130
mumkin.
Shuningdek, biznes reja yoki uning ayrim qismlaridan har qanday
maqsadlarda nusxa ko’chirish yoki uni uchinchi shaxslarga berish ta’qiqlanganligi
haqida ham aytilishi mumkin. Hamda kelishuvda biznes reja sarmoyadorni sarmoya
ob’ekti sifatida qiziqtirmagan holda uni muallifga qaytarish to’g’risidagi talab ham
bo’lishi mumkin.
3. Rezyume.
Biznes-reja
rezyumesi rahbarlar, yozma murojaatlar, reklama e’lonlari uchun
yoziladi.
Ushbu bo’lim potensial sarmoyador yoki loyiha hamta’sischilarini
qiziqtirishga mo’ljallangan. Aynan shu bo’limdan potensial sarmoyadorlar eng
birinchi taassurot oladilar va ko’pincha ana shu ilk taassurot
asosida loyihaning
taqdiri belgilanadi.
Biznes-reja potensial sarmoyadorlarga mo’ljallangan bo’lib, odatda ularning
qo’lidan ko’plab biznes g’oyalar o’tadi. Ular sizning loyihangizning mohiyati va
samaradorligi
nimadan iborat ekanligini, uni amalga oshirishga qancha mablug’
zarurligi va moliya manbalarini bilishga qiziqadilar. Ularni qiziqtiring.
Ushbu bo’limda tezis shaklda butun biznes reja,
korxonaning mohiyati va
maqsadi ochilgan holda bayon qilinadi. Unga asos qilib, ishlab chiqilgan biznes reja
barcha bo’limlarida keltirilgan ma’lumotlar olinishi mumkin.
Rezyume tarkibi quyidagicha bo’lishi tavsiya qilinadi:
-
Loyihaning qisqacha tavsifi,
uning maqsadi va vazifalari, ta’minlash
manbalari;
-
Amalga oshirish mexanizmlari;
-
Mahsulot yoki xizmatlarning noyobligi va raqobatbardoshligi;
-
Zarur
tashqi moliyalash hajmi;
-
Sotuv va daromad hajmlari prognozlari;
-
Sarmoyadorlarga qarzlarni qaytarish.
Rezyumega qo’yilgan asosiy talab – bayonning tushunarli va lo’nda bo’lishi,
maxsus iboralarning iloji boricha kam ishlatilishidan iborat. Hajmi bir betdan
oshmasligi kerak.