|
Ngn tarmoqlarini boshqarish protokollari
|
bet | 2/8 | Sana | 25.05.2024 | Hajmi | 294,49 Kb. | | #253148 |
Bog'liq keyngiiiGK — Gatekeeper (darvozabon);
SG — Signalling Gateway (signallar shlyuzi);
TG — Trunking Gateway (bog’lanish liniyalari shlyuzi); AG — Access Gateway (ulanish shlyuzi);
MAK — multiservisli abonentlar konsentratori
MGCP/MEGACO/H.248 standarti protokollarining ishlashi asosida qurilmalar kompleksi alohida funksional bloklarga bo’lib chiqilishi ko’zda tutiladigan shlyuzlar dekompozitsiyasi prinsipi yotadi.
Funksional bloklarni umumlashtirilgan holda quyidagi tarzda tavsiflash mumkin [1]:
transport (media) shlyuzi — Media Gateway (MG);
shlyuzni boshqarish qurilmasi — Media Gateway Controller (MGC).
H.248, MGCP protokollariga muvofiq chaqiriqlarni qayta ishlashning butun intellekti MGC kontrollerda joylashadi, transport shlyuzlari esa faqat undan keladigan buyruqlarni bajaradi. Bunda transport shlyuzi har xil turlardagi oqimlar va signalli xabarlarni o’zgartirishning barcha funksiyalarini bajaradi va kontrollerga butun signalli ma’lumotlarni uzatadi, kontroller uni qayta ishlash bilan transport shlyuzining keyingi harakatini aniqlaydigan buyruqni beradi.
Transport shlyuzlarining ishlashini boshqarish uchun MGC kontrollerlar, ham paketli tarmoqlardan, ham kanallar kommutatsiyasiga asoslangan telefon tarmoqlaridan signalli ma’lumotlarni olishi va qayta ishlashi kerak. Paketli tarmoqlarda signalli ma’lumotlar ko’p hollarda SIP protokoli bo’yicha yoki H.323 tavsiyalari asosida o’tkaziladi. Bu protokollar IP-transport ustida ishlaydi, modomiki, MGC kontroller ham transport shlyuzlari bilan o’zaro bog’lanishi uchun paketli tarmoqqa (IP-tarmoq) chiqishga ega ekan, u holda MGC kontrollerda turli standartlardagi signalli ma’lumotlarni (masalan, SIP va H .323) olish uchun mos interfeyslarga ega bo’lish etarli bo’ladi. Shu bilan bir vaqtda telefon kanali signalizatsiyasi – umumiy kanalli (OKS № 7, PRI ISDN) yoki ajratilgan signalar kanallari (ASK) bo’yicha kanallarni kommutatsiyalash muhitida o’tkaziladi, ko’plab MGC kontrollerlar esa bu muhitga to’g’ri chiqishga ega emas, shuning uchun klassik telefon
signalizatsiyasini etkazish uchun uni paketli IP-transportga inkapsulyasiyalashzarurbo’ladi.
Yuqorida ta’kidlangan protokollardan tashqari, tez moslashuvchan kommutatorlarda IP-tarmoq bo’yicha OKS №7 signallarini uzatish uchun BICC protokol va IP-tarmoq bo’yicha DSS1 ISDN signallarini uzatish uchun IPDC protokol ishlatiladi.
BICC (Bearer Independent Call Control) protokoli XEAI-T da 1999 yildan ishlab chiqilmoqda va ikkita OKS №7 tarmoqlarni paketli kommutatsiya tarmog’i orqali ulanishi uchun ishlatilishiga mo’ljallangan. Bu protokolga mavjud OKS №7 signalizatsiya protokollari to’plamining yana bir nimtizim-foydalanuvchisi sifatida qarash mumkin.
