• "issiqlik urishi
  • O’tkazilgan laboratoriya ishi to’g`risida talabaning xulosasi




    Download 0,66 Mb.
    bet9/14
    Sana20.02.2024
    Hajmi0,66 Mb.
    #159588
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
    Bog'liq
    1-Tajriba ishi (1)

    O’tkazilgan laboratoriya ishi to’g`risida talabaning xulosasi.
    Laboratoriya ishini bajarish uchun umumiy ma’lumotlar.
    Sanoat korxonalarining ish o’rinlarida havo muhitining meteorologik sharoitini quyidagi ko’rsatgichlar belgilaydi:
    1. Havoning harorati °C larda.
    2. Havoning nisbiy namligi, % larda.
    3. Ish o’rnidagi havo harakati tezligi, m/s larda
    4. Issiqlik nurlanish jadalligi
    Mikroiqlimning maqbul ko‘rsatkichlari ishlab chiqarish bino-larini ishchi hududlarini doimiy va doimiy bo‘lmagan chegaralanmagan ish joylariga joriy qilinadi. Yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan ko‘rsatkichlar esa ishchi hududning doimiy va doimiy bo‘lmagan ish joylari uchun o‘rnatiladi. Ishlab chiqarish xonalarining ishchi hududidagi havoning harorati, nisbiy namligi va harakatlanish tezligining maqbul va yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan ko‘rsatkichlari 1-jadvalda ko‘satilgan kattaliklarga mos bo‘lishi kerak.
    2.3. Mikroiqlimning yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan ko‘rsatkichlari, qachonki ishlab chiqarishning texnologik talablari bo‘yicha, texnik va iqtisodiy sabablarga ko‘ra maqbul me’yorlar bilan ta’minlash imkoni bo‘lmagan holatlarda o‘rnatiladi.
    Bulardan tashqari ob-havo sharoitiga ta’sir qiluvchi ishlab chiqarish omillari mavjud bo’lib, bular har xil mashina – mexanizmlar ishlov berilayotgan materiallar yuzalaridan tarqaladigan issiqlik nurlari bo’lib, ish o’rnida havo haroratining ortishiga olib keladi.
    Yuqoridagi omillar ta’sirida hosil bo’ladigan ishlab chiqarish binosining ish o’rnidagi havo muhitiga sanoat mikroiqlimi deb aytiladi. Meteorologik omillardan ayrim holda bittasi yoki bir nechasi birgalikda insonning mehnat qilish qobiliyatiga, sog`lig`iga juda katta ta’sir ko’rsatadi. Ishlab chiqarish sharoitida esa, meteorologik omillarning deyarli hammasi bir vaqtda ta’sir qiladi.
    Ba’zi sharoitlarda bunday omil foydali ta’sir ko’rsatsa: masalan qish faslida isituvchi omil va shu bilan birgalikda texnologik jarayonlar natijasida zararli ta’sir darajasi ortib ketishi mumkin. Nisbiy namlik bilan birgalikda havo haroratining ortib ketishi inson sog`ligi uchun og`ir sharoitni vujudga keltirishi mumkin. Bulardan tashqari ish o’rnidagi havo haroratining oshirilishi, harorat yuqori bo’lgan holatlarda ijobiy natija bersa, harorat past bo’lganda salbiy ta’sir ko’rsatadi.
    Inson organizmidagi issiqlikni bir xil chegarada (36-37°C) saqlab turish, organizmda jismoniy va kimyoviy jarayonlar natijasida hosil bo’ladigan issiqlikni tashqi muhit bilan issiqlik almashinuvi hisobida amalga oshirilishi termoregulyatsiya deyiladi.Meteorologik sharoiti doim o’zgarib turgan ishlab chiqarishdagi ish o’rinlarida tana haroratining o’zgarmasligini saqlash, inson hayotining asosi bo’lgan organizmdagi biokimiyoviy jarayonlarning normal bo’lishini ta’minlaydi. Tana haroratining yuqorida ko’rsatilgan darajadan ortib ketishini "issiqlik urishi ", sovushini esa "sovuq urish " deb aytiladi.
    Shu sababli ham inson organizmida "issiqlik boshqarilishining" fiziologik mexanizmi mavjud bo’lib, u markaziy asab tizimi nazorati ostida bo’ladi. Bu fiziologik mexanizmning asosiy vazifasi organizmda modda almashinuvi natijasida ajralib chiqayotgan issiqlikning ortiqchasini tashqi muhitga chiqarib, issiqlik muvozanatini doimiy saqlab turishdir.Inson organizmining tashqi muhitga issiqlik chiqarishi 3 xil yo’l bilan amalga oshirilishi mumkin:
    1. Inson tanasining umumiy yuzasidan infraqizil nurlanish (radiatsiya) orqali havo almashinuvi (45%).
    2. Tanani o’rab turgan havo muhitini isitish (konveksiya) uchun (30%).
    3. Tana terlab bug`lanishi va nafas olish yo’llari orqali (25%).

