• Iste’molchilar tavsifiga
  • Demografik segmentlash
  • Hayot tarzi bo’yicha segmentlashda iste’molchilar
  • Iste’molchilarning xulq-atrovoriga




    Download 4,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet154/175
    Sana24.05.2024
    Hajmi4,58 Mb.
    #252719
    1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   175
    Bog'liq
    Korxonalar iqtisodiyoti va menejmenti-ASHUROVA N.B

    Iste’molchilarning xulq-atrovoriga
    qarab segmentlashning yana bir turi 
    xiridorlarni qanday tovar markasini xarid qilganligiga qarab idenfikatsiyalash emas, 
    balki qanday tovar nomenklaturasini xarid qilganligiga qarab identifikatsiyalash 
    hisoblanadi. Iste’molchilarni tovar nomenklaturasiga qarab aniqlashda raqobatchilar 
    tovarlari haqida ham ma’lumot to’plash mumkin bo’ladi. Mana shu olingan 
    ma’lumotlar asosida korxona iste’molchilarning kengroq guruhini qamrab olish 
    strategiyasini ishlab chiqadi. Shuningdek, tovar nomenklaturasiga qarab bozorni 
    segmentlashning maqsadlaridan yana biri tovarlarning faol iste’molchilarini 
    topishdan iboratdir. Faol iste’molchilar esa, ularning tovarni xarid qilish davriga 
    qarab aniqlanadi.
     
    Iste’molchilar tavsifiga
    qarab segmentlash. Yuqorida qayd qilib 
    o’tkaganimizdek, bozorni segmentlashning uchinchi usuli – bu iste’molchilarni 
    tavsifi bo’yicha guruhlash hisoblanadi. Bu yerda asosiy belgi bo’lib 


    288 
    iste’molchilarning demografik, geografik tavsiflari va ularning hayot tarzi 
    hisoblanadi.
     
    Demografik segmentlash
    – deganda iste’molchilarni daromadlar darajasi, 
    yoshi jinsi, millati kasbi-kori, oilaviy ahvollari kabi belgilari bo’yicha guruhlarga 
    ajratish tushuniladi.
     
    Geografik segmentlash
    – geografik kartani qo’llashga asoslangan eng oddiy 
    usul hisoblanadi. Bu usulni aholining madaniy urf-odatlarida va ular yashayotgan 
    hududlarning iqlimida farq bo’lganda qo’llash maqsadga muvofiqdi. Geografik 
    belgi bo’yicha segmentlash bozorning har xil geografik zonalariga bo’linishini 
    nazarda tutadi.
     
    Hayot tarzi bo’yicha segmentlashda iste’molchilar
    qarashlari, qiziqishlari 
    bo’yicha guruhlarga ajratiladi. Bunga iste’molchilarni jamiyat manfaati yo’lida 
    qayg’uradiganlar, o’z sog’lig’ini sevuvchilar, oilasi uchun qayg’uradiganlar 
    guruhlariga ajratish misol bo’la oladi.
     
    Korxonaning raqobat kurashida g’olib chiqishi bozor segmentlari qanchalik 
    to’g’ri tanlanganligiga ham bog’liq bo’ladi. Bunda bozor segmentlashsining 
    me’zonlarini bilish zarur. Quyidagi bozor segmentining asosiy me’zonlari va 
    ularning tavsifi keltiriladi:
     

    Download 4,58 Mb.
    1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   175




    Download 4,58 Mb.
    Pdf ko'rish