Bog'liq Korxonalar iqtisodiyoti va menejmenti-ASHUROVA N.B
texnologik, predmetli va aralash. Texnologik tuzilmali korxonalarda tsexlar va ishlab chiqarish uchastkalari
texnologik jihatdan bir xillik tamoyili asosida tashkil qilinadi (masalan,
to’qimachilik kombinatlarida yigiruv va to’quv sexlari).
Predmetli tuzilmaga asoslangan korxonalarda har bir sex ma’lum bir
mahsulot yoki uning bir qismini ishlab chiqaradi (masalan, avtomobil zavodida
motor sexi, shassi sexi va hokazo).
Aralash (predmetli-texnologik) tuzilma tayyorlov sexlarini texnologik
tamoyilda (temirchilik, cho’yan quyish, po’lat quyish va hokazo), ishlov berish va
mahsulot chiqarish tsexlarini esa predmetli tamoyil asosida tashkil etishni ko’zda
tutadi.
Sanoat korxonasining tuzilmasi quyidagi omillar ta’siri ostida shakllanadi:
*
texnika va texnologiyaning xususiyatlari;
*
ishlab chiqarish hajmi;
*
ishlab chiqarishni tashkil qilish shakllari (ixtisoslashtirish, kooperatsiya,
kombinatsiya, koordinatsiya);
*
ishlab chiqarilayotgan mahsulot va ko’rsatilayotgan xizmatlarning
murakkabligi va nomenklaturasi;
*
ishlab
chiqarishni
avtomatlashtirish,
mexanizatsiyalashtirish
va
robotlashtirish darajasi;
*
mulk shakli;
*
raqobat olib borish usullari hamda shakllari va hokazo.
Amaliyotda ishlab chiqarish tuzilmasini mukammallashtirishning asosiy
yo’nalishlari ishlab chiqilgan. Ular qatoriga korxona va tsexlarni yiriklashtirish;
alohida korxonalar integratsiyasi; korxona ichidagi barcha bo’linmalar orasida
mutanosiblikni ta’minlash; tsexsiz struktura kabilarni kiritish mumkin.
Korxonaning raqobatbardoshligini oshirish, ya’ni boshqaruv sifatini
ko’tarish va ishlab chiqarish faoliyatidagi yakuniy natijalarning yuqoriligiga erishish
45
korxona tuzilmasini mukammallashtirish samaradorligini baholovchi mezon bo’lib
xizmat qiladi.