|
O’quv mashg’ulotining texnologik xaritasi №10
|
bet | 2/5 | Sana | 04.01.2024 | Hajmi | 1,11 Mb. | | #130257 |
Bog'liq Mavzu №10O’quv mashg’ulotining texnologik xaritasi №10
Ish bosqichlari va vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
O’qituvchi
|
Ta’lim oluvchi
|
1-bosqich. O’quv mashgulotga kirish (5 daqiqa)
|
Tashkiliy qism:
O’quvchilarni mashgulotga tayyorgarligi va davomatini tekshiradi
|
Mashg’ulotga tayyorlanadilar
|
2-bosqich.
Asosiy
(65 daqiqa)
|
Tayanch bilimlarni faollashtirish:
Maksad va vazifani belgilanishi:
Mashgulotning nomi, rejasi, maqsad va o’qitish natijalar bilan tanishtiradi.
Mustaqil ishlash uchun adabiyotlar bilan tanishtiradi;
O’quv mashgulotida o’quv ishlarni baxolash mezoni va ko’rsatkichlari bilan tanishtiradi
Ta’lim oluvchilar bilimini faollashtirish:
Tezkor – so’rov, savol - javob, aqliy hujum, pinbord, “o’ylang va juftlikda fikr almashing”, va boshka texnikalar orqali bilimlarni faollashtiradi.
Yangio’quv materialini mustahkamlash:
Mustahkamlash uchun savollar beradi. Jarayon kichik guruhlarda davom etishini ma’lum qiladi;
Kichik guruxlarga bo’ladi, kichik guruhda ishlash qoidasi bilan tanishtiradi xar bir guruhga topshiriq beradi va baholash mezoni bilan tanishtiradi. Ishni bajarish yo’riqnomasini beradi
Guruhlarda ishlarni boshlashga ruxsat beradi. Har bir kichik guruh ishtirokchisi vazifani bajarish tartibini tushunganligini aniqlash maqsadida qayta
|
Mavzu nomi va rejasini yozib oladilar.
Diqqat qiladilar. Savollarga javob beradilar.
Yozib oladilar.
Diqqat qiladilar. Savollarga javob beradilar.
Topshiriqni bajaradilar.
Kichik guruhlarga bo’linadilar.
Kichik guruhda ishlash qoidasi bilan tanishadilar.
Xar bir gurux o’z topshirik varaqlari buyicha faoliyatini boshlaydi.
Har bir guruh sardorlari chiqib o’z ishlarini taqdim qilishlarini aytadi. Berilgan qo’shimcha savollarga javob beradilar.
Guruh ish natijalarini o’zaro
|
|
aloqa o’tkazadi.
Bajarish jarayonini kuzatadi, maslaxatlar beradi.
5. Ishga ajratilgan vaqt tugaganini ma’lum qiladi, guruhlar tavdimotini tashkil etadi.
Guruh a’zolariga diqqat bilan eshitishlarini va savollar berishlarini, shu bilan birga uzaro bir-birlarini baholashlarini eslatadi. Javoblarni to’ldiradi va qisqacha xulosalar qiladi;
7. Guruhlar ishini o’zaro baholashni o’tkazadi, mavzuning xar bir kismi buyicha xulosalar kiladi, eng asosiylariga e’tibor qaratadi, berilayotgan ma’lumotlarni daftarga qayd etishlarini eslatadi. Mavzuning kasbiy faoliyatlaridagi ahamiyati bilan boglab mavzuni yakunlaydi
|
baxolaydilar. Ma’lumotlarni daftarga qayd qiladilar.
|
3-bosqich. Yakuniy
(10 daqiqa)
|
Mashg’ulot yakuni:
Faol ishtirok etgan O’quvchilarni javoblarini izoxlab baxolaydi va ragbatlantiradi.
