295
vositalari va h.k). Ular uzoq muddat xizmat ko’rsatib, ishlab chiqarish jarayonida
o’zining natural shaklini saqlab qoladi hamda o’z qiymatini eskirishi mobaynida
asta-sekinlik bilan tayyor mahsulotga o’tkazadi, kapital qo’yilmalar hisobiga
to’ldiriladi.
Assortiment
– korxonada ishlab chiqarilgan mahsulotlar turi.
Auditor xizmati
– korxona moliyaviy holatini tekshiradi va mavjud kamchiliklarini
izohlab beradigan moliyaviy xizmat turi.
Axborot
– menejment uchun zaruriy xabar va ma’lumotlar majmui.
Axborot resurslari
– boshqaruv faoliyatida foydalanadigan axborotlar.
Axborot tizimi
– murakkab axborot tuzilmasi bo’lib, ushbu tuzilma turli hujjatlar,
axborot oqimi, aloqa kanallari, texnik vositalar va avtomatlashtirilgan boshqaruv
tizimlarini qamrab oladi.
Balans
- biron-bir holatning alohida tomonlari tengligini tarkiban ifodalovchi,
taqqoslash va solishtirish yo’li bilan tavsiflanuvchi ko’rsatkichlar tizimi.
Balans foydasi
- korxonaning balansida aks ettiriluvchi faoliyatning barcha
turlaridan olinuvchi umumiy foyda miqdori.