SIP IP-tarmoq bo’yicha uning yordamida multimediali sessiyalar yoki chaqiriqlarning o’rnatilishi, modifikatsiyalanishi va tugatilishi kabi operatsiyalar amalga oshiriladigan amaliy daraja protokoli hisoblanadi. Multiservisli tarmoqlarda SIP N.323da ishlatilganidagiga o’xshash funksiyalarni bajaradi. SIP sessiyalari multimediali konferensiyalarni, masofaviy o’qitish, Internet-telefoniya, va boshqa shunga o’xshash ilovalarni o’z ichiga olishi mumkin. Bugun u xalqaro standart roliga da’vogarlik qilmoqda. SIP Internet xostlari orasida aloqa seanslarini o’rnatish uchun mo’ljallangan. Internetning butun trafigiga xususiyatli bo’lganidek, bu seanslar bir darajali tabiatga ega. Protokol maxsuslashtirilgan SIP serverlarni ko’zda tutadi, lekin ularning ishlatilishi shart emas. Bu SIP serverlar ro’yxatga olish, qayta manzillashtirish va boshqa funksiyalar uchun xizmat qilishi mumkin. SIP protokoli to’liq taqsimlangan servisli modelni qo’llab-quvvatlaydi. Servislar foydalanuvchilar terminallarida (telefonlarda, PDA va boshqalarda), SIP serverlarda va ularning istalgan kombinatsiyasida bo’lishi mumkin. SIP protokoli H.323 protokolidan ko’plab nisbatlarda farqlanadi. SIP 2002 yilda RFC 3261 sifatida standartlashtirilgan va e’lon qilingan. Qo’shimcha tovushli xizmatlarni aniqlash ustida ishlar hozircha boshlang’ich bosqichida turibdi. Lekin SIP butunligicha Internet protokollarga (xususan, HTTP) asoslanishi tufayli u tovushli va axborot servislarining integratsiyalanishiga ancha qisqa yo’lni ochmoqda. SIP spetsifik foydalanuvchi interfeysini IP- terminalga yuklash kabi imkoniyatlarni qiyinchiliksiz ishlatilishiga imkon beradi. Bundan tashqari, yangi servis imkoniyatlarini qo’shish va
protokolning kengaytirishni moslashuvchanlik sohasidagi muammolarni xal qilishda xavfsiz amalga oshirish mumkin, chunki SIP spetsifikatsiyasi Internet prinsiplariga tayanadi. H.323 protokoli kabi SIP protokoli aniq belgilangan tarmoqlararo interfeysga ega emas. Lekin multimedia-aloqa ko’p nuqtali seanslarini boshqarish bo’yicha ishchi guruh (Multiparty Multimedia Session Control, MMUSIC) SIP Best Current Practices for Telephony loyiha doirasida bu masalani tezroq hal etish maqsadlarida tarmoqlarda SIP va MEGACO protokollarini birgalikda ishlatish ustida ishlarni boshladi. Bu telefon tarmoqlarini o’zaro bog’lanishlariga nisbatan me’yoriy talablarni qoniqtiradigan va SIP asosida xizmatlarni ko’rsatish taqsimlangan modeliga o’tishga ko’maklashadigan infratuzilmani taqdim etadigan tarmoqlarni yaratishga imkon beradi. Intelektual mijozlarli model tijoratda va kichik kompaniyalarning individual foydalanuvchilari uchun ma’lumotlarni uzatish uchun to’g’ri keladi (4.4-rasm).
Bu model korxonada mijozni kengaytirilgan xizmatlarni qo’llash uchun zarur intelektga ega bo’lishini bildiradi. Qo’llash telefon darajasida unga o’rnatilgan SIP yoki kengaytirilgan xizmatlar shlyuzi (Enhanced Services Gateway, ESG) orqali amalga oshirilishi mumkin. Binobarin, kengaytirilgan xizmatlar shlyuzi marshrutizatorlar, UATS va SIP o’rnatilgan lokal tarmoq kommutatorlarini almashtirishi mumkin. Telefon stansiyasiga bog’lanish bilan zarur xizmat ko’rsatish sifatini va xizmat sinflarini qo’llovchi IP asosidagi istalgan axborot kanali bo’lishi mumkin.
Yangi servislarni qo’llash telefon muhitida ham eng sezilarsiz, ham etarlicha sezilarli o’zgatirishlarni talab qilishi mumkin. Eng oddiy holda foydalanuvchilar mavjud UATS larni yoki oddiy telefonlarni saqlashi va an’anaviy telefon signalizatsiyasini SIP ni qo’llashli
telefonlar uchun SIP asosidagi signalizatsiyaga o’zgartirish uchun ESG ni o’rnatishi mumkin. Bu telefonlarga Ethernet trafik, standart kabellar bo’yicha uzatiladi. Eng qiziqarlisi, SIP asosidagi tarmoq ko’plab o’ziga jalb qiladigan funksiyalarni IP-servis Centrex sifatida ko’rishi mumkin.
