• Muzlab qolgan tuxum
  • Navoiy davlat pedagogika instituti jismoniy tarbiya fakulteti tibbiy bilim asoslari kafedrasi




    Download 0,95 Mb.
    bet178/186
    Sana29.05.2024
    Hajmi0,95 Mb.
    #256679
    1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   186
    Bog'liq
    Navoiy davlat pedagogika instituti jismoniy tarbiya fakulteti ti-hozir.org

    Oshqovoq - kishi organizmi fasllar almashinuvida vitamin va minerallarga boy, tabiiy xususiyatlarini yil bo’yi saqlab qolish imkoniyatiga ega bo’lgan turli meva sabzavot va poliz ekinlariga ehtiyoj sezadi. Shunday ekinlardan biri – oshqovoqdir. Undan Yevropa va Osiyoda keng foydalanilib, turli xildagi mazali va shirin taomlar tayyorlanadi. Oshqovoq inson organizmida uchraydigan turli kasalliklarni bartaraf etadi. Shifokorlar uni bod, buyrak va siydik yo’llaridagi toshlarni yo’qotishda tavsiya etishadi. Qand kasalligiga uchragan bemorlarga samara foyda beradi. Oshqovoq sariq kasalligi bilan xastalangan bemorlarning haroratini pasaytiradi. Shuningdek, jigar faoliyatini yaxshilash bilan birga quloq og’rig’iga ham shifodir hom oshqovoq suviga limon suvini aralashtirib og’iz chayilsa, tomoq va tish og’rig’iga davo bo’ladi. Abu Ali ibn Sino uyqusizlik, haroratni pasaytirish, medadan qon oqish va bir qancha xastaliklarni oldini olishda oshqovoqdan keng foydalangan. Uning quritilgan po’stlog’ini bavosilga qarshi qo’llash mumkin. Nafas yo’llari shamollagan vaqtda oshqovoq iste’mol qilish tavsiya etiladi. Shuni ham aytish kerakki, oshqovoq urug’lari gijjani bartaraf etishda ham samarali vosita sanaladi.
    Agar sutni kuydirib qo’ysangiz, darhol boshqa idishga olib, ustini sochiq bilan yopingda, sochiqqa tuz sepib qaynatishda davom eting. Shunda sutning kuyindi isi va ta’midan qutulasiz.

    Yog’da tayyorlanadigan pishiriqlarni qovurish davomida yog’ qoraymasligi uchun ularni xom kartoshkaning bir nechta bo’lagi bilan birga pishirish mumkin.

    Qizdirilgan yog’ isi vaqt o’tishi bilan o’zgarishi mumkin. Yog’ saqlanayotgan idishga bir nechta xom sabzi bo’laklarini solib qo’yish lozim.

    Muzlab qolgan tuxum namakobli sovuq suvda ushlab turilsa, undagi muzlar tez yo’qoladi.


    Yangi uzilgan petrushka bargini ari chaqqan joyga qo’yish mumkin (qo’llashdan oldin o’simlikni ezg’ilab shirasini chiqaring). Shuningdek, petrushka ildizi qaynatmasini ichish ham foydali. Bu shish og’riqdan xalos etadi. Eng muhimi, organizmning zaxarga bo’lgan allergic ta’sirini kamaytiradi.
    Kirlangan dazmolni tozalash uchun gidroperid tabletkasini qizigan damolga ishqalab, nam latta bilan artiladi. Bunday tozalash usuli dazmol metaliga zarar yetkazmaydi.

    Lat yeganda, yallig’langanda, pay cho’zilganda, xatto bosh og’rig’ida karam bargi yordam beradi. Karam bargining bir nechta joyidan pichoq bilan tilib, shirasini oqizing va xasta joyga quyib, ustidan bint bilan mahkam bog’lang. karam shirasi terida qurib qolganda almashtirasiz. Shuningdek, bu malham kuyganda ham foydali. Negaki, karam shirasi yallig’lanishni to’xtatib, xasta terini tinchlantiradi.



    Download 0,95 Mb.
    1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   186




    Download 0,95 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Navoiy davlat pedagogika instituti jismoniy tarbiya fakulteti tibbiy bilim asoslari kafedrasi

    Download 0,95 Mb.