• Xolding kompaniyasi
  • CHiziqli (pog‘onali) tuzilma
  • YAlpi daromad
  • Navoiy kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasi navoiy davlat konchilik instituti




    Download 7,72 Mb.
    bet71/277
    Sana17.12.2023
    Hajmi7,72 Mb.
    #121222
    1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   277
    Bog'liq
    Navoiy kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasi navoiy davlat

    Fondlar bilan ta’minlanganlik – asosiy ishlab chiqarish fondlari bilan ta’minlanganlik ko‘rsatkichi (asosiy ishlab chiqarish fondlarining korxonaning har bir xodimiga to‘g‘ri keluvchi miqdori).
    Franchayzing – vositachilik orqali o‘zaro foydali shartnomaviy hamkorlik munosabatlarga asoslangan yirik va kichik tadbirkorlikning aralash shakli.
    Funksional tuzilma - rahbarlar va bo‘g‘inlarni har xil vazifalarda, aniq bo‘linmalardagi boshqaruv faoliyatini ixtisoslashtirishga qaratilgan boshqaruv tuzilmasi.
    Xolding kompaniyasi - o‘z kapitalidan boshqa kompaniyalarni boshqarish, ularga rahbarlik qilish va dividend olish maqsadida ularning aksiyalarini sotib olish orqali foyda ko‘ruvchi aksiyadorlik kompaniyasi.
    Xususiylashtirish – davlat mulkini boshqa mulkchilik shakllariga, jumladan, jamoa, aksiyadorlik va xususiy mulkka o‘tkazishda mulkchilik munosabatlarining o‘zgarish jarayoni.
    CHiziqli (pog‘onali) tuzilma – boshqaruv tuzilmasining eng sodda turi bo‘lib, bunda boshqaruvning barcha vazifa-topshiriqlari korxona rahbari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri va pog‘onama-pog‘ona (daraxsimon tarzda) tarqaladi.
    Ehtiyoj– biror narsaga kamchilik sezishning jismoniy yoki ruhiy ichki ahvoli. Bazisli ehtiyojlar jismoniy (fiziologik) ehtiyojlar bilan bog‘liq bo‘lib, oziq-ovqatga, ichimlikka, issiqlikka bo‘lgan ehtiyojlar kiradi. Ruhiy ehtiyojlarga jamiyat yoki guruh odamlari uchun tegishli bo‘lgan ma’naviy-ma’rifiy ehtiyojlar kiradi.
    YAlpi daromad – korxona faoliyatining yakuniy natijalarini tavsiflaydigan yalpi pul tushumi.
    YAlpi pul tushumi – tovar, ish, xizmat yoki moddiy boyliklarni sotishdan tushuvchi pulning umumiy miqdori.
    YAlpi foyda – korxona yalpi daromadining barcha majburiy to‘lovlarni chiqarib tashlagandan so‘ng korxona ixtiyorida qoluvchi qismi.


    Huquqiy shaxs – fuqarolik sub’ekti sifatida faoliyat yurituvchi, mustaqil balans, gerbli muhr va bankda hisob raqamiga ega, Nizom asosida faoliyat yurituvchi hamda baknrotga uchraganda o‘z mulki bilan javob beruvchi korxona.

    Download 7,72 Mb.
    1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   277




    Download 7,72 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Navoiy kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasi navoiy davlat konchilik instituti

    Download 7,72 Mb.