56
Asosiy fondlarni baholashning quyidagi usullari mavjud: boshlan\ich
qiymat bo’yicha - asosiy vositalarni yaratish yoki sotib
olish uchun sarflangan
xarajatlar majmuidan iborat bo’lib, asosiy fondlar yoki ularning alohida qismlarini
foydalanishga topshirish uchun yaroqli holga keltirish bilan bog’liq bo’lgan-ularni
keltirish, O’rnatish kabi xarajatlarni hisobga olgan holda yuzaga keluvchi qiymat.
Masalan, bitta mashina yoki uskunaning boshlang’ich qiymati – bu,
korxonaning mazkur mashina yoki uskunani ma’lum bir sanada sotib olgan va bu
haqda buxgalteriya hujjatlarida qayd qilingan sotib olish narxidir.
Тiklanish qiymati bo’yicha - asosiy fondlar yoki ularning biron-bir qismini
(binolar, qurilmalar,
mashinalar, ishlab chiqarish uskunalari va hokazo) hozirgi
paytdagi inflyatsiya va boshqa omillarni hisobga olgan holda baholash.
Baholashning bu usuli ob’ektning hozirgi paytdagi qayta ishlab chiqarish davrida
qancha turishini ko’rsatadi. Korxona asosiy fondlarining tiklanish qiymati, taftish va
inventarizatsiya paytida, mamlakat miqyosida va davlat
chora-tadbiri sifatida esa,
asosiy fondlarni qayta baholash paytida amalga oshiriladi.
Qoldiq qiymati bo’yicha - asosiy fondlarning eskirishini inobatga olgan holda,
birlamchi va qayta tiklash qiymatlari o’rtasidagi farq ko’rinishidagi baholashdir.
Boshqacha qilib aytganda, bu asosiy fondlarning
ishlab chiqarilayotgan
mahsulotlarga
hali
o’tkazilmagan
qismidir.
Korxonalar
tomonidan
foydalanilmaydigan hamda hisobdan chiqarish yoki sotib yuborish mo’ljallangan
asosiy fondlar ham, ko’pincha qoldiq qiymati bo’yicha, mazkur xo’jalik
yilidagi
narxlarda baholanadi.
Korxona asosiy fondlarini baholashning turlarini quyidagi chizma
ko’rinishda aks ettirish mumkin: (3.2-chizma)