Uyga vazifani berilishi:
Kelgusi mashgulotga vazifa va uni bajarish yuzasidan yo’riqnoma beradi .
|
Baholari bilan tanishadilar. Topshiriqni yozib oladilar.
|
Mavzu: Bel kiyimlariga qo'yiladigan talablar. Bel kiyimlari uchun bazis to'rini qurish
Umumiy ma’lumotlar
Belli kiyimlar qatoriga yubkalar, shim va yubka-shimlarning har xil ko’rinishlari kiradi. Ayollarning asosiy belli kiyimlariga yubkalar kiradi. Ularning garderobida yubka kiyimning mustaqil turi va kostyum hamda ansambllarning tarkibiy qismi bo’lishi mumkin. Ansambllarda yubkaning shakli kostyumning umumiy kompozisiyasiga bo’ysunadi.
Yubkalar xilma-xilligi asosan ayrim elementlar va konstruktiv chiziqlarni har xil joylanishidan foydalanib ichki konstruktiv shakllarni ishlash hisobiga yaratiladi. Shu bilan birga yubkaning shakli ayol figurasining tuzilishi va yubkalarni tikilga mo’ljallangan gazlamalarning xususiyatlariga bog’liq.
Yubkalar xilma-xilligi ikki konstruktiv asoslar tufayli olinishi mumkin: to’g’ri va konussimon. Yubkaning klassik shakli - to’g’ri yubkalardir. Orqa va old bo’laklardan iborat ikki yonli va bel chizig’i bo’ylab vitachkalar mavjud yubkalar asosi hisoblanadi. Bel qismidagi vitachkalar soni va ularning joylanishi bo’ksa shakliga bog’liqdir.
Bir chokli (yon choklarsiz) yubka to’g’ri klassik shakldagi yubka asosining variantidek bo’lishi mumkin. Ayni paytda bir chokli yubka ko’zga sal toraygan ko’rinadi. Harakatda qulaylikni ta’minlash maqsadida yubkani bunday variantining etagida qirqim shakllanishi mumkin.
To’g’ri yubkaning asosida har xil taxlamalar (old va orqa bo’laklar o’rtasiga nisbatan simmetrik joylashgan, bo’ksa aylanasi bo’ylab bir tekisda) va har xil miqdorli bo’laklardan (to’rt, olti, sakkiz va hokazo) yubkalar konstruksiyasi ishlanadi.
Bo’ksalarni ifodali ko’rsatish maqsadida to’g’ri yubkalarning siluet shakli bo’ksada
yetarli darajada yopishib turadigan va bo’ylama qirqimlari murakkab egri chiziq shaklida godesimon pastga kengaygan shaklda tuziladi. Bundan tashqari, har xil shaklda koketkalar varianti ishlatiladi.
Konussimon yubkalarga ma’lum darajada kengaygan etaklar va bel chizig’ida vitachkalar yo’qligi xosdir. Yubkaning yuqori qismi va vitachkalar shakli uning shakliga va ayollar figurasining tuzilishiga bog’liq bo’ladi. Shim - erkaklar kiyimining doimiy an’anaviy turidir. Yoshlar modasi paydo bo’lishi bilan (60-yillar) ayollar kiyim-kechagida shimlar ham muhim o’rinni egalladi. Shimning uzunligi va bo’ksa, tizza hamda pochasining sathidagi hajmi uning shaklining muhim xususiyatidir. Bu xususiyatlar o’zgargan sari shimning shakli ham vaqt davomida moda talablariga muvofiq o’zgaradi.
Klassik shakldagi shimning uzunligini aniqlashda poldan pocha chizig’igacha masofa doimiy emasligini unutmaslik kerak. U shim pochasining kengligiga bog’liq. Tikuvchilik korxonalarida tayyorlanadigan shimlar pochasining kengligi 20 dan 32 sm gacha (modaga va gavda tuzilishiga blg’liq) bo’ladi. Shim pochasining kengligi
20- 23 sm bo’lsa, poldan shimning pochasigacha bo’lgan masofa 7-8 sm, shim pochasining kengligi 24-27 sm bo’lganda, poldan shimning pochasigacha bo’lgan masofa 5-6 sm, shim pochasining kengligi 28-32 sm bo’lsa, poldan pocha uchigacha bo’lgan masofa 3-4 sm bo’ladi. Bundan kelib chiqadiki, shimning pochasi qanchalik tor bo’lsa, u shunchalik kaltaroq bo’ladi.
|
| |