Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh




Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/175
Sana24.05.2024
Hajmi4,58 Mb.
#252719
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   175
Bog'liq
Korxonalar iqtisodiyoti va menejmenti-ASHUROVA N.B

ta’sis hujjatlaridan
biri uni 
ta’sis shartnomasi
hisoblanadi. Bu 
hujjat o’z mazmunidan kelib chiqib, kelajakda korxonani tashkil etuvchilarning 
o’zaro munosabatlarining qoidalarini belgilaydi. Тa’sis etish shartnomasida 
korxonaning tashkiliy-huquqiy shakli, turi, faoliyati turi, maqsad va vazifalari, 
joylashish va huquqiy adresi, ustav kapitali hajmi va unda ta’sischilar hissasi, 
qatnashuvchilarning o’z hissasini boshqalarga berish sharti, uning boshqaruv va 
nazorat organlari, foydani taqsimlash usul va tartiblari, ta’sischilarning huquq va 
burchlari, ta’sischilar to’g’risidagi ma’lumotlar va boshqa masalalarni hal qilish 
tartiblarini belgilaydi. 
Тa’sischilar korxonani ustavini ishlab chiqadi. Korxonaning ustavi rasmiy 
hujjat hisoblanadi. Chunki ustavda korxona bilan davlat o’rtasidagi ijtimoiy, 
iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy munosabatlarni tartibga solinish qoidalari o’z aksini 
topadi. Ustav qonunlar, qoidalar va Nizomlarga asoslangan holda tuziladi. Ustavni 
korxonani ta’sis etuvchilar tasdiqlaydi. 
 


43 
2.4. Korxona tuzilmasi va uni belgilovchi omillar 
Har bir ishlab chiqarish korxonasi ishlab chiqarish bo’linmalari, boshqaruv 
organlari va korxona xodimlariga xizmat ko’rsatuvchi tashkilotlardan iborat bo’ladi. 
Tuzilma (struktura) tushunchasini korxonaning tarkibi, tuzilishi sifatida ko’rib 
chiqish mumkin. Korxona qanchalik yirik bo’lsa, uning ishlab chiqarish tuzilmasi 
shunchalik murakkab bo’ladi. 
Sanoat korxonalarining umumiy va ishlab chiqarish tuzilmalari mavjud. 
Ishlab chiqarish bo’g’inlari, korxona boshqaruvi hamda xodimlarga xizmat 
ko’rsatuvchi tashkilotlar, ularning miqdori, kattaligi va egallab turgan maydoni, 
xodimlarining soni va ishlab chiqarish imkoniyatlari 
korxonaning umumiy 
tuzilmasini
ifodalaydi.
Ishlab chiqarish tuzilmasiga asosiy, yordamchi va xizmat ko’rsatish 
jarayonlari amalga oshiriluvchi tsex va uchastkalar kiritiladi. 
Ishlab chiqarish tuzilmasi korxona umumiy tuzilmasining bir qismidir. U 
tsex, uchastka va xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar shaklidagi ishlab chiqarish 
bo’linmalaridan iborat bo’ladi hamda ularning mahsulot ishlab chiqarish 
jarayonidagi o’zaro munosabatlarini, mehnat bilan band bo’lgan xodimlari soni, 
asbob-uskunalari qiymati, egallab turgan maydoni va hududiy joylashuvini aks 
ettiradi. 
Asosiy sexlarda va ishlab chiqarish uchastkalarida ishlab chiqarish 
jarayonining asosiy – xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlarni tayyor mahsulotga 
aylantirish bosqichi yoki mahsulot, yo uning bir qismini tayyorlashning bir qator 
bosqichlari amalga oshiriladi (muzlatkichlar sexi). 
Yordamchi tsexlar asosiy ishlab chiqarishni asbob-uskunalar va energiya 
bilan ta’minlaydi hamda uskunalarni ta’mirlash (ta’mirlash, uskunalar, model 
sexlari va boshqalar) vazifalarini bajaradi. 
Xizmat ko’rsatuvchi sex va xo’jaliklar tarkibiga korxonaning 
infratuzilmasini (ombor va transport bo’linmalari, uy-joy-kommunal xo’jaligi, 
oshxona, sanatoriy va hokazo) tashkil qiluvchi bo’linmalar kiradi. 


44 
Sanoat korxonalari ishlab chiqarish tuzilmasining uch xil turi majud:

Download 4,58 Mb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   175




Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh

Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish