49
Tarelkali kontakt qurilmalarini ko’p belgilariga ko’ra sinflarga ajratish
mumkin. Masalan: suyuqlikni bir tarelkadan keyingi tarelkaga uzatish usuliga
ko’ra ular suyuqlikni quyilish moslamali va quyilish moslamasi bo’lmagan
turlarga bo’linadi.
Quyilish moslamali tarelkalar maxsus kanallarga ega bo’lib, suyuqlik shu
kanallar orqali yuqori tarelkadan pastki tarelkaga quyiladi. Bu kanallar orqali
bug` faza yuqoriga o’tolmaydi. Quyilish moslamasi bo’lmagan tarelkalarda
suyuqlik va bug` faza yuqori tarelkadan keyingi tarelkaga ulardagi teshiklar
orqali o’tadi.
Gaz va suyuq fazaning o’zaro kontaktlashuv usuliga ko’ra tarelkalar
barbotajli va oqimli turlarga bo’linadi. Barbotajli tarelkalarda suyuqlik yaxlit,
gaz esa dispers faza, oqimli tarelkalarda aksincha, gaz faza yaxlit, suyuqlik
dispers holatda bo’ladi.