Navoiy kon-metallurgiya kombinati




Download 0,56 Mb.
bet19/24
Sana11.02.2024
Hajmi0,56 Mb.
#154720
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
DSP

5310300 KMF 2024-yil

Varaq
















25

O’z

Varaq

Hujjat

Imzo

Sana

Hozirda shixta tayyorlashning ikkita usuli keng qo‘llanib kelin­­moqda. Bular mexanik va kimyoviy usullardir. Mexanik usulga quyi­dagi jarayonlar majmui kiradi:
1. Rudalarni, kvarsli fluslarni, qaytar ashyolarni tarkibida misga boy bo‘lgan konverter toshqollari bilan tegirmonda maydalash va yanchish.
2. Xomashyolarning yirikligiga qarab saralash yoki g‘alvirlash.
3. Rudalarni boyitish.
4.Ashyolarni va materiallarni saqlash hamda ularni joylashtirish.
5. Shixta qorishmasini tayyorlash.
6.Shixta qorishmasining namligini qochirish yoki namlantirish. Ayrim jarayonlarga namli yoki o‘ta namli shixta talab qilinadi.
7. O‘ta mayda shixta birikmalarini yiriklashtirish.
Misli shteynni konverterlashdan asosiy maqsad tarkibiga oltin, kumush va boshqa ayrim nodir metallarni biriktirgan holda, tarkibida 96–98 % mis bo‘lgan xomaki mis olishdir. Asosan, amaliyotda sig‘imi 40, 75, 80 va 100 tonna, uzunligi 6–10 m, diametri 3–4 m hamda furmalar soni 32 tadan 62 tagacha bo‘lgan konver­terlar keng ishlatilmoqda.
Gorizontal konverterlar silindrsimon egiluvchan aparat bo‘lib, jarayon uzlukli ravishda olib boriladi. Tashqi g‘ilofi 20 – 25 mm qalinlikdagi po‘lat listdan qoplangan bo‘lib, uning diametri 3 – 4 metr, uzunligi 10 metrgacha bo‘ladi. Odatda, eritish pechlarida olingan shteyn tarkibida 24–40% Cu, 24–26% S va 35–45% Fe bor. Shteynlarni konverterlash jarayonining maqsadi – temir va oltingugurtni chiqarib tashlashdir. Jarayon davrida bir qator zararli moddalar ham ajralib chiqadi. Oltin, kumush va boshqa nodir metallar xomaki mis tarkibiga o‘tadi. Zamonaviy konverterlarning hajmi, xomaki mis bo‘yi­cha, 40, 75 va 100 t ni tashkil qiladi. Ularning o‘lchamlari: uzunligi 6,1; 9,15 va 10,76 m va diametrlari 3,66; 4 va 4 m bo‘ladi.
Shteynning suyuq vannasiga havo berish uchun, konverterda furma­lar bo‘lib, har bitta furma po‘lat quvurdan tuzilgan. Undan 1,0–1,2∙10 Pa ortiqcha bosim bilan havo beriladi. 40 tonnali konverterda 28 dona, 75 tonna­ligida esa 43–50 dona furma bor. Katta konverter furmasining diametri 52 mm ni tashkil etadi.



















Download 0,56 Mb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Download 0,56 Mb.