37
Korxonani
boshqarishning samaradorligi, maqsadlarni shakllantirish va
amalga oshirishga qanchalik kam vaqt sarflansa, shunchalik yuqori bo’ladi. Bunga
korxona rahbari va boshqaruv funksiyalarini bajarishga mas’ul bo’lgan
boshqa
shaxslarning tajribasi va malakasidan tashqari, boshqaruv amaliyoti va ish tartibiga
sarflanuvchi vaqtning qisqartirilishi, boshqaruv jarayonlarini
avtomatlashtirish,
boshqaruv qarorlarini qabul qilish va amalga oshirishni oqilona tashkil qilish
bo’yicha chora-tadbirlar majmuasini qo’llash hisobiga erishiladi.
Zamonaviy fan va menedjment amaliyoti
korxonalarni boshqarishning
quyidagi
tamoyillarini
eng asosiylari sifatida qabul qiladi:
1)
ilmiylik;
2)
tizimlilik va komplekslik;
3)
yakka
boshqaruv va kollegiallik;
4)
tartib va adolat;
5)
xodimlarni moddiy va ma’naviy rag’batlantirish;
6)
tejamkorlik va samaradorlik;
7)
tashabbuskorlik va korporativ ruhiyat;
8)
vakolat va majburiyat.
Iqtisodiyotning jadal rivojlanishi va ishlab chiqarish kuchlarining o’sishi
faoliyat yuritayotgan
korxonalardan tashqari, yangi korxonalarni tashkil qilish va
ishga tushirishga tayanadi. Bunday qadam iqtisodiy jihatdan maqbullikka, resurslar
imkoniyati va korxona mahsulotlariga bo’lgan talabga asoslanadi.
Biron-bir
mahsulotning taqchilligi yoki umuman yo’q bo’lishi ham, yangi korxona yoki ishlab
chiqarishni tashkil qilishga sabab bo’lishi mumkin.