• Tovarning afzalligiga qarab segmentlash.
  • Bozorni bo’g’inlashdan asosiy maqsad




    Download 4,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet153/175
    Sana24.05.2024
    Hajmi4,58 Mb.
    #252719
    1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   175
    Bog'liq
    Korxonalar iqtisodiyoti va menejmenti-ASHUROVA N.B

    Bozorni bo’g’inlashdan asosiy maqsad
    quyidagilar hisoblanadi:
     
    1.Iste’molchilarning nimaga ehtiyoji borligi haqida kengroq ma’lumot 
    to’plash mumkin bo’ladi.
     
    2. Aniq bozorda raqobat kurashi tabiatni yaxshiroq bilish imkoniyati 
    to’g’iladi. Natijada raqobat kurashida yengib chiqishi uchun tova qanday 
    xususiyatlarga ega bo’lishi kerakligi aniqlanadi.
     
    3. Chegaralangan resurslardan va imkoniyatlardan qaysi yo’nalishlarda 
    faoydalanish kerakligi aniqlanadi.
     
    4. Marketing va tovar sotish xizmat xodimlarining energiyasi eng istiqbolli 
    iste’molchilarga qaratiladi.
     
    5. Marketing faoliyat rejasini tuzganda har bir bozor segmentining o’ziga xos-
    xususiyatlarini e’tiborga olish imkoniyati tug’iladi va boshqalar.
     
    Umuman 
    olganda 
    bozornni 
    segmentlash 
    talabni 
    oydinlashtirish, 
    diferrentsiallash, pirovard natijada esa marketing strategiyasi va taktikasining eng 
    optimal variantini tanlash imkoniyatini beradi.
     
    Odatda 
    segmentlash 
    jarayoni 
    ikki 
    bosqichda 
    amalga 
    oshiriladi. 


    287 
    Makrosegmentlash deb nomlanadigan birinchi bosqichda “tovar bozori” aniqlanadi. 
    Mikrosegmentlash deb nomlanadigan ikkinchi bosqichda esa ilgari aniqlangan 
    bozor ichida iste’molchilar segmentlari aniqlanadi.
     
    Bozor segmentini aniqlashning uchta usuli mavjud. Birinchi – tovarning 
    afzalligiga qarab segmentlash. Bunda iste’molchilar qanday tovarni 
    xohlayotganligiga qarab segmentni aniqlash tushuniladi. Ikkinchi usul – 
    iste’molchilarning xulq-atvorini hisobga olgan holda segmentlash. Uchinchi usul –
    iste’molchilar xarakteriga qarab segmentlash hisoblanadi.
     
    Tovarning afzalligiga qarab segmentlash.
    Firmalar yangi tovarlarga 
    bo’lgan talabni o’rganish maqsadida tovarning afzalligi, muhitligiga qarab 
    segmentlashdan ham foydalanadi. Bunga quyidagi misol keltirish mumkin. 
    Masalan, qahva ko’p tarqalgan ichimliklardan hisoblanadi. Uning tarkibida kofein 
    moddasi mavjud. Bugungi kunda shunday iste’molchilar ham mavjudki, ular 
    kofeinsiz qahvani xohlaydilar. Demak, bozorning ana shu segmenti iste’molchilari 
    uchun ham kofeinsiz qahva ishlab chiqish zaruriyati tug’iladi. Yoki tovarning 
    afzalligiga qarab segmentlashga televizor orqali tarkibida spirt bo’lmagan pivo 
    haqida beriladigan reklamani ham kiritish mumkin.
     

    Download 4,58 Mb.
    1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   175




    Download 4,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bozorni bo’g’inlashdan asosiy maqsad

    Download 4,58 Mb.
    Pdf ko'rish