Neft', gaz va suvning fizik xususiyatlarini laboratoriya sharoitida chuqurlik namunalaridan o`rganiladi




Download 11.85 Kb.
Sana13.03.2024
Hajmi11.85 Kb.
#170772
Bog'liq
3-tema
Abduvali, Ma\'lumotlar kommunikatsiyasi 1, SQL

4.5.Neft' va gaz konlarini ishlashni loyihalashtirishning asoslari

Neft' konlarini qatlamlarning tabiiy sharoitlaridan, shuningdek er baqrini va atrof muqitni muqofaza qilish me`yorlarida ularni ishlatish texnika va texnologiyalaridan oqilona foydalanishni ta`minlovchi tizimda ishlatish lozim. Uyumni ishlash tizimi texnik-iqtisodiy ko`rsatgichlarni quduqlarni joylashish tarxini, ularni sonini va ishlash tarzini, neftni to`larok qazib olish imkoniyatlarini xisobgа olishi zarur. U konni ishlash jarayonida, burqilash va ishlatishda uyumni geologik tuzilishi haqidagi yangi ma`lumotlarni hisobga olgan holda, uzluksiz nazorat va muvoffiqlashtirishni ta`minlashi kerak.


Ma`lumki, neft' konini ishlashni loyihalashtirish konda o`tkaziladigan kompleks tadqiqotlar natijasida olingan boshlangich ma`lumotlarga asoslangan holda amalga oshiriladi. Bu tadqiqotlarning asosiy qismi bosqichma-bosqich o`tkaziladigan mahsuldor qatlamni geologik va kon-geologik o`rganish hisoblanadi. Avval konning umumiy geologik tavsifi o`rganiladi va boshlangich suv-neft', gaz-neft' va gaz-suv tutashmasi aniqlanadi. Keyin kollektorlar, qatlam suyuqliklari va gazlari tuzilishi va fizik xususiyatlari o`rganiladi.
Kollektorlarning fizik xususiyatlari laboratoriya, geofizik va gidrodinamik usullarda o`rganiladi. Neftga to`yingan kollektorlardan neftni siqib chiqarish jarayonini o`rganish uchun neft', gaz va suvning fizik xususiyatlarini bilish lozim. Ularga qovushqoqlik, zichlik, neftning gazga to`yinish bosimi, siqilish koeffitsienti, fazalararo tortishuv, gazning neftda erish koeffitsienti, neftning hajmiy koeffitsienti va boshqalar. Qatlam suvlarining tarkibi xam muhim ahamiyat egallaydi.
Neft', gaz va suvning fizik xususiyatlarini laboratoriya sharoitida chuqurlik namunalaridan o`rganiladi.
Shuni ta`kidlash lozimki, qatlam flyuidlari va ularni uyum maydoni, hamda qatlam qaliniligi bo`yicha o`zgarish xususiyatlarini aniq bilish ishlashni loyihalashtirish va tahlil qilishning zarur shartlaridandir. Shuning uchun neft', gaz va suvning fizik xususiyatlarshsh aniqlash usullarni o`rganishga alohida e`tiborni qaratish kerak.
Ishlashni texnologik tarxi va loyihalari mahsuldor kollektorlarni ta`riflovchi katta hajmdagi grafik ma`lumotlar bilan ta`minlanadi. Ularga tuzilmali xarita, qovaklik, o`tkazuvchanlik, qalinlik, gidro-o`tkazuvchanlik xaritasi, geologik kesim, konning o`rtacha normal qirqimi, shuningdek qatlamlarni litologik va fizik harxillik darajasini baholash uchun grafik qurilishlar (chizmalar) kiradi.

