Ngn tarmoqlarini boshqarish protokollari




Download 294,49 Kb.
bet1/8
Sana25.05.2024
Hajmi294,49 Kb.
#253148
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
keyngiii

    1. NGN tarmoqlarini boshqarish protokollari


NGN tarmoqlarini turlicha mavjud bo’lgan (Internet va TfUF) tarmoqlariga xos bo’lgan fragmentlarini birlashtiruvchi tarmoq echimlari sifatida ko’rib chiqish mumkin. Shuningdek NGN tarmoqda Internet protokollari (masalan, IP, TCP, UDP, FTP. HTTP, SMTP) kabi, TfUF tarmog’i protokollari (masalan, OKS 7, EDSS1, V5 interfeys protokollari) qo’llaniladi. Bundan tashqari, NGN tarmog’ining ayrim protokollari multiservisli tarmoqni yaratish doirasida Internet va TfUF tarmoqlarining o’zaro ishlash prinsipiga bevosita yoki bilvosita bog’liq holda istiqbolli hisoblanadi [1]. NGN protokollari shartlilikning ayrim qismlari bilan quyidagicha tasniflash mumkin:



  • Internet tarmog’ining tayanch protokollari: IP, ICMP, NCP, UDP;

  • transport protokollari: RTP, RTCP;

  • signal protokollari: SIP. H.323, SIGTRAN. MEGACO/H.248, MGCP. RSVP. SCTP. ISUP. BICC. SCCP. INAP;

  • marshrutlash prokotokollari: RIP, IGRP. OSPF, IS-IS. EGP, BGP, [DRP. TRIP;

  • axborot xizmatlari va boshqarish protokollari: SLP. OSP. LDAP. SNMP;

  • xizmatlar protokoli: FTP. SMTP. HTTP, G.xxx kodeklar, H.xxx. faks T.37, T.38, IRP HTP.

Ikkita tez moslashuvchan kommutatorlarning o’zaro bog’lanishi
uchun ikkita protokol qo’llanilishi mumkin, ulardan biri SIP (SIP-T) protokoli IETF qo’mitasi tomonidan ishlab chiqilgan, ikkinchisi BICC esa ITU-T orqali spetsifikatsiyalangan. Bugungi kunda o’zaro bog’lanish roliga BICC protokoli nafaqat OKS №7 signalizatsiyasi bilan, balki DSS1 signalizatsiya bilan ishlash imkoniyatiga ega bo’lsada SIP-T protokoli da’vogarlik qilmoqda. Ericson kompaniyasining ma’lum Engine echimida telefon serverlari (tez moslashuvchan kommutatorlar) orasidagi o’zaro bog’lanish IP-tarmoqlarda ishlash uchun mo’ljallangan, BICC CS-2 ga keyingi o’tishli ATM (AAL1/AAL2) transport ustida ishlatishga mo’ljallangan BICC CS-1 protokoli bo’yicha amalga oshiriladi.
Bundan xulosa qilish mumkinki, SIP-T va BICC hozir deyarli bir xil funksional imkoniyatlarga ega bo’lsada, ishlab chiqishda bo’lgan BICC CS-3 esa hatto SIP-T bilan o’zaro bog’lanish imkoniyatini ko’zda tutadi, umuman uning tez moslashuvchan kommutatorlar qurilmalariga amaliy joriy etilishi, odatda ATM-tarmoqda ishlash zarurati mulohazalaridan kelib chiqish bilan bo’lib o’tadi. SHu bilan birga, ATM-Forum materiallarida ta’kidlanadiki, yaqin kelajakda H.323, SIP,
H.248 va BICC protokollari parallel mavjud bo’ladi, ITU-T va IETF protokollarning keyingi harakatlari NGN talablarini qoniqtirish uchun SIP va H.248 protokollarni takomillashtirishga qaratiladi.
Tez moslashuvchan kommutatorlar asosidagi NGN tarmoqlarini yaratishda standart va samarador protokolning bo’lishi muammosi qoladi, lekin birinchi navbatda, aynan bu qurilmalarning bir-birlari bilan o’zaro bog’lanishi uchun bugungi kunda, asosan, tez moslashuvchan kommutatorlar orasida o’zaro bog’lanishi uchun SIP/SIP-T
protokollarini, tez moslashuvchan kommutatorlarning ularga bo’ysunadigan kommutatsion qurilmalar bilan o’zaro bog’lanishi uchun esa MGCP/MEGACO/H.248 standartining protokollarini ishlash taklif etiladi. U va bu protokollar IETF da ishlab chiqildi va shuning uchun dastlab IP-tarmoqlarga mo’ljallangan. Bu ularning mavjud Internet protokollari steklariga oson integratsiyalanishini bildiradi.
4.1-rasmda tez moslashuvchan kommutatorning NGN tarmog’ining boshqa elementlari bilan o’zaro bog’lanish sxemasi keltirilgan. Ular orasidagi muqarrari, SIP protokoli hisoblanadi.
SIP multimediali sessiyalarni o’rnatish, o’zgartirish va tugatishga imkon beradigan amaliy daraja protokoli hisoblanadi. Uning xabarlari matnli formati ularning kodlanishini, dekodlanishini va tahlil qilinishini sezilarli soddalashtiradi va bu istalgan dasturlashtirish tili asosidagi protokolni ishlatishga imkon beradi.
SIP xabarlaridagi axborot maydonlarining soni atigi bir necha o’ntani (H.323 protokolida yuzlab bo’lganida) tashkil etadi. Tabiiyki, bunday protokol tezroq va samaraliroq ishlaydi, bu tez moslashuvchan kommutatorlar o’zaro bog’langanida juda muhim. Bundan tashqari, IETF modifikatsiyalangan SIP-T (SIP for Telephony) protokolini ishlab chiqdi. Asosan bu OKS №7 signalizatsiyasining SIP protokoli bilan integratsiyalanishi maqsadida amalga oshirilgan.
SIP-tarmog’ining OKS №7 tarmog’i bilan o’zaro bog’lanish tuguni ISUP xabarlarini SIP-xabarlarga inkapsulyasiyalaydi va ularning tashishni ta’minlash uchun ISUP xabarlaridan ma’lumotlar qismini SIP-xabarlar sarlavhasiga translyasiyalaydi.

4.1-rasm. Tez moslashuvchan kommutatorning NGN tarmog’ining boshqa elementlari bilan o’zaro bog’lanish sxemasi

Download 294,49 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8




Download 294,49 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ngn tarmoqlarini boshqarish protokollari

Download 294,49 Kb.