|
ISHNI ТUGAТISHDAGI ХAVFSIZLIK ТALABLARI
|
bet | 8/14 | Sana | 20.02.2024 | Hajmi | 0,66 Mb. | | #159588 |
Bog'liq 1-Tajriba ishi (1)ISHNI ТUGAТISHDAGI ХAVFSIZLIK ТALABLARI
Asboblar, jihozlar elektr ta’minotidan ajratiladi (elektr tokidan uzib qo’yiladi). Keyin ish joyi tartibga keltirilib, asbob-uskunalar, ma’lumotnomalar, uslubiy va boshqa adabiyotlar o’qituvchiga yoki laborantga topshiriladi
1 – Tajriba ishi
Mavzu: Sanoat korxonalari va muassasalarda mikroiqlim
sharoitlarini aniqlash
Mashg`ulotning maqsadi: Ishlab chiqarish binolaridagi ish o’rinlarida mikroiqlimni sanitariya me’yorlari, qo’llaniladigan asboblarni tuzilishi va ishlash jarayonlarini o’rganish.
Laboratoriya ishini o’tkazish uchun qo’llaniladigan asboblar, jihozlar va ko’rgazmali qurollar:
Termometr, barometr, psixrometr, gigrometr, parrakli, va kosachali animometrlar, termoanimometr, Avgust va Assman, psixrometrlari.
Laboratoriya ishini bajarish tartibi:
1. Ishlab chiqarishdagi mikroiqlimning gigiyenik me’yorlari bilan tanishish.
2. Mikroiqlimni o’lchash uchun qo’llaniladigan asbob, uskuna va jihozlarni tuzilishi va ishlash jarayonlari bilan tanishish.
3. Ish o’rinlaridagi mikroiqlim parametrlarini o’lchash:
4. Ish o’rinlarida aniqlangan havo parametrlari qiymatini sanitariya me’yorlari
(SanQvaN № 0324-16.)
5. O’tkazilgan laboratoriya ishi to’g`risida xulosa.
Laboratoriya ishini bajarganligi to’g`risida o’quvchining hisoboti.
1.Ish o’rnidagi mikroiqlimni o’lchash uchun qo’llaniladigan asbob uskunalarning tuzilishi va ishlash jarayonini tushuntiring: (chizmasini chizing).
2. Parrakli va kosachali animometrlar yordamida ish o’rnida havo harakati tezligini aniqlash usulini tushuntiring va chizmasini chizing.
3.Termoanimometrning tuzilishi va ishlatilish sohasini tushuntiring.
4.Avgust va Assman psixrometrlarining tuzilishi, ishlatilish sohasi to’g`risida ma’lumot bering.
5. Gigrometr va katatermometrlarni ishlatilish sohalarini ko’rsating.
6. Ish o’rinida mikroiqlim parametrlarini o’lchang hamda uni sanitariya me’yorlariga to’g`ri kelish va kelmasligi to’g`risida xulosa qiling.
|
| |