|
Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh Pdf ko'rish
|
bet | 171/175 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 4,58 Mb. | | #252719 |
Bog'liq Korxonalar iqtisodiyoti va menejmenti-ASHUROVA N.BTahsis hujjatlari
– yangi tashkil qilinuvchi korxona, kompaniya, aksiyadorlik
jamiyatini tahsis etish va ularni belgilangan tartibda ro’yxatga olish uchun asos
bo’lib xizmat qiluvchi hujjatlar.
Tender
– mahsulot (ish, xizmat) buyurtmasini bozorda joylashtirishning tanlov
shakli.
Texnik qayta qurollantirish
– ishlab chiqarishning alohida uchastkalari texnik
imkoniyatlarini zamonaviy darajaga chiqarish jarayoni.
Texnologiya –
xom ashyoni (resurslarni) o’zgartirish vositasi.
Tizim
– bu bir necha o’zaro bog’liqlikdagi elementlar yaxlitligi bolib, har bir
element tizimini maqsad sari harakatiga o’z hissasini qo’shadi va ko’mak beradi.
Tizimlar nazariyasi
– XX asrning 50-yillarida boshqaruvga qo’llanilagan nazariya.
Tizimli yondashuv
– rahbarning boshqaruv sub’yekti sifatida korxonani (boshqaruv
obhektini) tizim tarzida boshqaruv tarzi.
Trest
- turli korxonalar birga qo’shilib, tashkil etilgan yirik birlashma.
Tuzilma
– soha, tarmoq, korxona yoki xo’jalik, buyum tarkibiy qismlarining o’zaro
bog’liq ravishda joylashuvi, tuzilishi.
Uskunalarni zamonaviylashtirish
– harakatdagi uskunalar konstruktsiyasiga,
uning texnik darajasini oshiruvchi hamda texnik va iqtisodiy ko’rsatkichlarini
yaxshilovchi sezilarli o’zgartirishlar kiritish.
Uslub
–
bu ishlash, boshqarishdagi o’ziga xos yo’l, usul tadbiqi.
Ustama xarajatlar
– ishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga kiritiluvchi, ishlab
chiqarish va korxona boshqaruviga xo’jalik xizmati ko’rsatishga oid bo’lgan
qo’shimcha xarajatlari.
Usul –
bu tadqiq qilish yoki tahsir ko’rsatis vositasi, boshqarish funktsiyalarini
amalga oshirish uchun boshqaruv obhektiga tahsir o’tkazish tarzi.
|
| |