|
AMALIY ISh BAJARISh TARTIBI
|
bet | 4/5 | Sana | 06.12.2023 | Hajmi | 0,59 Mb. | | #112221 |
Bog'liq Amaliy 4 (1)AMALIY ISh BAJARISh TARTIBI.
Termik taxlil usulida berilgan namunani tekshirish.
Namunada (aralashmada) qizdirishda sodir bo’layotgan jarayonlarni, ekzo va endoeffektlarni aniqlash.
Sistemaning birorta ko’rsatgichining kattaligi mavjud fazalarni asta-sekin miqdoriy nisbatda o’zgarishida biror fazaning yo’qolib ketishi yoki yangi fazaning sakrab o’zgarishida paydo bo’ladi. Bu egriligini termik usuli orqali olinadi. Bunda koordinata o’qlarida modda temperaturasi va unga javoban temperatura va obtsissa o’qlarida vaqt qayd etiladi.
Misol tariqasida dolomit MgCO3. CaCO3 ning termogrammasini keltirishimiz mumkin (rasm ).
34-rasm. Dolomit mineralining termik analiziga oid vaqt-temperatura diagrammasi.
Qizdirish vaqtida fazoviy o’zgarishlar ro’y berishi va uning boshlanishi aniq nuqtadan boshlanadi. Moddaning qizdirish egriligi bu vaqtda tezlashishi yoki sekinlashishi mumkin. Masalan, -Al2O3 da qizdirish jaraayonida xech qanday fazoviy o’zgarishlar sodir bo’lmaydi. Shuning uchun u etalon sifatida ishlatiladi. Bu inert modda ham pechga joylanadi va xuddi tekshirilayotgan namuna tezligida qizdiriladi.
Haroratning o’zgarishi egriliklarning gorizontal uchastkalarida ko’rinadi (31-rasm). Dolomitning termogrammasidan ko’rinib turibdiki bu mineralning qizdirganda 700 va 900 oS xaroratlarida fizik kimyoviy jarayonlar kechmoqda. Termik taxlilning maqsadi – ushbu termoeffektlarni qaysi jarayonlarga ta’luqli bo’lishini aniqlashdan iborat.
Masalan: I – effekt 700 oC da dolomitning parchalanishi (MgCO3 va CaCO3ga) - endotermik jarayon va MgCO3 parchalanashi - endotermik jarayon:
MgCO3. CaCO3 MgCO3 + CaCO3 (730-790 oC)
MgCO3 MgO + CO2 (540-710 oC)
II – effekt 900 oC da xosil bo’lgan CaCO3ning parchalanish jarayoniga to’g’ri keladi - endotermik jarayon:
CaCO3 CaO + CO2 (860-920 oC)
Karbonatlarning dissotsiatsiyasi va gidratlarning suvsizlantirishdagi qizdirish temperaturasini aniqlash muxim axamiyatga ega. Shuni xam nazarda tutish kerakki, olinayotgan temperatura effektlari qiymati qizdirish tezligi, namuna og’irligi va boshqa parametrlarga ta’sir etadi.
Qizdiralayotgan yoki sovitilayotgan modda temperaturasini galvano-metrning ko’rsatgichida yoki avtomatik tarzda yozish mumkin. Qizdirish yoki sovitish egriliklarini avtomatik tarzda yozishda avtomatik o’zi qayd etuvchi akad. N.S. Kurnakov sistemasidagi pirometrlar qo’llaniladi.
|
| |