307
predmetlari, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishning uzluksiz,
innovatsion
rivojlanish jarayoni.
Firma
- huquqiy shaxs maqomiga ega bo’lib, tovar ishlab chiqarish va sotishni bir
umumiy boshqaruv (va umumiy firma nomi) ostida birlashtiruvchi,
korxona yoki
turli mulkchilik shaklidagi ixtisoslashtirilgan tashkilotlar majmuasi.
Foyda
– korxona faoliyatining yakuniy moliyaiy natijasi; pul tushumi va xarajatlar
o’rtasidagi farq.
Fond qaytimi
– asosiy ishlab chiqarish fondlarining bir so’miga to’g’ri keluvchi
mahsulot (xizmat, ish) miqdori.
Fond sig’imi
–fond qaytimiga teskari bo’lgan nisbat bo’lib, asosiy ishlab chiqarish
fondlari o’rtacha qiymatining ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga nisbati sifatida
hisoblanadi.
Fondlar bilan tahminlanganlik
– asosiy ishlab chiqarish fondlari bilan
tahminlanganlik ko’rsatkichi (asosiy ishlab chiqarish fondlarining korxonaning har
bir xodimiga to’g’ri keluvchi miqdori).
Franchayzing
– vositachilik orqali o’zaro foydali
shartnomaviy hamkorlik
munosabatlarga asoslangan yirik va kichik tadbirkorlikning aralash shakli.
Funksional tuzilma
- rahbarlar va bo’g’inlarni
har xil vazifalarda, aniq
bo’linmalardagi boshqaruv faoliyatini ixtisoslashtirishga qaratilgan boshqaruv
tuzilmasi.
Xolding kompaniyasi
- o’z kapitalidan boshqa kompaniyalarni boshqarish, ularga
rahbarlik qilish va dividend olish maqsadida ularning aksiyalarini sotib olish orqali
foyda ko’ruvchi aksiyadorlik kompaniyasi.