    Yilning iliq davrida harakatning katta tezligi havoning maksimal haroratiga, kichigi esa– havoning minimil haroratiga mos keladi. Oraliq kattaliklar uchun havoning haroratlari, uning harakatlanish tezligi interpolyatsiya usulida aniqlanishi mumkin; havoning harorati minimal bo‘lganda uning harakatlanish tezligi 0,1 m/sek. dan pastroq qilib - yengilroq ishda bo‘lsa hamda 0,2 m/sek pastroq bo‘lganda- o‘rtacha og‘irlikdagi va og‘ir ishda qabul qilinishi mumkin.


    2.4. Mikroiqlimning maqbul ko‘satkichlarini ta’minlab berishda hududni konstruksiya (devor, shift, pol) lar yoki qurilma (ekran va sh.k.) lar ishchi hududini o‘rab turgan ichki yuza sirtlarining harorati, shuningdek, texnologik uskunalar yoki uni to‘sib turuvchi qurilmalarning tashqi yuza-larining harorati alohida ish toifalari uchun havo haroratining 1-jad-valda o‘rnatilgan maqbul miqdorlaridan ortib ketishi 2ºS dan ortiq chiqi-shi mumkin emas, to‘sib turuvchi konstruksiyalarning ichki yuzalari harorati havo haroratining maqbul miqdorlaridan past yoki yuqori bo‘lsa, ish joy-lari ulardan kamida 1 m uzoq masofada joylashtirilishi lozim. Ishchi hududning balandligi va gorizontal o‘lchami bo‘yicha havo haroratining ko‘tarilishi yoki pasayishi, uning smena davomidagi o‘zgarishlari ayrim ish toifalari uchun tuzilgan 1-jadvalda ko‘rsatilgan havo haroratining maqbul chegaralaridan chetga chiqmasligi kerak.
    Yilning sovuq davrida ish joylarini deraza oynalari orqali radiatsion sovub ketishidan, iliq davrida esa-quyosh nurini to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushi-shidan himoya qilish chora-tadbirlarini o‘tkazishni nazarda tutish kerak.
    2.5. Mikroiqlimning yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan ko‘rsatkichlar miq-dorini ta’minlab berishda konstruksiyalar (devor, pol, shift) lar yoki qurilma (ekranlar va sh.k) larning ishchi hududlarini to‘sib turuvchi ichki yuzalarning harorati alohida ish toifalari uchun tuzilgan 1-jadvalda belgilangan havo haroratining, yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan miqdorlari chegarasidan chetga chiqmaslik lozim. Barcha ish toifalarida ishchi hududning balandligi bo‘yicha havo haroratining o‘zgarishlari 3ºS gacha bo‘lishi mumkin.

    Download 0,66 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




    Download 0,66 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’tkazilgan laboratoriya ishi to’g`risida talabaning xulosasi

    Download 0,66 Mb.