4.6. Neft' va gaz konlarini ishlash sharoitlarini tarxlash

Neft' uyumlarini yotishini geologik sharoitlari juda ham turlicha, ba`zai juda murakkab bo`ladi. Haqiqiy uyumlarning neftlilik va gazlilik chegaralari amalda juda murakkab ko`rinishga ega. Neftlilik va gazlilik jinslarining fizik parametrlari, aslida qatlamning maydoni va qalinligi bo`yicha bir-biridan farq qiladi. Neftli va gazli qatlamlarning maydon va vertikal bo`ylab har xil, ko`p qismi vertikal yo`nalishda ham har xildir. Ko`p holatlarda linzasimon yotuvchi, turli uzunlik va turli fizik xususiyatlarga ega bo`lgan, har xil jinslarning ketma-ket kelishidan tashkil topgan qatlamlar ishlash ob`ektlari hisoblanadi.
Gidrodinamik hisoblarda albatta, uyumni tuzilishi va xususiyatlaridagi murakkabliklarni to`liqrok, hisobga olishga intilish lozim. Lekin shuni ham hisobga olish kerakki, bu ma`noda bizning imkoniyatlarimiz cheklangan. Loyihaviy hujjatlarni tuzish vaqtida qatlamning geologik tuzilishini barcha xususiyatlarini aniqlash uchun biz etarli ma`lumotlarga ega bo`lmaymiz.
Tuzilishning barcha detallarini inobatga olishga intilish hisoblarda matematik qiyinchiliklarga olib keladi. Shuning uchun gidrodinamik hisoblarni yuritish uchun uyumni hisobiy tarxi va modelidan foydalaniladi.
Bu masala ikki yo`nalishda echilishi mumkin. Sirqish jarayonini elektrik modellashtirish yordamidа aniq echimlarni olish mumkin. Masalani echish uchun uyumni xaqiqiy shaklini, analitik hisoblashlar imkoniyatini beruvchi, shakllar yoki shakllar qismlari bilan approksimaciya qilish usulini qo`llаsh mumkin.
Gidrodinamnk hisoblashlari uslubi ancha soddaroq va ikki shakldagi uyumlar uchun yaxshiroq ishlangan: tasmasimon va doirasimon.
Tasmasimon uyum deganda, ikki paralel to`qri chiziq orasida yotuvchi va ikki tomonidan uzluksiz cho`zilgan ugom tushuniladi. Bu to`qri chiziqlar neftlilik, litologik va tektonik ekran chegarasi yoki suv haydovchi quduqlar bilan uyumni kesilgai chiziqi bo`lishi mumkin.
Doirasimon uyum to`qri doira shaklidagi neftlilik konturi bilan chegaralangan.
Ko`pincha ovval shaklidagi uyumni halka shakliga keltirish maqsadga muvoffiq hisoblanadi. Bunda quyidagi qoidaga amal qilish kerak. Halqaning tashqi perimetri uzunligiga, halqaning maydoni esa - neftlilik va gazlilikning hisoblangan konturi chegarasida xaqiqiy uyum maydoniga teng bo`lishi lozim. Эlek-trointegratorda, olingan echimlarni gidrodinamik hisoblashlar natijalari bilan taqqoslash shuni ko`rsatdiki, uyumni xaqiqiy shaklini doiraga almashtirysh uyum o`qlarining uzunliklari nisbati 3:1 yoki undan ham kichik bo`lganda esa xisoblashlarda haqiqiy uyumni tasmasimonga keltirish maqsadga muvvofiq bo`ladi.

4.7.Qatlamlar va suyuqliklarning xar xilligiii hisobga olish

Ishlashni kompleks loyihalashtirishning turli bosqichlarida, qatlam va flyuidlarning xususiyatlari, quduqlarni ishlash sharoitlari haqidagi boshlangich kon-geologik ma`lumotlarning to`likligi va sifatiga boglik xolda, suv xaydashdagi ishlashning texnologik ko`rsatgichlarini hisoblashni murakkabligi va aniqligi turli darajada bo`lgan usullarni qo`llash kerak.
Shunday qilib, masalan, sinov-ishlatish loyiqasini tuzishda, neft' qazib chiqarish tumanini rivojlanishini kompleks loyiqalashtirishda qazib chiqarish imkoniyatlarini baholashda, shuningdek boshlangich geologik ma`lumotlar etarli emas va ularning sifati yuqori bo`lmaganda, ishlashning texnologik ko`rsatgichlarini aniqlash uchun gidrodinamik hisoblarning yaqinlashtirilgan, soddalashtirilgan usullarini qo`llash maqsadga muvoffiq.
Kompleks tarxlarni, asosan ishlash loyiqalarini tuzishda esa qatlam va flyuidlarning ko`rsatgichlari, quduqdar va jihozlar ishlash sharoitlari xaqida katta miqdordagi yuqori sifatli axborotlarga ega bo`linganda, har xil suyuqliklarni turli govak muqitda, quduqlar tizimida amaldagi sirqish sharoitlarini ko`proq darajada hisobga oluvchi, ishlashni texnologik ko`rsatgichlarini xisoblashning bir munchа jiddiy va murakkab usullarini qo`llash lozimdir.
Xozirgi vaqtda neft' uyumlarini suvlanish jarayonlarini xisoblash uchun ko`plab gidrodinamik va statistik usullar tavsiya qilingan.
Gidrodinamik usullar neft' uyumni amaliy ishlash sharoitlarini u yoki bu darajada to`laroq aks ettiruvchi hisobiy modellardan foydalanishga asolangan. Ishlashning boshlangich davrlarida foydalannsh imkoniyati ularning afzalligi hisoblanadi. Biroq, bu usullarning aniqligi qazib olinayotgan suyuqlikni suvlanganligi yuqori bo`lishi bilan, shuningdek ishlashni so`ngi davrida yomonlashib boradi.
Statistik usullar ishlatishning o`tgan yillarida jamlangan haqiqiy ma`lumotlar bo`yicha siqish ko`rsatgichlarini baholash va bashorat qilinayotgan davr uchun uni ekstropolyatsiya qilish. Ularni ustunligi ishlash ko`rsatgichlarini dinamikasiga ta`sir qiluvchi barcha omillarni integral ravishda hisobga olish va bashoratlashning soddaligi kiradi. Mahsulotni suvlanishini o`zgarishga olib keluvchi tadbirlarni siqish ko`rsatgichlarini baholashga ta`sir qilishini hisobga olish qiyinligi bu usulning kamchiliklaridan biri hisoblanadi.
Statistik usullar ishlash tizimini butun bashorat qilinadigan davrda o`zgarishsiz qolishini talab qiladi.
Qisoblashning gidrodnnamik va statistik usullarni kombinatsiyasida bir muncha ishonchli natijalar olish mumkin. Bunda etarli xajmdagi statistik ma`lumotlar jamlangandan keyin gidrodinamik qisoblar uchun qabul qilingan model qisobiy va xaqiqiy ishlash ko`rsatgichlarini taqqoslash yo`li orqali aniq-lashtiriladi.
4.4.Neftli konlarni ishlash tizimi