Bunda foydalanuvchi telefoni va ShK umumiy protokollar to’plamiga muvofiq ishlaydi va ham operator tarmog’i orqali qo’llanishi, ham to’liq usiz ishlashi mumkin. Hisobga olish kerakki, SIP bir darajali protokol hisoblanadi. Qanday servislarni tanlash va ishlatish qarori tarmoq arxitektorida qoladi.
4.4-rasm. SIP protokoli asosidagi intellektual mijozli model
Albatta, telefon chaqirig’i signalizatsiyasini va birlashtirilgan audio ma’lumotlarni IP tarmoq orqali uzatish an’anaviy telefoniya oldida sezilarli avzalliklarni olishga imkon beradi. Lekin VoIP tarmoqlari baribir an’anaviy telefon tarmoqlarida ajralgan holda mavjud bo’la olmaydi. SIP asosidagi
telefon tarmog’i UfTT bilan o’zaro bog’lanishi kerak.
SIP telefon tarmog’ining muhim xarakteristikasi UfTTga nisbatan ochiqlik xossasi hisoblanadi. OKS №7 kabi UfTT protokollarida ishlatiladigan kutishli chaqiruv, tekin chaqiruv va boshqalar kabi an’anaviy telefon xizmatlari SIP tarmog’i orqali foydalanuvchi sezadigan keraksiz farq yo’qotiladigan tarzda, shu bilan bir vaqtda SIP ning tez moslashuvchanligini cheklamasdan taqdim etilishi kerak. Bir tomondan SIP oxirgi nuqta OKS №7 orqali ulanadigan qurilmaga qaraganda ko’proq oddiy SIP-telefon hisoblangan xizmatlarni taqdim etish uchun oddiyliklarni qo’llashi talab qilinadi. Bundan tashqari, boshqachasiga SIP orqali qo’llanmaydigan, funksiyalarni ochiqligini ta’minlash uchun OKS
№7 ma’lumotlari shlyuzlarida - OKS №7 va SIP larning o’zaro bog’lanish nuqtalarida mavjud bo’lishi mumkin. Iloji boricha OKS № 7 ma’lumotlari SIP tarmog’ida boshqa tomonda UfTT - IP interfeys orqali to’liq va qandaydir yo’qotishlarsiz mumkin bo’lishi kerak. Ayrim cheklashlar tarmoqlar orqali ma’lum bir ma’lumotlarni uzatish uchun o’z OKS №7 parametrlarini ishlatishi tufayli vujudga keladi.
SIP telefon tarmog’ining boshqa muhim xarakteristikasi SIP so’rovlarini marshrutlashtirishligi hisoblanadi. Bu telefon chaqiriqini o’rnatadigan SIP so’rovi o’z sarlavhasida uning SIP tarmog’i orqali yuborilishi, joyiga proksi-serverlar tomonidan marshrutlashtirilishi uchun etarli bo’lgan ma’lumotlarga ega bo’lishi kerak. Odatda bu chaqiriladigan nomer kabi chaqiruv parametrlari OKS №7 signalizatsiyadan SIP so’rovlarga o’tkazilishi kerakligiga olib keladi. SIP tarmog’idagi marshrutlashtirishga navbati bilan TRIP yoki ENUM kabi mexanizmlar ta’sir etishi mumkin.
4.2-jadval.
UfTT-IP tarmoqlarining o’zaro bog’lanishi bo’yicha talablarni bajarilishiga imkon beradigan SIP protokolining xossalari
OKS № 7 - SIP o’zaro
bog’lanishga talablar
|
SIP-T funksiyalari
|
ISUP signalizatsiya uchun ochiqlik
|
ISUP xabarlarini SIP tanasiga
inkapsulyasiyalash
|
ISUP ga bog’liq ravishda SIP
xabarlarining marshrutlashtirishligi
|
ISUP ma’lumotlarini SIP sarlavhasiga translyasiyalash
|
ISUP signalizatsiya ‘mid-call’
xabarlarini uzatish
|
‘mid-call’ signalizatsiya uchun
INFO usulining ishlatilishi (‘midcall’-bog’lanish o’rnatilishidagi signalli
ma’lumotlar)
|
SIP-T (SIP for Telephones) protokoli an’anaviy telefon signalizatsiyasi ma’lumotlarini SIP protokoli xabarlariga inkapsulyasiyalashni ta’minlaydi (4.2-jadval).
SIP-T inkapsulyasiya (encapsulation) va translyasiya (translation) texnologiyalari yordamida SIP telefon tarmog’i xarakteristikalarini saqlab turadi. SIP-ISUP shlyuzda OKS №7 tarmog’i ISUP nimtizimining xabarlari xizmatlar uchun talab qilinadigan ma’lumotlar SIP so’rovdan tashlab yuborilmasligi uchun SIP protokoli xabarlariga inkapsulyasiyalanadi. Bundan tashqari, SIP so’rovlari uchun marshrutlashtirish masalalarini echilishini ta’minlaydigan vositachilar - proksi-serverlar ISUP protokollarini qo’llamaydi. Shuning uchun ISUP xabarlardan bir qancha kritik ma’lumotlar SIP mos sarlavhalariga SIP protokolining so’rovi
qanday marshrutlashtirilishini o’rnatish maqsadida translyasiyalanadi.
|