-jadval Mikroiqlim parametrlarini




Download 0,66 Mb.
bet11/14
Sana20.02.2024
Hajmi0,66 Mb.
#159588
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
1-Tajriba ishi (1)

2-jadval
Mikroiqlim parametrlarini
o‘lchash uchastkalarining eng kam miqdori

Xonaning maydoni, m2

O‘lchash uchastkalari soni

100 gacha

4

101 – 400

8

400 dan ortiq

Uchastkalar soni ular orasidagi masofa bilan belgilanadi, ushbu masofa 10 m dan ortmasligi lozim

3.4. Tadqiqot maqsadlariga muvofiq ravishda ishchi hududning tikligi bo‘yicha, havo harorati va uning harakat tezligidagi tafovutlarni aniqlash uchun pol yoki ish maydonchasidan 0,1; 1,0 va 1,7 m balandlikda tanlab o‘lchashlar o‘tkaziladi.
Mazkur darajalarda o‘lchangan miqdorlarning har biri 1-jadvalning, 2.4, 2.5, 2.6 bandlarning talablariga mos kelishi kerak.
3.5. Nurli issiqlik manbalari mavjud bo‘lgan sharoitda doimiy va doimiy bo‘lmagan ish joylarida issiqlik nurlanishining shiddatligini uskuna priyomnigini pol yoki ish maydonidan 0,5; 1,0 va 1,5 m balandlikda tushadigan oqimga perpendikulyar joylashtirilgan holda mabalarning har biridan eng yuqori issiqlik nurlanishiningyo‘nalishi bilan aniqlash zarur.
Ushbu darajalarning har birida issiqlik nurlanishi o‘lchangan issiq-lik inurlanishining shiddati 2.7 bandning me’yoriy talablariga mos keli-shi lozim.
3.6. To‘sib turuvchi konstruksiyalar (devorlar, shift, pol) lar yoki qu-rilmalar (ekran va sh.k.) larning ichki yuzalarining, texnologik uskunalar yoki to‘sib turuvchi qurilmalarning tashqi yuzalarining haroratini o‘lchash ishchi hududda doimiy va doimiy bo‘lmagan ish joylarida bajarilishi kerak.
3.7. Havoning harorati va nisbiy namligi psixrometrik tamoyillarga asoslangan uskunalar (aspiratsion psixrometr va boshqalar) bilan o‘lchani-shi kerak. Joylarda o‘ichash vaqtida nurli issiqlik manbalarini yo‘qlish sababli aspiratsion psixrometr ko‘rsatkichlari bilan solishtirish sharoit-larida havo harorati va nisbiy nomligi sutkalik va haftalik termograflar va gigrograflar yordamida baholanadi.
3.8. Havoning harakat tezligini rotatsiyali harakatli anemometrlar (parrakli anemometrlar) bilan o‘lchash zarur. Havo harakatining kichik miq-dordagi (0,3 m/s dan kam) tezliklari, ayniqsa turli yo‘nalishlardagi oqimlar mavjud bo‘lgan sharoitda elektroanemometrlar hamda silindrik yoki sharsimon katatermometrlar bilan o‘lchanishi kerak.
3.9. To‘sib turuvchi konstruksiyalar (devorlar, pol, shift) lar yoki qurilmalar (ekran va sh.k.) ning ichki yuzalarining, texnologik uskuna yoki uni o‘rab turuvchi qurilmalarning tashqi yuzalarining issiqlik nurlanishi, harorati termoelektrik samara tamoyiliga asoslangan uskunalar (aktino-metrlar, bolometrlar, elektrotermometrlar i boshqalar) bilan o‘lchash lozim.
3.10. O‘lchash diapazoni va o‘lchov uskunalarining yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatoliklari 3-jadvaldagi talablarga javob berishi kerak.



Download 0,66 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Download 0,66 Mb.