Aslida BICC protokoli bog’lanishlarini boshqarish xabarlari xabarlarni uzatish nimtizimi (MTR) orqali tashilishi mumkin. Unga to’liq yangi protokol sifatida qarash mumkin. BICC xabarlari boshqa paketli tarmoqlar orqali ham tashilishi mumkin. Bu erda mazmun quyidagicha: agar foydalanuvchilar ma’lumotlari oqimlarini tashish uchun boshqa paketli tarmoq yaratilsa, nima uchun ajratilgan signalizatsiya paketli tarmog’ini saqlash va xizmat ko’rsatish kerak? BICC protokolining bu multitransportli qobiliyatiga undan ISUPda mavjud bo’lgan protseduralarni tashishga kiradiganlarini olib tashlash va ularni signalizatsiyani tashish konvertorida (signaling transport converter) joylashtirish yo’li bilan erishiladi. Bunda BICC protokoli signalli ma’lumotlarni uzatish usuliga bog’liq bo’lmay qoladi.
Qurilmalarni boshqarish uchun Internet-protokol (IPDC, Internet Protocol for Device Control) shlyuzlarni boshqarish uchun va nutqni
uzatishda paketli tarmoqlar ichida transport oqimlarini tashkil etish uchun turli IP-telefoniya qurilmalari ishlab chiqaruvchilari tomonidan ishlatiladi. Bundan tashqari, IPDC protokol IP-tarmoq bo’yicha UFTT/ISDN signalli ma’lumotlarni o’tkazish uchun xizmat qiladi (masalan, tez moslashuvchan kommutatorning ishlatilishlaridan birida DSS1 xabar IPDC xabarga o’zgartiriladi). IPDC protokoli ishlatilishi, qurilgan tarmoq arxitekturasi H.248 tavsiyalar asosidagi tarmoqdagi kabi shlyuzlar dekompozitsiyasi g’oyasiga asoslanadi.
Yuqorida aytib o’tilganlardan shu narsa ma’lum bo’ldiki, tez moslashuvchan kommutator mutlaqo turli arxitekturaga ega bo’lgan signalizatsiya protokollari bilan ishlashni va 4.2-rasmda ko’rinib turganidek turli texnologiyalarga asoslangan transport shlyuzlari bilan o’zaro bog’lanishni bilishi kerak. Tez moslashuvchan kommutatorlardagi bu masalalarga bog’liq bo’lgan echim, masalan, qurilmaning apparatlar qismi va dasturiy yadrosi orasida chaqiriqlarni qayta ishlash va marshrutlashtirish funksiyalaridan o’zaro bog’lanish funksiyalarini maxsuslashtirilgan protokollar orqali ajratishga asoslanishi mumkin. Signalizatsiya va qurilmalarni boshqarish protokollarining barcha xabarlari chaqiriqlarni qayta ishlash yagona dasturiy modelida taqdim etish uchun qulay bo’lgan yagona ko’rinishga keltiriladi.
Boshqarish funksiyalari va ma’lumotlarni o’tkazishda ajratilgan arxitektura, o’zaro bog’langan vertikal ochiq protokollarning bo’lishini talab qiladi (4.2-rasm).
4.2-rasm. Boshqarish funksiyalari va ma’lumotlarni o’tkazishda ajratilgan arxitektura
4.3-rasm. NGN tarmog’ida protokollarning o’zaro bog’lanish sxemasi 4.1-jadvalda NGN tarmog’ini boshqarish arxitekturasidagi
protokollarning funksional vazifalari aks ettirilgan. Har bir protokolning
paydo bo’lishida o’z mantig’i kuzatiladi. Masalan, multimediali xizmatlarni ommaviy joriy etilishini ta’minlash uchun Internet tarmog’i texnologiyalarini monand ishlatadigan protokol qo’llanilishida sodda va qator absolyut yangi ilovalar va xizmatlarni joriy etishga imkon berishi talabqilindi. SIP-protokol o’zida bu funksiyalarni ideal mujassamlantirgan. Paketli tarmoqlarda butun qator klassik telefon xizmatlarini ta’minlashga operatorlarning intilishlari ISUP protokolining evolyusiyasi sifatida BICC protokolining paydo bo’lishiga olib keldi. Tabiiyki, ajratilgan arxitekturaga o’tishda protokolda shlyuzlar elementlarini boshqarish zarurati vujudga keladi va asosiy yo’nalish H.248 protokolini takomillashtirish bo’lib qoldi, u SIGTRAN IETF (MEGACO ishchi guruhi) va ITU-T larning birgalikdagi urinishlari orqali yaratildi. SIGTRAN protokollari doirasidagi ishlar TCP/IP stekidan foydalanilgandagiga qaraganda signalizatsiya ma’lumotlarini ishonchliroq ta’minlanishi uchun zarur bo’lib qoldi.
