5.2. Mazutni vakuum sharoitida ikki bosqichda haydash
Mazutni vakuum sharoitida haydash ikki variant bo‘yicha o‘tkaziladi: 1-
variant yoqilg‘i olish ya’ni katalitik kreking qurilmasi xom- ashyosi bo‘lgan
yengil va og‘ir gazoyllar olish. 2 - variant moy distillyatlarini olishdir. Vakuum
sharoitida mazutni ikki bosqichda haydash orqali: 1 - bosqichda vakuum
fraksiyalash kolonnasida solyar distillyati, keng fraksion tarkibili (350
0
S - 375
0
S) moy distillyatlari va gudron chiqariladi, 2 - bosqichda olingan moy
distillyatorlaridan 3 xil distillyat: parafinli (350
0
S - 460
0
S), avtol (460
0
S - 490
0
S)
va silindr moylariga ajratiladi.
Jarayonning texnologik sxemasi quyidagi 5.2 - rasmda keltirilgan. Xom-
ashyo mazut 3 - pechda qizdirishga kiritishga qadar 2 ta oqimda ishlayotgan
issiqlik almashgichlar 28, 29 va 22 dan 1 - oqim, 25 va 24 dan esa ikkinchi
oqimdan o‘tadi, so‘ngra 1 va 2 - issiqlik almashgichlarda qurilmadan
chiqayotgan gudron issiqligi hisobiga qizdirilib, 3 - pechga yuboriladi. Mazut 3 -
pechda 435
0
S gacha qizdiriladi. Mazutdan solyar, keng fraksion tarkibli moy
distillyatlari va gudron ajratishi uchun 6 - vakuum kolonna xizmat qiladi. Moyli
fraksiya 7 - yig‘gichda to‘planadi, gudron 5 - nasos yordamida kolonnadan
chiqariladi. Solyar 4 - nasos yordamida yarim berk tarelkadan 23 - issiqlik
almashgich va 32 - sovutgichda sovutiladi, so‘ngra sovutilgan solyar distillyatini
bir qismi 6 - vakuum kolonnaga qaytariladi.
Moy distillyati 7 - yg‘ichda 8 - nasos yordamida haydalib, 28 - issiqlik
almashgich, 23 - qo‘shimcha bug‘ ishlab chiqarish qozoyl va 21 - bug‘li
qizdirish qurilmasidan o‘tib 6 - kolonna o‘rta qismiga resirkulyat sifatida
qaytariladi. Moy distillyatining balans miqdori 7 - yig‘gichdan 9 - nasos
yordamida 10 - pechda (385
0
S) qizdirilib, 13 - vakuum kolonnaga yuboriladi.
Bu kolonna mahsulotlari: yarim berk tarelkada yig‘iluvchi parafin distillyati, 14
- bug‘latuvchi sektsiya orqali chiqariluvchi avtol distillyati va 24 - issiqlik
almashtirgich, qo‘shimcha bug‘ ishlab chiqaruvchi qozon 26 va 27 -
sovutgichdan o‘tib chiqariladigan silindr distillyati hisoblanadi.
55
5.
2
-
ra
sm
.
M
az
utni
va
kuum
sha
roit
ida
ikki
bos
qichda
h
ayda
sh
texnologik
ti
zi
mi
.
1,
2,
22,
24,
25,
28,
29
-
is
siql
ik
alm
as
hti
rgich.
3,
10
-
quvur
li
pe
ch.
4,
5,
8,
9,
15,
17,
18
,
33
-na
sos
lar
.
6,
13
-
va
kuum
kolonnala
r.
7
-
va
kuum
yi
g‘
gich.
11,
23,
26,
30
-qoz
on
-uti
li
za
tor
la
r.
12,
19,
20,
27
,
31,
32,
35
-
sovutgi
chlar
.
14
-
bu
g‘
latuvc
h
i
kolonna.
21,
34
-
is
it
gichl
ar
.
56
Avtol distillyatining sirkulyasiyalanuvchi qismi 16 - nasos yordamida
haydalib 11 va 12 - qurilmalarda sovutilgan holda 13 - kolonna o‘rta qismiga 3
oqimda beriladi, balans miqdori esa rezervuarga yuboriladi.
Parafin distillyati 13 - kolonnadan chiqishda 25 - issiqlik almashtirgich,
34 - suv qizdirish va 35 - sovutgichda ketma - ketlikda sovutilib, bir qismi
kolonnaga to‘yintirish yoki sovuq sug‘orishga yuboriladi, ortiqchasi rezervuarga
yuboriladi. Gudron markazdan qochma turdagi 19 - nasos yordamida
qurilmadan chiqarilguncha o‘z issiqligini 1 va 2 - issiqlik almashtirgichlar
orqali xom - ashyo mazutga beradi.
Qurilmadagi bug‘latuvchi seksiyaga suv bug‘i kiritiladi. Qo‘shimcha
bug‘ ishlab chiqaruvchi qozonlar 0,6 MPa bosimdagi suv bug‘i ishlab
chiqarishga mo‘ljallangan. Qurilmadagi kolonnalar ish rejimlari 5.1-jadvalda
keltirilgan.
|