46
harakat qilgani sari tarkibida qiyin uchuvchan komponentning miqdori oshib
boradi.
O’rnatish va ta’mirlashni osonlashtirish maqsadida tarelkalar orasidagi
masofa 450 mm dan kam bo’lmagan qiymatda qabul qilingan.
Kolonnaning yuqorigi qismidan bug`lar diflegmatorga o’tadi va u erda
to’la
yoki
qisman
kondensatsiyaga
uchraydi.
Bug`lar
to’la
kondensastiyalanganda hosil bo’lgan suyuqlik ajratgich yordamida ikki qism
(distillyat va flegma)ga ajraladi. Oxirgi mahsulot (distillyat) sovitgichda
sovitilgandan so’ng, yig`ish idishiga yuboriladi. Kubda qolgan qoldiq suyuqlik
kerakli tarkibiga erishgandagina jarayon to’xtatiladi, qoldiq tushiriladi va jarayon
qaytadan boshlanadi. Qoldiqni tegishli tarkibga ega bo’lishini uning qaynash
temperaturasiga qarab aniqlanadi (4.10-rasm).