5.3. Korxonada mehnatga haq to’lash shaklllari
Korxonalarda mehnatga haq to’lashni oqilona tashkil qilish xodimlar
faoliyatini rag’batlantirish, tayyor mahsulot va mehnat bozorida raqobatchilikni,
rentabellikni va mahsulotlarning daromadliligini ta’minlashi lozim. Mehnatga haq
to’lashni oqilona tashkil etishdan maqsad
uning hajmi va xodimning korxona
xo’jalik faoliyatiga mehnat faoliyatida qo’shgan hissasiga mos kelishini ta’minlash,
92
ya’ni mehnat o’lchami va iste’mol o’lchami o’rtasidagi mutanosiblikni
ta’minlashdir.
Ish haqi
- har bir xodimning sarflagan mehnati miqdori va sifatiga mos
ravishda taqsimlanuvchi va xodim tasarrufiga pul shaklida kelib tushuvchi milliy
daromadning bir qismidir.
Ish haqi
bu mehnat uchun mukofotdir.
Хodimlar mehnatiga haq to’lash ishlab chiqarish jarayoniga jalb qilingan
mehnat resurslarining bahosidir. Boshqacha qilib aytganda, ish haqi – bu, mahsulot
ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining korxona xodimlari mehnatiga haq to’lash
uchun sarflanuvchi qismidir.
Ish haqining nominal va real turlari mavjud.
Nominal ish haqi
bu xodimning ma’lum bir vaqt mobaynida bajargan
mehnati uchun hisoblangan va to’langan ish haqidir.
Real ish haqi
nominal ish haqiga sotib olish mumkin bo’lgan tovar va
xizmatlar miqdori; real ish haqi – bu, nominal ish haqining “iste’mol qobiliyati ”dir.
Korxonalarda ish haqi sohasidagi siyosatni ishlab chiqish va uni tashkil
etishda quyidagi tamoyillarni inobatga olish zarur:
adolatlilik, ya’ni bir xil mehnat uchun bir xil haq to’lash;
bajarilayotgan ishning murakkabligi va mehnat malakasi darajasini hisobga
olish;
mehnatning zararli sharoitlari va og’ir jismoniy mehnatni hisobga olish;
sifatli, sidiqidildan mehnat qilishni rag’batlantirish, yo’l qo’yilgan
yo’qotishlar yoki o’z majburiyatlariga mas’uliyatsiz yondashishni moddiy jazolash;
mehnat unumdorligi sur’atini o’rtacha ish haqining o’sish sur’atlariga
nisbatan tezroq o’stirish;
ish haqi miqdorini inflyatsiya sur’atlariga mos ravishda muvofiqlashtirish;
mehnatga haq to’lashning korxona ehtiyojlariga to’liq javob beruvchi ilg’or
shakl va tizimlarini qo’llash.
93
Zamonaviy sharoitlarda korxonalarda mehnatga haq to’lashning turli tizim va
shakllari qo’llanilib, ulardan eng ko’p tarqalganlari sifatida ishbay va vaqtbay usulni
ko’rsatish mumkin.
Mehnatga ishbay haq to’lash
ishlab chiqarilgan mahsulot (bajarilgan ish,
ko’rsatilgan xizmat) uchun to’lanadigan haqni anglatadi.
Korxonalarda ko’pincha faqat ishbay emas, balki ishbay-mukofotli haq
to’lashdan foydalaniladi.
Mehnatga ishbay-mukofotli haq to’lash
da ishchi bajargan ishiga haq olishdan
tashqari, mukofotga ham ega bo’ladi. Mukofot asosan ma’lum bir ko’rsatkichlarga
erishish - mahsulot ishlab chiqarish rejasini bajarish, mahsulot sifatini oshirish, xom
ashyo va materiallarni tejash va shu kabilar uchun beriladi.
Mehnatga vaqtbay haq to’lash
tarif tizimida ko’zda tutiluvchi ishlab berilgan
vaqt - kalendar vaqt emas, balki normativ vaqt uchun to’lanadigan haqni anglatadi.
Vaqtbay-mukofotli haq to’lash
da ishchi ishlab bergan vaqtiga haq olishdan
tashqari, ushbu ish haqiga ma’lum bir foiz hisobida mukofot ham oladi.
Mehnatga
akkord haq to’lash
tizimi mehnatga ishbay haq to’lashning bir turi
bo’lib, uning mohiyatiga ko’ra, bunda bajarilishi kerak bo’lgan ishlarni muddatini
ko’rsatgan holda baholash amalga oshiriladi.
Korxonada quyidagi hollarda akkord haq to’lash tizimidan foydalanish
maqsadga muvofiq hisoblanadi:
korxona biron-bir buyurtmani o’z vaqtida bajara olmasa va buning uchun
shartnomaga asosan yirik miqdorda jarima to’laydigan bo’lsa;
korxonaning to’xtab qolishiga sabab bo’luvchi favqulodda vaziyatlar
(yong’in, sel, zilzila, suv toshqini yoki jiddiy sabablarga ko’ra asosiy texnologik
liniyalarning ishdan chiqish hollari) ro’y berganda;
alohida ishlarni bajarishga o’ta zarurat tug’ilganda yoki korxonada yangi
asbob-uskunalar ishga tushirilganda.
Ko’pchilik korxonalarda ish haqini hisoblash tarif tizimi, ayniqsa uning tarif
stavkasi va tarif setkalari kabi elementlari asosida amalga oshiriladi.
94
Тarif stavkasi
turli guruh va kategoriyadagi ishchilarning vaqt birligidagi
mehnati uchun to’lanuvchi haqning mutlaq (absolyut) o’lchamidir. Minimal tarif
stavkasi yoki birinchi razryadli stavka boshlang’ich hisoblanadi. U eng oddiy
mehnat turiga to’lanuvchi haq darajasini belgilab beradi.
|