11-Ma’ruza. Maple tizimidagi grafik muhit va undan foydalanish.
REJA:
Mapleda funksiyalarning ikki o’lchovli grafiklari.
Oshkormas funksiyalarning grafiklari.
Berilgan tengsizliklar uchun qurilgan ikki o’lchovli soha.
Mapleda funksiyalarning ikki o`lchovli grafiklari
Amaliy dasturlar paketiga kiruvchi Maple da grafiklarni chizish juda oson va qulay, chunki birgina grafikni chizish uchun shu grafikka oid parametrlarni bilish kifoya. Ma’lumki darsni o`tishda grafiklar va yangi pedagogik texnologiyalar bilan mavzu tushuntirilsa o`quvchi va talabalar bilim saviyasi ancha oshadi va shu fanga nisbatan qizikishlari ortadi. Matematika fanini o`qitishda ushbu texnologiyalardan foydalanib dars o`tilsa, o`quvchilarning funksiyalarning grafiklarini ko`z oldiga keltirib uning yechimlarini grafikli ko`rinishlari namoyon qilish imkoniyati paydo bo`ladi. Maple amaliy dasturida f(x) funksiyaning grafigini chizish uchun bir o`zgaruvchili plot(f(x), x=a..b, y=c..d, parameters) ( interval Ox koordinatada va interval Oy koordinatada) komandasidan foydalaniladi, bunda parameters - parametrlarni boshqarishni tasvirlaydi. Agar bular ko`rsatilmasa, joriy holatdagi ko`rsatmalardan foydalaniladi. Tasvirni qurish shuningdek panel asboblari bilan ham amalga oshiriladi. Plot komandasining asosiy parametrlari:
1) title=”text”, bunda text-rasm nomi (nom qushtirnoqsiz ham bo`lishi mumkin, agar u faqat lotin harfidan va bo`sh joysiz bo`lsa).
2) coords=polar - qutb koordinatasini o`rnatish (joriy holatda dekart koordinata).
3) axes - koordinata o`qini o`rnatish: axes=NORMAL - oddiy o`q; axes=BOXED - grafik shkalali ramkada berilgan bo`ladi; axes=FRAME - markazda rasm va uning chap pastki burchagida sariq o`q beriladi; axes=NONE – o`qlarsiz.
4) scaling - rasm masshtabini o`rnatish: scaling=CONSTRAINED – o`qlar bo`yicha bir xil masshtab; scaling=UNCONSTRAINED - grafik masshtab o`lchami oyna bilan teng o`lchamda.
5) style=LINE(POINT) - chiziqlar yoki nuqtalar natijasi.
6) numpoints=n - grafikdagi nuqtalar sonini hisobi (joriy holatda n=49).
7) color - chiziqlar rangini o`rnatish: ranglar inglizcha nomlanadi, masalan, yellow - sariq va boshqalar.
8) xtickmarks=nx va ytickmarks=ny - Ox o`q va Oy o`qlardagi belgilar soni, muvofiq ravishda.
9) thickness=n, bunda n=1,2,3… - chiziq yo`g`onligi (joriy holatda n=1).
10) linestyle=n - chiziq turi: uzluksiz, nuqtalardan iborat chiziq va boshqalar (n=1 - uzluksiz, joriy holatda o`rnatilgan bo`ladi).
11) symbol=s – nuqtani pomechat qiluvchi belgi turi: BOX, CROSS, CIRCLE, POINT, DIAMOND.
12) font=[f,style,size] - matnli yozish uchun shrift to`rini o`rnatish: f topshiriqdagi shrift nomi: TIMES, COURIER, HELVETICA, SYMBOL; style topshiriqdagi shrift uslubi: BOLD, ITALIC, UNDERLINE; size - shrift o`lchami pt da.
13) labels=[tx,ty] - koordinata o`qlariga yozish: tx - Ox o`qiga va ty - Oy o`qiga.
14) discont=true – qurish uchun cheksiz uzilishni ko`rsatish.
|