Nazariy qism. Derivatografik analiz




Download 0,59 Mb.
bet2/5
Sana06.12.2023
Hajmi0,59 Mb.
#112221
1   2   3   4   5
Bog'liq
Amaliy 4 (1)

Usulning apparaturalari.
Termografiya usullarining imkoniyati katta. Eng avvalo ular yordamida tekshirilayotgan moddada sodir bo’ladigan endo- va ekzotermik effektlarni qaysi temperatura nuqtasida boshlanishi va qaysi temperatu-rada tugashi haqida o’ta aniq xulosaga ega bo’lamiz. Bu esa birinchi ha-rorat nuqtasining pasti va ikkinchi xarorat nuqtasining tepa tomon-larida rentgenografik, IQ spektroskopik va mikroskopik tadqiqotlar o’tkazib, fiksatsiya qilingan effekt mohiyatini anglashga olib boradi.
Termograf tadqiqotlarni o’tkazishda tanlangan apparatura, tigel va termoparalar roli nixoyatda katta. Ayniqsa, tajribalarni 1500 va undan yuqori haroratda olib borilganda namuna va termopara simlarining uchmasligini ta’minlash, tigel tozalash jarayonini osonlashtirish va hokazo talab qilinadi.
Agar tadqiqotlarda termik taxlil usuli qo’llanmasa, u xolda juda ko’p marta namunalarni kuydirish, juda ko’p rengenogrammalar olish va ularni rasshifrovka qilish, ko’p sonli shliflar yasash va tadqiqotlar o’tkazish kerak bo’lur edi. Termografiya esa olimlar ishini sistematikaga soldi va tadqiqotlar soni maksimal kamaytirish imkonini berdi.
Zamonaviy termik jixozlar uchun quyidagilar talab qilinadi (29-rasm):
1) Volfram (2800oC gacha), elektrografit (2000oC gacha), rodiy (1800oC gacha), silit (1500oC gacha), 10-20% rodiyli platina (1500oC gacha), globar (1500oC gacha), platina (1400oC gacha), tantal (1330oC gacha), molibden (1200oC gacha), xromel (1100oC gacha), nixrom (1000oC gacha) kabi qizdirilishlarga ega bo’lgan elektrik pechlar;
2) Potentsial-regulyator yoki boshqa turdagi pech temperaturasini bir me’yorda ko’tarilishini ta’minlovchi jixoz. Bular qatoriga atomatik polzun-kili reostatlar, avtotransformatorlar va potentsial-regulyatorlar kiradi. Kontaktli galvanometr va potentsiometrlarni ham ishlatish mumkin.
3) Etalon va namuna solinadigan tigellar (platinali, korundli, grafit-li va boshqalar);

29-rasm. Differentsial termoparali Kurnakov pirometrining sxemasi.



30-rasm. Gipstosh 2CaSO4 . 2H2O ning tenzimetrik (P, t) chizig’i.



31-rasm. Tabiiy gibbsit mineralining differentsial tenzimetriya chizig’i.

32-rasm. Gazovolyumetriya (V, t) diagrammasini ko’rinishi.



33-rasm. Dilatometriya usulining (Sl, t) diagrammasi ko’rinishi.
4) Platina – platinorodiyli (20%Rh), platina-platinarodiyli (10%Rh), xromel-alyumelli, volfram-molibdenli, nikel-xromnikelli, temir-konstantan, mis-konstantan va boshqa oddiy va differentsial termoparalar. Temir-konstantan termopara 185-370oC oralig’ida, xromel-alyumelli termopara 1200oC gacha, platina-platinorodiyli esa 1400 oS gacha ishlatiladi. 1400oС dan yuqoriroq temperaturada esa volfram, molibden, reniy, tantal, niobiy va ularning qotishmalaridan yasalgan termoparalar ishlatilishi kerak.
5) Natijalarni yozuvchi avtomatik yozuv qurilmasi (fotoqayd etish- yozish yoki potentsiometr).

Download 0,59 Mb.
1   2   3   4   5




Download 0,59 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Nazariy qism. Derivatografik analiz

Download 0,59 Mb.