• J. Xlororganikaning ta’siri.
  • Qo‘zg‘almas katalizator qatlamida boruvchi riforming
  • Neft va gazkondensatni qayta ishlash texnologiyasi




    Download 3,46 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet50/115
    Sana06.06.2024
    Hajmi3,46 Mb.
    #260912
    1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   115
    Bog'liq
    Axrorovga

     


    95 
     
    E. Katalizatorning faolligi. 
    Katalizator metallari oksidlar ko‘rinishida hosil bo‘ladi va ularni faol 
    bo‘lishi uchun vodorod yordamida tiklash zarur. Tiklanishda metall fazasini 
    yaxshi dispersiyasini ta’minlash uchun tiklanishdan oldin katalizator dastlab 
    yuqori haroratda bo‘rishi kerak. Katalizator metall funkstiyasining faolligi 
    uchun metallning yaxshi disperstiyasi birlamchi ahamiyatga egadir. Uning 
    faolligi ko‘rsatkichlarini dispersiyaga bog‘liq holda siklogeksanning benzolga 
    degidrirlanishi reaksiyasi bilan tavsiflash mumkin. 
    J. Xlororganikaning ta’siri. 
    Xlor katalizatorga kerakli kislotalilikni beradi. Katalizatorning kislotaliligi 
    katalizator massasidan 0,9-1,1% chegaradagi xlor miqdoriga rostlanadi. 
    Xlorning ortiqchasi juda katta kislotalilik vodorodning iste’molchilari bo‘lishi 
    va riformat bo‘yicha unumdorlik uchun nomaqbul bo‘lishi gidrokreking 
    reakstiyalarini kuchaytiradi. Bundan tashqari haroratning oshishiga olib keladi, 
    koks hosil bo‘lishiga zamin yaratadi. Juda past kislotalilik katalizatorning 
    kislotalilik funkstiyasini pasaytiradi, bu aromatik birikmalar hosil bo‘lishini 
    kamaytiradi. 
     Qo‘zg‘almas katalizator qatlamida boruvchi riforming 
    Qurilma quyidagi bloklardan iborat: xom-ashyoni gidrotozalash, 
    sirkulyatsiyalanuvchi gazni tozalash, katalitik riforming, gazlarni separatsiyalash 
    va benzinni barqarorlashtirish.
    Qo`zqalmas katalizator qatlamida boruvchi 
    katalitik riforming texnologik sxemasi 8.1- rasmda keltirilgan. Xom-ashyo 12-
    nasos orqali bosim ostida (4,7 MPa) gidrotozalangan sirkulyatsiyalanuvchi 
    vodorod saqlagan gaz va riformingdan ajralgan ortiqcha vodorod saqlovchi gaz 
    bilan aralashtirishga beriladi. Bu aralashma 16-pechning alohida bo‘limida 
    qizdiriladi (450
    0
    S) va 15-gidrotozalash reaktoriga kiritiladi. Reaktordagi 
    alyumokobaltmolibdenli 
    (AlCoMo) 
    katalizator 
    ishtirokida 
    oltingugurtli 
    birikmalar buzilib, so‘ngra vodorod sulfid (H
    2
    S) holida chiqariladi. Shu bilan bir 
    vaqtda azotli va kislorodli birikmalardan ham tozalash jarayoni boradi. Bug‘-


