Тo’rtinchi bo’lim. «Bozor kon’yunkturasi, talab va sotuv hajmi-ning tahlili»
bo’limida talabni o’rganish va narxlarni bashorat qilishning davomi bo’lib, bu
bo’limda ishlab chiqarishning hajmi va tovarning sotilishini vaqt mobaynida belgilab
beriladi.
Biznes-rejani tayyorlash jarayonida bozorning tadqiqoti, tahlili va baholanishi
bir tomondan, oldindan taxmin qilishga asoslan-sa, ikkinchi tomondan, bo’lajak
haridor yoki savdo tashkiloti bilan bo’lgan dastlabki bitimga tayanadi.
Loyihalarning o’lchami va muddatiga qarab, turli xil sharoitlar yuzaga keladi.
Kichik va qisqa muddatli loyihalar amalga oshiril-ganda mahsulot iste’molchilari
doirasini aniqlasa bo’ladi. Bu esa, o’z navbatida, sotuv hajmi haqida xulosa
chiqarishga imkon beradi.
Bozorga analitik baho berish bilan birga, biznes-reja bozorni marketing va
boshqa faoliyat turlari bilan jadallashtirish yo’lla-rini ham belgilab berishi lozim.
Ushbu bo’limni ishlab chiqishda boshqa ishbilarmonlar mavjudligini,
raqobatchilar borligini, ularning imkoniyati va qobiliyati, shuningdek, narx
siyosatini bilish lozim. Bundan tashqari, biznes-rejaga raqobatni hisobga olgan
holda tovarning sotilish hajmi kiritiladi.
Beshinchi bo’lim. «Harakat dasturi va tashkiliy chora-tadbirlar» bo’lib, bu
bo’limning mazmuni aksariyat hollarda tadbirkorlik turiga (ishlab chiqarish, tijorat,
moliya) bog’liq.
Ishbilarmonlik harakat dasturi quyidagilarni o’z ichiga oladi:
a) marketing harakatlari (reklama, sotish bozorini aniqlash, iste’molchilar bilan
aloqa bog’lash, ularning talabini hisobga olish);
b) mahsulotni ishlab chiqarish;
c) tovarlarni sotib olish, saqlash, tashish, sotish (asosan, tijorat tadbirkorligiga
oid);
d) tovarni sotish jarayonida va sotgandan keyin haridorga xizmat ko’rsatish.
127
Тashkiliy tadbirlar dasturiy harakatlarning uzviy qismi bo’lib, biznes-reja
bajarilishining boshqaruv uslubini; loyiha boshqaruvining tashkiliy tuzilmalarini;
ijro etuvchi harakatlarning muvofiqlashtirish uslubini qamrab oladi. Mehnat haqining
maxsus shaklini o’rnatish, rag’batlantirish, kadrlarni tanlab olish, ularni tayyorlash,
hisob, nazorat ishlari tashkiliy tadbirlarga kiradi.