ATSEPTIK SHAROITDA DORI SHAKLLARINI TAYYORLASH




Download 30.17 Kb.
bet5/11
Sana07.10.2022
Hajmi30.17 Kb.
#26858
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2.6 aseptika 465
O, kurs ishi, Doc17, sanoat ishchi 2021, 3-мактаб-тарификация, 23, У.ГаниеваТавсифнома.10docx, Funksiya uzluksizligi. Uzilish nuqtalari va ularning turlari, 13 (1), Документ Microsoft Word (4), 1 ИИБ, , КХМ, 1680814803, M. M. Abralov payvandlash materiallari, 1-maruza
ATSEPTIK SHAROITDA DORI SHAKLLARINI TAYYORLASH
Bizni qamrab olgan tabiat, xususan suv, havo va yer qatlami turH-tuman mikroorganizmlar bilan to'la. Ayniqsa, ular yer qatlamida juda ko'pdir. Bir gramm tuproqda milliardlab bakteriyalar joylashgan. Shu sababli dori tayyorlashjarayonida tozalikka rioya qilish, xonalami iflosianishdan asrash dorixona sharoiti uchun birinchi navbatdagi vazifalardan ekanligini doimo yodda tutish va unga amal qilish zarur. Dori shakliarini tayyorlash usullarini dori shakliarini organizmga yuborilishi, ularning kasallikni davolashdagi o'rni va ayniqsa shu dorilarni tayyorlash jarayonida tozalik darajasi hisobga olingan hoida quyidagicha taqsimlash mumkin. 1. Har xiI kukunIar, miksturaIar, emuIsiyalar va h. k. Shuni qayd etish lozimki, odam organizmiga yuborilayotgan bu dori mahsulotlari steril bo'lishi shart emas. Og'iz bo'shlig'ida mikroblar juda ko'p bo'ladi va me' dadagi kisiotali sharoit mikroorganizmlarni bartaraf etadi hamda ichakdan badanga so'rHish vaqtida mikroorganizmIar, ularning tanachalari tabiiy ravishda filtrlanib, toza dori modda so'riladi. 2. Odam organizmiga igna orqali yuboriladigan, qon tomiriga quyiladigan dorilar, albatta steril, ya'ni mikroblardan holi bo'lishi kerak. Bu maxsus dori guruhlari umumiy inyeksiya nomi bilan yuritiladi (injestiones). Bu xildagi dori sachratma (injectio) va quyiladigan (infusio) shakllarida bo'lishi murnkin. Birinchisida suyuqIik juda ko'p miqdorda bo'ladi va u Bobrov apparati yoki boshqa moslamalar bilan odam organizmiga yuboriladi. Ko'zga tomiziladigan dorilar ham albatta steril bo'lishi lozim. 3. Nosteril holda beriladigan dorilar hisobiga turli-tuman surtma dorilar, kukunsimon (unga o'xshash) sepmalar va malhamlar kiradi. Lekin bu dorilarni ham mikroblardan tozalash foydadan holi emas. Chunki, bir necha bor nosteril sepilmalardan foydalanilgancla qoqshol (stolbnyak) kasalligiga chalinish mumkin. 4. Yangi tug'ilgan va bir yoshgacha bo'lgan bolalar uchun qo'llaniladigan dori preparatlari albatta steril holatda tayyorlanishi shart. Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan ko'rsatmaga asosan yangi' tug'ilgan bolalar uchun tayyorlanadigan hamma dori preparatlari va 1 ,yoshgacha bo'lgan bolalar uchun tayyorlanadigan suyuq dori shakllari albatta steril holda tayyorlanishi shart. Dorixonalami va ayrim shifoxona holidagi dorixonalarning dorixatlarini o'rganish shuni ko'rsatadiki, yangi tug'ilgan bolalar uchun ishlatiladigan dori tarkibi xilma-xil bo'lib, uning soni 130 ga yaqin. Bundan 30 foiz tayyor turdagi zavod mahsuloti bo'lsa, 70 foizi dorixonada yakka buyurtma asosida tayyorlanadigan dori preparatlari hisoblanadi. Adabiyotlarda keltirilishicha, qattiq dori shakllari mikrob rivojlanishida noqulay sharoit hisoblansa, dori tayyorlash jarayonidagi ayrim holatlar mikroorganizmlar rivojlanishi uchun qulayliklar yaratadi. Masalan, tabletka tayyorlashdagi ho'l granulatsiyalash. Pankreatin, talk, analgin, glukoza, shakar va shunga o'xshash dori moddalar esa mikrob rivojlanishi uchun ayni sharoit hisoblanadi. Dorixonalarda tayyorlanadigan elaki dorilar sepma dori shakllarning 45 foizini tashkil qiladi. Ulami steril holda tayyorlash ancha mushkul, chunki tarkibidagi ayrim qo'shilmalar termik ta'sirga chidamsiz bo'lsa, ba'zilari ayni shu keltirilgan tarkibda issiqlik ta'sirida buziladi. Bu hoI yosh bolalar uchun ishlatilishi lozim bo'lgan tarkibdagi qattiq dori shakllarini o'rganish va ulami tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqish masalasini qo'yadi. Bu sohada sterillash usullaridan qulayini tanlab, moddalarni alohida sterillab, so'ngra atseptik sharoitda tayyorlash ham mumkin. Agar kukun tarkibi issiqqa chidamli bo'lsa, uni tayyorlab, so'ngra sterillash kerak. Mikroblar rivojlanishi uchun eng qulay sharoit bu suyuq dori shakllaridir. Ularni albatta steril sharoitda tayyorlab, tarkibiga kiradiga!l dori va yordamchi moddalar sterillanib tayyorlanganclan so'ng, mumkin bo'lsa yana sterillanishi kerak. Hozitgi kunda yosh bolalar uchun ishlatiladigan bu dori shaklining 50 foizi tayyorlash usuli mukammal o'rganilib dorixonalarga tatqiq etilgan. Ichishga mo'ljallangan eritmalar tozalangan suvda, atseptik usulda stabilizator va konservantlar qo'shmasdan tayyorlanadi. Ish jihozlari, xonalar, asbob-uskuna, ishlovchi dorivorlar atseptik sharoitda ish lash talablariga mos, 581-buyruqdagi gigiyeni normalarga to'gri keladigan sharoitda tayyorlanadi. Eritmalar tayyorlangandan soOng avtoklavda 120·C 1,1 ortiqcha atm bosimda ste rillanadi. Shifoxonalarda ishlatiladigan eritmalar bir martalik 10-20 ml iste'mol hajmda chiqariladi. Bir yo'la bir necha bolalarga mo'ljallangan hajmda ham chiqarilishi mumkin (50-100 ml), ammo bunday holda 200 ml gacha bo'lgan hajmda chiqariladi. Shifoxona bo'limlarida flakonlami ochish va quyish atseptika sharoitida olib boriladi. Ochilgan idishlarda qolgan eritmalami saqlash man etiladi. Yakka tartibdagi dorixonalar bilan dorixonadagi bunday eritmalar 100 ml gacha hajmda tayyorlanishi mumkin. Uni sovitgichda 2 sutkagacha saqlab ishlatish mumkin. Surtma dori, suyuq surtmalar va sham dorilar tarkibi alohida sterillanib, atseptik usulda tayyorlanadi.

Download 30.17 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 30.17 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



ATSEPTIK SHAROITDA DORI SHAKLLARINI TAYYORLASH

Download 30.17 Kb.