    96 
    gazli aralashma 15-reaktordan chiqib, 10-qaynatgich va 14-sovutgichda 
    sovutiladi va 35
    0
    S harorat bilan 8-gazoseparatorga kiritiladi. Bu yerda aralashma 
    suyuq gidrogenizatga va gazga ajratiladi. Gaz 2-absorberning pastki qismidan 
    monoetanolamin (MEA) yordamida vodorod sulfiddan tozalash uchun kiritiladi, 
    so‘ngra 11-kompressor yordamida 4,7-5,0 MPa bosimgacha siqiladi va 
    gidrotozalash tizimiga yuboriladi. Ortiqcha gaz 1-kompressor yordamida 
    5MPagacha siqiladi va qurilmadan chiqariladi. Gidrogenizat 8-gaz separatoridan 
    chiqib 9-issiqlik almashtirgichda sovutiladi va 7-bug‘latuvchi kolonnaga 
    kiritiladi. Kolonna yuqori qismidan chiquvchi vodorod sulfid, uglevodorod 
    gazlari va suv bug‘i 6-sovutgichda sovutiladi va 4-separatorga yuboriladi. 
    Separator pastki qismidan 5-nasos orqali kondensat yig‘ib olinadi va 7-
    bug‘latuvchi kolonnaga qaytariladi. Vodorod sulfid va uglevodorod gazlari 
    MEA bilan tozalash uchun 3-kolonnaga kiritilladi. Kolonna yuqori qismidan 
    chiquvchi bug‘lar 27-fraksiyalovchi absorberga yuboriladi. Gidrogenizat 7-
    bug‘latuvchi kolonna pastki qismidan chiqarilib 10-qaynatgich va 9-issiqlik 
    almashtirgichdan so‘ng, 13-nasos orqali riforming blokiga yuboriladi. Gaz 
    mahsuloti aralashma dastlab 20-issiqlik almashtirgachda qizdiriladi, keyin 16-
    pechda 500-520
    0
    S haroratda qizdirilib 19-reaktorga kiritiladi. Aralashma 18 va 
    17-reaktorlardan ketma-ketlikda o‘tib, har bir reaktordan so‘ng 16-pechda 
    qizdiriladi va nihoyat oxirgi 17-reaktordan keyin gaz mahsuloti 20-issiqlik 
    almashtirgich va 21-sovutgichda 30
    0
    S gacha sovitiladi va 22-yuqori bosimli 
    separatorda (3,2-3,6 MPa) katalizatdan sirkulyasiyalanuvchi vodorod saqlagan 
    gazni ajratish uchun kiritiladi. Sirkulyatsiyalanuvchi gaz 5 MPa bosim ostida 
    24-kompressor yordamida platforming tizimiga qaytariladi, ortiqchasi esa 
    gidrotozalash tizimiga uzatiladi. Beqaror katalizat 22-separatordan 23-past 
    bosimli separatorga (1,9 MPa) kiritiladi. Katalizatdan ajralgan uglevodorodli gaz 
    separator yuqori qismidan chiqarilib, 27- fraksiyalovchi absorberga kirishdan 
    oldin gidrotozalashdagi uglevodorod gazlari bilan aralashtirilib kiritiladi. 
    Absorbent sifatida beqaror katalizat (benzin) xizmat qiladi. 27-absorberda 1,4 
    MPa bosimda yuqorida harorat 40
    0
    S da quruq gaz ajratiladi. Beqaror katalizat 


    97 
    26-nasos yordamida 31-issiqlik aralashtirgich orqali 34-kolonnaga beriladi va bu 
    erda barqarorlashtiriladi. Mahsulotning bir qismi 27 va 34-kolonnaning pastki 
    qismidagi haroratni tutib turish uchun 28-pech orqali sirkulyatsiya qilib turiladi. 
    Barqarorlashtirishni bosh fraksiyasi 32-jihozda sovutiladi va 33-yig‘gichga 
    kiritiladi, u erdan 35-nasos orqali kolonnaga “sovuq-sug‘orish” sifatida 
    qaytariladi, ortiqchasi qurilmadan chiqariladi. Kolonna 34 ni pastki qismidan 
    barqaror benzin 31 va 30-issiqlik almashtirgichda sovitilgandan keyin 29-nasos 
    orqali 27-fraksiyalovchi absorberga kiritiladi, uning ortiqcha qismi qurilmadan 
    chiqariladi. 

    Download 3,46 Mb.
    1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   115




    Download 3,46 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Neft va gazkondensatni qayta ishlash texnologiyasi

    Download 3,46 Mb.
    Pdf ko'rish