4.1-jadval.
NGN tarmog’i chaqiruvlarni boshqarish protokollarining funksional
vazifalari
Proto
kol
|
NGN
tarmog’ida
|
Izoh
|
SIP
|
Aloqa
|
IP-tarmoqlar bo’yicha ham tovushli, ham
|
|
seansini
|
multimediali chaqiruvlarni o’rnatish uchun
|
|
o’rnatish va
|
qo’llaniladi. Internetda qabul qilingan juda
|
|
boshqa
|
ko’plab ishlangan mexanizmlarni ishlatadi va
|
|
rish
|
H.248 protokoliga qaraganda soddaroq
|
|
|
hisoblanadi. Terminal qurilmasi SIP-agent
|
SIP-T
|
UFTT ISUP
signalizatsiya ni SIP-tarmoq orqali uzatish
|
SIP-tarmog’I bo’yicha ISU xabarlarni ochiquzatilishini ta’minlaydigan SIP protokolining maxsus turi. Haqiqatda SIP- tarmoq bu holda signalizatsiya tranzit punkti funksiyasini bajaradi. Standartlashtirish
|
H.323
|
Aloqa seansini o’rnatish va
boshqarish
|
IP-tarmoq bo’yicha tovushlarni uzatish tarmoqlarida eng keng tarqalgan protokol. SIP protokoliga qaraganda qiyin
o’lchamlashtiriladigan va kamroq istiqbolli
|
H.248/
|
Paketli
|
Eng istiqbolli va ishlab chiqiladigan
|
MEGA
|
tarmoqda
|
standart. Potensial jihatdan turli
|
GO
|
ulanish
|
qurilmalarning moslashuvchanliklari bo’yicha
|
|
shlyuzlarini
|
ancha ko’p imkoniyatlarni ta’minlashi kerak.
|
|
boshqarish
|
|
MGCP
|
Paketli tar moqda ulanish
shlyuzlarini
|
Bu protokoldan foydalanishli tarmoqlarning mavjudligiga qaramasdan, uni rivojlantirish bo’yicha keyingi ishlar
protokolning o’ziga xos tufayli muammoli
|
BICC
|
Boshqarish
|
Ishlatiladigan o’tkazish tarmog’ining turiga
|
|
darajalari
|
(IP, ATM) bog’liq bo’lmagan bog’lanishni
|
|
va
|
o’rnatish protokoli. UfTT/IXKT to’liq
|
|
ma’lumotla
|
xizmatlar to’plamini ishlatadi. Nafaqat
|
|
rni
|
signalli protseduralar, balki tarmoq
|
|
o’tkazish
|
arxitekturasini tavsiflaydigan standartlar
|
|
ajratilgan
|
komplektiga ega. Protokolning asosiy
|
|
tarmoqlard
|
g’oyasi paketli tarmoqlar ishlatilganida
|
|
a
|
klassik telefoniyaning barcha qabul qilingan
|
|
chaqiruvlar
|
xizmatlarini to’liq ishlatilishini ta’minlash
|
SIGT
|
IP-tarmoq
|
IP-tarmoq bo’yicha signalizatsiyaning
|
RAN
|
bo’yicha
|
ishonchli uzatilishini ta’minlash uchun IETF
|
|
boshqarish
|
taklif etadigan standartlar to’plami.
|
|
vasignalizats
|
|
|
iya proto-
|
|
|
kollarini
|
|
Shunday qilib, qurilmalarning u yoki bu protokollarini qo’llash talab qilinadigan tarmoq funksionalligini ta’minlash bilan to’g’ridan- to’g’ri bog’langan. Quyida NGN protokollari atroflicha yoritilgan.
|
| |