|
Ngn tarmoqlarini boshqarish protokollari
|
bet | 6/8 | Sana | 25.05.2024 | Hajmi | 294,49 Kb. | | #253148 |
Bog'liq keyngiii
Uzatish muhitlari orasidagi shlyuzlarni boshqarish protokoli (Media Gateway Control Protocol, MGCP) hozirda International Softswitch Consortium deyiladigan guruh tomonidan taklif etilgan. 1998 yilni o’rtalarida texnik maslahat qo’mitasi (Technical Advisory Council, TAC) tashkil etilgan, unga o’nlab etakchi kommunikatsion qurilmalar ishlab chiqaruvchilari kirgan va IP qurilmalarni boshqarish protokoli (Internet Protocol Device Control, IPDC) taklif etilgan. Shu bilan bir vaqtda Telcordia oddiy shlyuzlarni boshqarish protokolini (Simple Gateway Control Protocol, SGCP) ishlab chiqdi. IETF MEGACO ishchi guruhini shakllantirganidan keyin protokollar birlashtirildi, buning natijasida MGCP paydo bo’ldi.
MGCP MEGACO ishchi guruhining ko’rib chiqishiga taqdim etildi. Shu bilan birga Lucent Technologies uzatish muhiti qurilmalarini boshqarish protokoli (Media Device Control Protocol, MDCP) nomidagi uchinchi protokolni taqdim etdi va barcha takliflarning qo’shilishi natijasida yangi takomillashtirilgan MEGACO deyiladigan (u shuningdek H.248 sifatida ma’lum) protokol tashkil topdi.
MGCP protokolining ma’nosi, signalizatsiyani boshqarish signalizatsiya kontrolleri deyiladigan markaziy boshqarish qurilmasiga
jamlangan va media oqimlardan to’liq ajratilganligini bildiradi. Bu oqimlar boshqarish qurilmasidan chiqadigan komandalarning faqat cheklangan to’plamini bajarishga qodir bo’lgan shlyuzlar yoki abonentlar terminalari orqali qayta ishlanadi.
MGCP-tarmoq protokolining arxitekturasi juda oddiy, unda atiga ikkita funksional komponent ajratiladi. Birinchisi shlyuz yoki IP-telefon bo’lishi, ikkinchisi esa signalizatsiya kontrolleri, MGC shlyuz kontrolleri yoki tez moslashuvchan kommutator (Softswitch) deyilishi mumkin bo’lgan chaqiriqlarni boshqarish qurilmasi bo’lishi mumkin. Ba’zida signalizatsiya kontrolleri ikkita komponentlardan – shlyuzlarni boshqarish funksiyasini bajaradigan kontrollerning o’zidan va signalli ma’lumotlarni almashinuvini va an’anaviy telefon tarmog’i va IP tarmoq orasida moslashuvni ta’minlaydigan signalizatsiya shlyuzidan iborat bo’ladi.
|
| |