|
Neftni minerallardan hosil bo'lishi haqidagi gipoteza
|
bet | 3/3 | Sana | 31.01.2024 | Hajmi | 61,5 Kb. | | #149373 |
Bog'liq 3 M gepotizaNeftni minerallardan hosil bo'lishi haqidagi gipoteza
Bu gipoteza, neft tarkibiy qismini tashkil qiluvchi azot, oltingugurt, kislorodli uglevodorodlar oddiy moddalardan S, H2, NH3, H2S, CO2, CH4, H2O va radikallardan yuqori haroratlarda yerning chuqur qatlamlaridagi minerallar bilan reaksiyaga kirishib neftning komponentlarini hosil qilgan deydi. 1877 y. D.I. Mendeleev taxmini bo'yicha, uglevodorodlarni hosil bo'lish sabablaridan biri, metall karbidlarni suv bilan reaksiyaga kirishishi natijasidir.
2FeC + ЗН2О = РегОз + CiHe yoki umumiy holda MeCm + mHiO = MeOm + CmHim+i yoki (СЩт Hosil bo'lgan gazsimon uglevodorodlar yerning yuqori qatlamlarida kondensatsiyalanib yerni g'ovak bo'shliqlaridan joy olgan deb takidlagan. O'sha vaqtda chuqurlikdagi jinslardan ham metal karbidlari ma'lum bo'lgan. Hozirgi vaqtda D.I. Mendeleev taxmini bo'yicha karbidlar (FeC, TiC, СггСз, WC, SiC) topilgan bo'lsada, ularning zaxirasi juda kam. Shuning uchun tabiatda ma’lum bo'lgan juda ko'p miqdordagi uglevodorodlarning hosil bo'Hsh jarayonini bu nuqtai-nazardan tushuntirish juda qiyin. Neftni kosmik paydo bo'lishi Iwqidagi gipoteza 1892 yil M.A. Sokolov neft kosmik jarayoni (oddiv elementlardan) natijasida paydo bo'lgan degan edi. Uning taxmini bo'yicha hosil bo'lgan uglevodorodlar gaz holida bo'lib, yerni asta-sekin sovushi natijasida uning sovugan qatlamlari tom onidan yutilgan, keyinchalik sovugan magmatik jinslardan ajralib yerni yuqori qatlamlariga ko'tarilib konlar hosil qilgan. Bu gipotezani paydo bo'lishiga sabab kometalarni dumini tarkibida uglerod va vodorodning hamda meteoritlarda uglevodorodlarning borligi to'g'risidagi dalillar yotadi. Aniqlangan ma'lumotlarga ko'ra, Yupiter va Titanning atmosferasida hamda gaz changli bulutlarda C2H2, C2H4, СгНь, QHs, H C N , C 2N 2 lar aniqlangan.
Neftni organik moddalardan hosil bo'lishi haqidagi gipoteza.
O'simliklarni va hayvonlarni halok bo'lgan qismi kislorod va bakteriyalar ta'sirida parchalash, suyuq va gazsimon moddalarni hosil bo'lishiga sababchi bo'ladi. Bu hosil bo'lgan moddalarning bir qismi suvda yaxshi eriydi, bir qismi esa kimyoviy jarayonlar va bakteriyalar ta'siriga chidamlidir. Bu moddalar sekin - asta cho'kindi qatlamini hosil qiladi. Kimyoviy tarkibi bo'yicha bu cho'kindi moddalar, oqsil moddalarning hosilalari, gumus va lignin, shuningdek yog'larni, uglevodorodlami, vosk va alkoloidlarining hosilalaridir. Keyinchalik bu moddalar juda murakkab kimyoviy jarayonlar natijasida (million yillar davomida) kislorod !shtirokisiz vodorodli muhitda neftga aylanadi. 1759 yilda M.V. Lomonosov «Yer qatlamlari» asarida neftning organik kelib chiqishi to'g'risida mulohaza yuritgan. Bunga muvofiq neft organik moddalar, asosan suv osti o'simliklarini maxsus mikroorganizmlar va tuproq jinslari yordamida yuqori bosim va harorat ta'sirida neft qatlamlari hosil bo'lgan. Neftni organik hosil bo'lishida quyidagi omillar ta'sir ko'rsatadi: 1.Katalitik ta'sir. 2. Radioaktiv elementlar ta'siri. 3. Yuqori harorat. 4. Yuqori bosim. 5. Mikroorganizmlarning biokimyoviy ta'siri. Neftni organik qoldiqlaridan paydo bo'lishi mexanizmi, bu asosan organik qoldiqlarni tarkibidagi kislorod va azotning chiqib ketishi natijasidadir. Bu nazariya sapropil va neftni elementar tahlilidan olingan natijalarda tasdiqlangan.
Elementlar
|
С
|
H
|
О
|
Sapropil
|
55
|
7
|
38
|
Neft
|
86
|
13
|
1
|
Kerosin asosan 35+40 % mass, sapropil turdagi bitumoidlardan tashkil topgan bo'lib, bitumoidlar deb xloroform yoki erituvchilarda eriydigan organik moddalarga aytiladi (qatlamni eriydigan qismi hisoblanadi). Neftni paydo bo'lishi 350-400 mln. yil oldin, yerda organik hayotning rivojlanish davrida boshlangan. Neft konlarining bir qismi poleozoy (qadimgi) era toshko'mir davrlariga mansub qatlamlardan topilgan, bu neftlarni yoshi 300-350 mln. yildir. Qazib olinayotgan neftlarning yarmidan ko'pi kaynazoy (yangi) era qatlamlaridadir, bu neftlarning yoshi 30-60 mln. yildir. Hozirgi davrda ham neft paydo bo'lish jarayoni davom etmoqda. Amerikalik olim Smit tekshirishlar o'tkazib Meksika ko'rfazlaridan qazib chiqarilayotgan neft 9-14 ming yoshida ekanligini aniqlagan.
Nazorat savollari:
Neft va gazning paydo bo’lishi va tarixi haqida ma'lumot bering.
Neft va gazning tarkibi hamda fizik-kimyoviy xossalari haqida ma'lumot bering.
Qanday uglerodli moddalarni bilasiz?
|
| |