• Mehnat shartnomasi
  • Moliyaviy hisobot
  • Nizom (ustav)
  • Menejer - malakali boshqaruvchi. Menejment




    Download 7,72 Mb.
    bet67/277
    Sana17.12.2023
    Hajmi7,72 Mb.
    #121222
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   277
    Bog'liq
    Navoiy kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasi navoiy davlat

    Menejer - malakali boshqaruvchi.
    Menejment – malakali boshqaruv to‘g‘risidagi fan, bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonaning tashqi va ichki muhitini hisobga olgan holda uni samarali moslashuvchan boshqaruchilik sohasi.
    Menejment funksiyasi – menejment vazifasi (“funksiya” lotincha so‘z bo‘lib, biror kishining faoliyat doirasi, vazifasi ma’nosini bildiradi).
    Mehnat unumdorligi –insonlar ishlab chiqarish faoliyatining samaradorligi; xodim moddiy ishlab chiqarish sohasida ish vaqti birligida ishlab chiqargan mahsulotlar miqdori yoki mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun sarflangan vaqt.
    Mehnat shartnomasi – tadbirkor (ish beruvchi) va ishga kiruvchi shaxs (xodim, ishlovchi) o‘rtasidagi kelishuv hujjati. Unda xodimning mehnat vazifasi, ish joyi, lavozimi, oylik ish haqi, ishlash vaqti va hokazolar belgilab beriladi.
    Moddiy javobgarlik – korxona va tashkilot, ayrim mansabdor shaxs zimmasiga xo‘jalik faoliyatining natijalari uchun yuklatilgan ma’suliyat.
    Moliyaviy menejment – korxona mablag‘laridan samarali foydalanish, kredit olish va boshqa moliyaviy munosabatlarini boshqarish.
    Moliyaviy hisobot – turli xil hisobotlar birlashmasi bo‘lib, ular korxonaning moliyaviy o‘rni va faoliyati, hamda uning moliyaviy tuzilishida o‘zgarishlarni qulay va tushunarli holda, ularga ma’lum ish masalasini hal qilish uchun tuzilgan hujjatlar.
    N azorat sferasi – tashkiliy tizimning muhim miqyosiy tomonlari biri: agarda bir rahbarga juda ko‘p miqdordagi xodimlar bo‘ysinsa, natijada bir tekis boshqaruv tizimini beruvchi keng nazorat sferasi vujudga keladi; agarda nazorat sferasi tor bo‘lsa, ayniqsa har bir rahbarga kam xodimlar bo‘ysinsa, bu holda ko‘p darajali tizim paydo bo‘ladi; korxonada ko‘p darajali tizim asosida qo‘yilgan o‘lchovga qaraganda tekis tizimli katta korxonalar kam darajadagi boshqaruvga ega bo‘lishadi.
    Nizom (ustav) - korxonani tashkil qilishning qonuniyligini tasdiqlovchi, korxona xususiyati, faoliyat turlari, tartib-qoidalari, a’zolari o‘rtasidagi munosabatlar va hokazolarni o‘z ichiga oluvchi rasmiy hujjat.

    Download 7,72 Mb.
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   277




    Download 7,72 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Menejer - malakali boshqaruvchi. Menejment

    Download 7,72 Mb.