|
Neftning paydo bo'lishi haqidagi gipotezalar
|
bet | 2/3 | Sana | 31.01.2024 | Hajmi | 61,5 Kb. | | #149373 |
Bog'liq 3 M gepotizaNeftning paydo bo'lishi haqidagi gipotezalar
Birinchi bo'lib, neftni paydo bo'lishi to'g'risidagi faraz XVIII-asrning 2-yarmida ulug' rus olimi M.V. Lomonosov tomondan ilgari surilgan edi. M.V. Lomonosov g'oyasiga asosan neftning paydo bo'lishi asosan qo'shilib ketgan morf qatlamlaridan tashkil topgan degan fikrni ilgari surgan. Jumladan neft genezisi to'g'risidagi tasavvurlarning rivojlanishi yo'lida bir qancha ishlar mavjuddir. Bu ikki yo'nalishdan iborat bo'lib, birinchisi organik, ikkinchisi esa anorganikdir. Bu beradigan mulohazalar tortishuvlar hozirgi kungacha davom etib kelmoqda. Shunga qaramasdan, neft sohasidagi ko'pgina olimlar fikriga ko'ra, neftning paydo bo'lishi biogen xususiyatga ega degan fikrlarni bildirmoqdalar. Neft paydo bo'lishining birinchi anorganik gipotezasi, ya'ni «karbidli gipoteza» 1877-yilda D.I Mendeleev tomonidan, 1892- yilda «kosmik gipoteza» M.A. Sokolov tomonidan va 1902-yilda «vulkanli gipoteza» Kost tomonidan taklif etilgan bo'lsada o'sha davrning ko'pchilik olimlari tomonidan bu gepotezalar ta'qib etila boshlandi. 1930-1940 yillarga kelib mutloqo gipotezalar unutildi. Keyinchalik 1940 yillardan keyin bu gipotezalar yana qayta yar>gilangan qayta ishlangan ko'rinishda kuchli sovet olimlari tomonidan yaratila boshlandi. Ular uchun umumiy gipoteza uglevodorodlaming karbidlar, metallar, suv va kislotalar bilan 0 zaro ta'siri natijasida sintezlanishi hisobiga paydo bo'lgan degan g'oya, hamda Fisher-Tropsh sintezi sxemasiga asosan vodorod va uglerod oksidini quydagi umumiy reaksiya bo'yicha uglevodorod hosil qilishi bilan borishini bildirishgan.
m CO + (2 n + 1 )H2 CnH2n+2+nH2O
Bundan tashqari, neft saqlovchi hududning hosil bo'lishi yer ostidagi yoriqlarda uglevodorodlarning ko'chish (migratsiyasi), orqali kelgan degan tasavvurlar ham ilgari surilgan. Sxematik tarzda hayot paydo bo'lishini Krotsov quydagicha talqin etadi. Dastlab gazsimon uglevodorodlarning anorganik sintezi orqali suyuq uglevodorodlarning hosil bo'lishi keyinchalik esa uglevodorodlar va hayotning paydo bo'lishi ya'ni uning tasavvuricha birinchi bo'lib neft so'ngra esa hayot paydo bo'lgan degan g'oyani ilgari surgan. Nihoyat shunga qaramasdan hanuzgacha yakkayu-yagona to'liq ilmiy asoslab berilgan neftning ablogen paydo bo'lish nazariyasi yaratilmagan.
|
| |