• Dasturni haqiqatda ishlashini ko‘ring.
  • Dasturni “Lite”(Lite – ingl. yengil)
  • Ko‘rsatkichlarga e’tibor qarating




    Download 127,58 Kb.
    bet5/8
    Sana15.05.2024
    Hajmi127,58 Kb.
    #234276
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    kurs ishi majitov m

    Ko‘rsatkichlarga e’tibor qarating.

    Internetda mulohaza qidirib u yoqdan kirib buyoqdan chiqdingizu bari befoyda bo‘lsa, dastur haqida ma’lumot olishning yana bir oddiy usuli mavjud: iste’molchilar ko‘rsatkich(reyting)i. Foydalanuvchilar qoldirgan ko‘rsatkichlar har doim ham kritiklarniki kabi haqqoniy, ma’lumotga to‘la yoki bir-taraflama bo‘lmaydi deb kafolat berolmaymiz. Masalan, ba’zilari dastur ommabopligini oshirish maqsadida qilingan soxta reklama bo‘lib ham chiqadi. Shunisi ham borki, hattoki eng zo‘r dasturlar ham arzimas noqulaylikni deb ham 1 yuldizli ko‘rsatkichga uchrab turishlari oddiy hol. Biroq agar dastur bo‘yicha past baholashlar ko‘payib ketgan bo‘lsa, ular barchasi ayni bir kamchilikdan nolisa, bu dasturni unutganingiz ma’qul yoki shunga o‘xshash boshqa dastur qidirib qo‘ya qoling.


    Dasturni haqiqatda ishlashini ko‘ring.
    Baholash va mulohazalar taqdim qila olmaydigan bir jihat mavjud: dasturni ishda qandayligini tomosha qilish. Masalan biron maqola sizga muayyan dasturni eng ishlatishga qulay (user-friendly inglizcha) deb ta’kidlashi mumkin. Yoki foydalanuvchi ham tanlagan dasturingiz ortiqcha vaznni yo‘qotish bo‘yicha “bozordagi eng zo‘ri” deb bong urishi ham turgan gap. Lekin qanday qilib ishonch hosil qilsangiz ekan? Shunga o‘xshash holatlar uchun, sizga video taqdimot yordamga keladi. Masalan, YouTube sayti shunday taqdimotlar bilan to‘la. Odatda foydalanuvchilar dastur xususidagi o‘z tajribalarini filmga olishadi va uni yaxshi yoki yomonligi to‘g’risida o‘z fikrlari va tavsiyalarini berishadi. Agar biron dasturga shubha qilsangiz, uning aynan nima vazifani bajarishini ko‘rsatuvchi video taqdimotlardan foydalaning. Avvaliga harid qilib yoki o‘rnatib keyinchalik afsuslangandan ko‘ra, ushbu dasturingiz videosi bor yo‘qligini tekshirishni maslahat beramiz.
    Dasturni “Lite”(Lite – ingl. yengil)) muqobilini izlab ko‘ring
    Ehtimol siz ham ko‘p guvohi bo‘lgandirsiz, “Store”ga kirganingizda yangi dasturlarni o‘z qurimangizda o‘rnatib ko‘rgingiz keladi. Barmog’ingiz “sotib olish” yoki “o‘rnatish” tugmasi ustida tavakkal qilishga botinolmay turibdi. Lekin bir muddat to‘xtang, chunki bu dasturning tekin muqobili topilishi mumkin. Namco Bandai kabi katta developerlar o‘zlarining Pac Man o‘yinlarini bepul nusxasini ham chiqarib qo‘yishgan bo‘lishadi. Ular “avval tatib ko‘rish keyin harid qilish” tamoyiliga asoslanadi. Aynan shularni “lite” muqobil deyiladi. Lite muqobili developerlar o‘z dasturlari haqida tushunchaga ega bo‘lishingiz uchun, bir nechta xususiyatlarni ishlatib ko‘rishingizga imkon beradi. Undan tashqari dasturni to‘liq muqobilini sotib olish yoki o‘rnatishdan avval bir qarorga kelishingizni osonlashtiradi.

    Download 127,58 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 127,58 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ko‘rsatkichlarga e’tibor qarating

    Download 127,58 Kb.