o’zlashtirish, ishlab chiqarish darajasini oshirish va foyda olish maqsadida uzoq
muddatli mablag’lar kiritilishi.
Investor - biron-bir faoliyatga, korxonaga foyda olish maqsadida uzoq muddatli
sarmoya kiritishni amalaga oshiruvchi xususiy tadbirkor, tashkilot yoki davlat.
Injiniring - tijorat asosida (shartnoma shaklida) turli xil muhandislik-maslahat
xizmatlari ko’rsatilishi.
Innovatsion menejment - yangi mahsulot, yangi usul, yangi bozor, yangi texnika,
texnologiyani ishlab chiqarishga keng joriy etishni boshqarish.
Innovatsiya – inglizcha “innvation” o’zbek tilida “yangiliklarni qo’llash” manosini
anglatadi va jamiyat rivojlanishi bilan o’zgarib boruvchi inson ehtiyojlarini
qondirishga oid yangiliklar, ularni yaratish, tarqatish va foydalanish jarayonini
majmuasi hisoblanadi. U ishlab chiqarishda yangi mahsulot, yangi usul, yangi
299
texnologiya, yangi bozorni joriy etishni nazarda tutadi.
Infratuzilma - sanoat (yoki biron-bir boshqa) ishlab chiqarishi hamda aholiga
xizmat ko’rsatuvchi xo’jalik tarmoqlari majmuasi. U transport, aloqa, savdo,
moddiy-texnik tahminot, fan, ta’lim, sog’liqni saqlash tuzilmalarini o’z ichiga oladi.