Neftli ozgarmas konturli burchaklarini ishlashda quduqlarni maydon burchaklari boyicha bir xil setkali qilib joylashtirilgan.


Quduqlarni orasida masofani geologik texnik sharoitlar va ekologik maksadlarda bog’lik bolgan xolda tekshiriladilar. Neftli uyumlarda suv taranglik rejimida quduqlar qatorida massivga parallel xarakatlanuvchi qilib joylashtiriladilar, gaznaporli rejasida gazliftli konturiga paralel qilib va donalar rejasida suvlilik konturga paralel joylashtiriladi. Xar bir uyumdagi qatorlar orasidagi masofa doimiy yoki qatordan qatorga ozgartirish mumkin.
Qatordagi quduqdar orasidagi masofa xamma qatorlar uchun bir xil yoki xar bir qator uchun aloxida bolishi mumkin. Bu masofalarni uyum ishlashi parametrni uz ishida ornatadilar.
Ishlanadigan maydondagi quduqlar setkasi joylashishiga qarab soniga qarab uyumdan ishlash muddatiga bog’lik xar bir maydonda qabul qilinadigan masofaga qarab shtanga quduqlar soniga joylashtirish muumkin.
SHuning uchun quduq joylashtirish sxemasining tashishi va maydonga ularning soningn aniqlash neft konlarning ishlashning asosiy vazifasidir oldinlar quduqlar orasidan masofa xech qanday asossiz olinardi.
Boshqacha ayiganda xar bir quduqga 0,4 da 3 gektorga qatlam maydonni togri kelardi.
Keyingi tadqiqotlar shuni korsatadiki Baku va Brozniy konlarda qabul qilingan setkalar maydonni tigiz joylashgan. Bu erdan qazib olingan neftni ham quduqlar soni bilan qazib olish mumkin edi.
Xozirgi vaqtda quduqlar orasidagi optiminal masofa gidrodinamik xisoblash koniga gelogik tuzilish yordamida aniqlaydilar, maydondagi quduqlar setkasi zichlik gektorga foydalaniladi va bu bir quduqga togri masalan; quduqlar orasidagi masofa 100m bolganda zichlik birga teng, neft uyumlarni ishlashidа uning tempi va burgilash tartibida katta axamiyatga ega.
Quduqni ishlatish qismi tempiga qarab eppasiga va sekinlashtirilgan sistemasida bir necha yil ichidа uyum burg’ilash tartibi bo’yicha ishlashning zichlanuvi tartbi va sudraluvchi sistemaga ajratiladi.
Suv taranglik rejimida avval tashqi neftli kontur boyicha birinchi qator quduqlar burgulanadi. Keyin qatlam kotarilishi boyicha yuqori quduqlar burgilanadi. Gazonapor rejimida gazli konturdan birinchi qator quduqlar burg’ilanadi keyin esa keyingi qatorlar, qatlam tushish boyicha pastga burgilanadi.
Neftli qatlamlarning ishlashi ratsional sistemasini xarakterlovchi asosiy faktorii bolib va u ma`lum vaqt ichida qatlamdan olingan neft miqdori bilan aniqlandi.
Uyumdagi qatlam energiyasi zaxiralarini tabiiy sharoitda aniqlash neft oilshning yuqori tempeni ta`minlamadi. Shuning uchun songich napor rejimi qollaniladi va qatlamga suv xaydaladi, qatlam bosimi bir xil saqlanadi.
Qatlamga suv yoki gaz xaydash ishlash tartibini loyixalashdagi joyiga tasiridan biridir. Bundan tashqari neft uyumiga songish ta`sir korsatish metodlari bilan xam ishlash mumkin.
Tabiatda xar xil neft uyumlari ozgaradi ularning olchash va quvvati yotish chukurligi neft saqlaydigan jinslarning geologik xususiyatlari, qatlamdagi gaz va suv tartibi xar xil, shuning uchun ularning xammasi uchun umumiy ishlash tartibini berish mumkin emas. Xar xil qatlam uyum uchun aloxida usulni qollash kerak.
Download 11.85 Kb.




Download 11.85 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Neft', gaz va suvning fizik xususiyatlarini laboratoriya sharoitida chuqurlik namunalaridan o`rganiladi

Download 11.85 Kb.