• Pechning termoregulyatorlari
  • Termoparalar
  • Derivatograf tuzilishi.
  • Quyida nomi qayd qilingan jixozlar ustida batafsil tushuntirish beriladi




    Download 0,59 Mb.
    bet3/5
    Sana06.12.2023
    Hajmi0,59 Mb.
    #112221
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Amaliy 4 (1)

    Quyida nomi qayd qilingan jixozlar ustida batafsil tushuntirish beriladi:
    1. Pechlar: metall korpusli himoyalangan, ichiga qizdirish elementlari o’rnatilgan jixoz. Qizdirish elementi sifatida diametri 0,5-1 mm bo’lgan nixromli simlar (1273 K gacha), qotishma B-2 (1473 K gacha), platina (1773 K gacha), silitli (SiC+C, 1773 K gacha) va korborundli sterjenlar (SiC, 1773 K gacha) ishlatiladi.
    2. Pechning termoregulyatorlari sifatida avtomatik siljuvchi reostatlar, avtotransformatorlar va programma bilan boshqariladigan po-tentsial regulyatorlari qo’llanadi.
    3. Tigellar - qalin devorli metall yoki keramika bloki, dumaloq yoki to’g’riburchak shaklda tayyorlangan. Platinali tigellarni kislotada tozalab, ko’p vaqt ishlatish mumkin.
    4. Termoparalar - eng katta talab - modda bilan o’zaro ta’sirlashmaslik. Shuning uchun ko’pincha 1773 K gacha Pt-PtRh va 2273 K gacha volfram - molibden ishlatiladi.
    5) O’zi yozuvchi yoki registratsiya qiluvchi sistema. Elektron o’zi yozuvchi qurilmalar - EPP-09, EPD-09 tipidagi potentsiometrlar. Kurnakovning zamonaviy variantdagi pirometrlari - FPK-52,FPK-54,FPK-57 (tebra-nishga, mexanik ta’sirlarga chidamsiz).
    Derivatograf tuzilishi.
    Chet elda chiqariladigan, MDH mamlakatlarida qo’llaniladigan jixozga derivatograf nomi bilan ataluvchi va Budapeshtning “Metrimpeks” firmasining 1966 yilda Paulik F. va boshqalar tomonidan chiqargan modeli jixoz bo’lib, uning markasi OD-102 dir.
    Kompleks termoanalitik jixoz differentsial termoanalitik appa-ratlar, termotarozi va differentsial termotarozidan iborat. Derivatograf shu tekshirilayotgan kukunda bir vaqtning o’zida og’irlikni o’zgarishi (TG), og’irlikni o’zgarish tezligi (DTG), temperaturalar farqini o’zgarishi (DTA) va temperaturani o’zgarishi (T) ni aniqlashga imkon beradi.
    Ko’rsatilgan to’rt xil o’lchash to’la taxlil sharoitida - kompleks tekshiruvni ta’minlaydi. Temperatura pechda emas, balki namunada o’lchanadi, demak moddaning temperatura ta’sirida o’zgarishi yuqori aniqlikda o’lchanadi.
    Namuna uchun tigellar shunday yasalganki, unda sodir bo’layotgan qattiq faza va suyuq fazadagi reaktsiyalarni o’rganish mumkin. Derivatografning platina tigelidagi namunani temperaturasi elektrik pech qizishi tezligi bilan bir xilda ko’tariladi. Moddaning kukuni 50 dan 5000 mggacha bo’ladi. Elektropechning qizishini boshqaruv programmasi bo’yicha minutiga 0,5o dan 20oС tezlik bilan ko’tarilishi ta’minlanadi. Pechning eng qizigan muxitidagi maksimal temperatura 150, 300, 600, 900, 1200oC. Maksimal hato + 5oC. Fotoqayd etuvchi barabanning bir marta to’liq aylanishi 25, 50, 100 va 200 min. da sodir bo’ladi. Termogrammalar 25, 50, 100, 200 minutda yozilishi mumkin. Termogrammadagi milligramlardagi optik shkala namunani og’irligini kamayishini aniqlash uchun quyilgan. Termogrammalar inert gazda olinishi mumkin. Jixoz to’la avtomatlashtirilgan.
    Paulik F. Va boshqalar tomonidan yaratilgan «OD-102» derivatografi konstruktiv 16 element, detal va jihozdan tashkil topgan: 1-namuna solina-digan tigel; 2-inert modda solinadigan tigel; 3-chinni trubka; 4-termoparalar; 5-elektr toki bilan ishlaydigan pech; 6-g’ijimlanib ketmaydigan sim; 7-tarozlar; 8-katushka; 9-magnit; 10-TGP uchun galvanometr; 11-haroratni o’l-chovchi galvanometr; 12-DTA galvanomteri; 13-lampalar; 14-optik teshikcha; 15-fotoregistratsiya tsilindri; 16-fotoqog’oz.
    MDH mamlakatlarida mavjud bo’lgan jixozlar qatoriga quydagilar kiradi:
    1) SGM-8 polyargrafi bilan kompleksdagi TP-1 tipidagi termik moslama. U Moskvadagi Geologqidiruv apparatlari va jixozlari zavodida 1959 yilda chiqarilgan. Bu jixoz 15 minut davomida 20o dan 1000oC gacha DTA ni olishi mumkin. Qizdirish tezligi minutiga 70oS, modda miqdori 0,05 dan 0,1 g. gacha;
    2) TU-1 tipdagi termik qurilma: 20o dan 1400oC gacha DTA ni 15 minut davomida oladi. Qizdirish tezligi 75-100o bo’lib, tekshirilayotgan moddaning miqdori 0,02-0,09 g ni tashkil etadi.
    3) UTA-1termoogirlik analizi qurilmasi. U bir vaqtning o’zida ikkita egrilikni yozadi: DTA va TG. Issiqlik oralig’i 20o dan 1000oC gacha. Qizdirish tezligi minutiga 15, 30, 45, 60. Tekshirilayotgan namuna miqdori makro- va mikro tarzida bo’lishi mumkin. Bu jixoz Leningraddagi “Geologqidiruv” zavodida ishlab chiqariladi;
    4) Past chastotali termografik registrator NTR-62. Rossiya FA “Nodir jixozlar konstruktiv byurosi markazi” tomonidan chiqarilgan. Jixoz programmali - qizish uchun boshqaruv pultiga ega bo’lib, qizdirish pechi va o’zi yozuvchi qurilmalardan tashkil topgan. Xar ikki minutda avtomatik tarzda vaqtni belgilab boriladi va termogramma qog’ozining pastki qismiga tushiriladi. Avtomatik tarzda boshqarish tok bo’yicha bo’lmay, balki temperatura bo’yicha olib boriladi. Barabanning aylanish tezligi turlicha. Barabanni bir marta to’liq aylanishi 4, 8, 16, 32, 64, 128, 256 minut va 24 soat davomida etishi mumkin. O’zi yozuvchi qurilma bir vaqtning o’zida moddani qizdirish jarayonidagi turt xil xossalarni o’zgarishini qayd etadi.



    Download 0,59 Mb.
    1   2   3   4   5




    Download 0,59 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Quyida nomi qayd qilingan jixozlar ustida batafsil tushuntirish beriladi

    Download 0,59 Mb.