Maple tizimining buyruqlari
Buyruqlar sintaksisi
Maplening standart buyruqlari buyruqlar nomidan va parametrlaridan tashkil topgan bo`lib, ular aylana qavslar ichida ko`rsatiladi.: command(p1, p2, …). Har bir buyruq oxirida (;) yoki (:) belgisi qo`yilishi kerak. (;) nuqtali vergul kiritish ishlari tugatilgandan keyin tezda natijani ko`rsatilishini ta’minlaydi. (:) ikki nuqta belgisi esa buyruq bajarilsada natijani ekranda namoyon etmaslikni bildiradi.
(%) foiz belgisi mavjud buyruqni chaqirishda xizmat qiladi. Bu belgi yozuvlarni qisqartirish maqsadida mavjud buyruqlar o`rnini bosishda muhim rol o`ynaydi. Masalan:
> a+b-2*c;
a+b-2c
> %+c;
a+b-c.
O`zgaruvchini berilgan qoida bo`yicha o`zlashtirish uchun o`zlashtish(:=) belgisidan foydalaniladi.
Maple yuklanganda to`liq yuklanmaguncha uning buyruqlari ko`rinmaydi. Buyruqlarning katta qismi chaqiruv berilganda avtomatik yuklanadi.
Boshqa buyruqlar standart kutubxonada vbuyruqlar bajarilishidan oldin readlib(command) buyrug’I bilan chaqirib olinishi mumkin.(bu yerda command – chaqirilgan buyruq nomi). Maplening boshqa buyruqlari maxsus dasturosti kutubxonada, nomlangan jild(paket) larda saqlanadi.
Bu buyruqlari paketini dasturni yuklash vaqtida chaqirish mumkin. Paketlardan buyruqlar chaqirishning ikki usuli bor:
with(package) buyrug’i yordamida barcha paket buyruqlarini yuklash mumkin. (bu yerda package – paket nomi);
Ixtiyoriy buyruqni istalgan paketdan aniqlash uchun maxsus formatda buyruqni terish kerak:
|