Biznes-rejaning mohiyati va vazifalari




Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/175
Sana24.05.2024
Hajmi4,58 Mb.
#252719
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   175
Bog'liq
Korxonalar iqtisodiyoti va menejmenti-ASHUROVA N.B

7.2. Biznes-rejaning mohiyati va vazifalari 
Biznes ingliz tilida “business” so’zidan olingan bo’lib, butun jahonda 
tarqalgan, foyda beruvchi iqtisodiy faoliyat, ya’ni ish yuritish mazmunini bildiradi. 


123 
Biznes so’zidan “bucineccman” biznesmen, ya’ni biznes bilan shug’ullanuvchi, 
ishbilarmon, tadbirkor, umuman foydali ish yurituvchilar ma’nosini bildiruvchi 
ibora kelib chiqqan va keng ishlatiladi. Bozor iqtisodiga o’tish munosabati bilan 
bunday iboralar bizning tilimizga ham kirib kelmoqda. Yuqoridagi iboralardan kelib 
chiqib barcha tadbirkorlar, firmalar o’z faoliyati rejasini “Biznes plan”, ya’ni “Ish 
rejasi” deb yuritishadi. 
Biznes-rejani qanday ta’riflash mumkin.
Birinchidan, biznes-reja
korxona faoliyati to’g’risidagi g’oya, maqsad, 
menejment, marketing faoliyati va ishlab chiqarishni kelajakga mo’ljallangan 
ko’rsatkichlari majmuasidan iborat hujjat sifatida tushunish mumkin.
Ikkinchidan

faoliyatda 
shakllanadigan 
iqtisodiy 
munosabatlarni 
tasvirlaydigan, korxonaning rivojlanishi uchun zarur bo’lgan chora-tadbirlarni 
asoslovchi hisob-kitoblar yig’indisi.
Uchinchidan
, korxonaning kompleks ish rejasi sifatida korxonaning 
“kompasi” deb hisoblash mumkin. 
Biznes-reja iborasi g’arb davlatlarida asosan kichik va o’rta korxonalarning, 
firmalarning kompleks ish rejasi sifatida tushuniladi va uning asosiy maqsadi 
rahbariyatiga firmaning holati to’g’risida va uning rivojlanish imkoniyatlarini 
tasvirlashdir. Biznes-reja amaliyotda bir necha xil turlarda tuziladi. Ular asosan to’rt 
xil bo’lib, har birining o’ziga xos xususiyatlari mavjud. Firmaning ichki biznes-
rejasi, aylanma mablag’larni to’ldirish maqsadida kredit olish uchun tuziladigan 
biznes-reja, investitsiya biznes-rejasi, moliyaviy barqarorlash rejasi ular qatoriga 
kiradi. 
Biznes-rejani ishlab chiqishda asosan ikkita maqsad-vazifani nazarda tutish 
zarur: 1) korxonaning hozirgi holatini chuqur tahlil qilish, uni taraqqiyot etish 
maqsadi, maqsadga erishish yo’llari va kutilayotgan natijasini aniqlash; 2) tashqi 
investor va sheriklarga korxonani afzalliklarini jozibalik qilib ko’rsatishga erishish. 

Download 4,58 Mb.
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   175




Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Biznes-rejaning mohiyati va vazifalari

Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish